Kurs ishi mavzu: Grammatika tilning grammatik qurilishi haqidagi ta’limot sifatida Bajardi: Saparboyeva Quvonchoy Qabul qildi: Ismoil Davletov


Download 140 Kb.
bet1/8
Sana18.02.2023
Hajmi140 Kb.
#1210716
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Saparboyeva Quvonchoy




O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
URGANCH DAVLAT UNIVERSITETI
FILOLOGIYA FAKULTETI
Hozirgi adabiy o‘zbek tili” fanidan


KURS ISHI
MAVZU: Grammatika tilning grammatik qurilishi haqidagi ta’limot sifatida
Bajardi: Saparboyeva Quvonchoy
Qabul qildi: Ismoil Davletov

Kurs ishi O‘zbek tilshunosligi kafedrasida himoya qilindi va ___ ball bilan baholandi (Bayonnoma № ____ )


Komissiya raisi:
Komissiya a’zolari:


Urganch – 2021


REJA:
I. Kirish.
II. Asosiy qism:
1. Grammatik ma’no ─ grammatik munosabat ifodalaydigan umumiy ma’no.
2. Grammatik ma’no ifodalovchi vositalar haqida.
3. Grammatik ma’no va grammatik shakl munosabati.
III. Xulosa.

KIRISH
Mavzuning dolzarbligi. O‘zbek tili qanchalar boy til. Undagi latiflik, joziba, o‘ziga xoslik tufayli durdona asarlar yaratilgan. Til - millat kaliti. Zero xalq qalbiga yo‘l uning ona tilini bilish, madaniyati va an’analarini hurmat qilishdan boshlanadi.
Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov ta’kidlaganlaridek: “...o‘zlikni anglash, milliy ong va tafakkurning ifodasi, avlodlar o‘rtasidagi ruhiy-ma’naviy bog’liqlik til 1orqali namoyon bo‘ladi. Jamiki ezgu fazilatlar inson qalbiga avvalo, ona allasi, ona tilining betakror jozibasi bilan singadi. Ona tili ─ bu millatning ruhidir”.2
“O‘z ona tilisini bilmagan odam o‘zining shajarasini, o‘zining ildizini bilmaydigan kelajagi yo‘q odam, kishi tilini bilmaydigan odam uning dilini ham bilmaydi”.
Shuni unutmasligimiz kerakki, kelajagimiz poydevori bilim dargohlarida yaratiladi. Boshqacha aytganda, xalqimizning ertangi kuni qanday bo’lishi farzandlarimizning bugun qanday ta’lim va tarbiya olishiga bog’liq.
Buning uchun har qaysi ota- ona, ustoz va murabbiy har bola timsolida, avvalo, shaxsni ko’rishi zarur. Ana shu oddiy talabdan kelib chiqqan holda, farzandlarimizni mustaqil va keng fikrlash qobilyatiga ega bo’lgan, ongli yashaydigan komil insonlar etib voyaga yetkazish - ta’tim-tarbiya sohasining asosiy maqsadi va vazifasi bo’lishi lozim deb qabul qilishimiz kerak. Bu esa ta’lim va tarbiya ishini uyg’un holda olib borishi talab etadi. 3
Ta’lim-tarbiya tizimidagi islohotlar boshlangan dastlabki yillarda men jahon tajribasi va hayotda ko’p bor o’zini oqlagan haqiqatdan kelib chiqib, agar bu maqsadlarimizni muvaffaqqiyatli amalga oshira olsak, tez orada hayotimizda

ijobiy ma’nodagi portlash effektiga, ya’ni yangi ta’lim modelining kuchli samarasiga erishamiz degan fikrni bildirgan edim. 4


Darhaqiqat, istiqlol davrida barpo etilgan, barcha shart-sharoitlarga ega bo’lgan akademik litsey va kasb-hunar kollejlari oliy o’quv yurtlarida tahsil olayotgan, zamonaviy kasb-hunar va ilm-ma’rifat sirlarini o’rganayotgan, hozirdanoq ikki-uch tilda bemalol gaplasha oladigan ming-minglab o’quvchilar, katta hayotga kirib kelayotgan o’z iste’dodi va salohiyatini yorqin namoyon etayotgan yosh kadrlarimiz misolida ana shunday orzu–intilishlarimiz bugunning o’zida o’z hosilini berayotganining guvohi bo`lmoqdamiz. 5
Eng muhimi shundaki, “portlash effekti” ning haqiqiy mohiyati va ahamiyati vaqt o’tishi bilan biz tarbiya qilayotgan sog’lom va barkamol avlodning safimizga tobora ildam kirib borishi bilan yanada yaqqolroq seziladi. Kadrlar tayyorlash milliy dasturining amalga oshirish jarayonida maktab ta’limi, ayniqsa, umum ta’lim maktablarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlashga e’tiborni kuchaytirish biz uchun kun tartibidagi eng muhim va jiddiy masalaga aylandi.
Kadrlar tayorlashning zamonaviy talablari va davlat ta’lim standartlarida yangi tipdagi o’quv yurtlarida hamda tayanch muassasalarida xorijiy til ta’limi tizimi oldiga juda yuksak mas’uliyat bilan yondashishi zarur va shart etib qo’yilmoqda.
Ma’lumki, har qanday tilda o‘zga tillarning leksemalari uchraydi. Ikki xalq yoki millat vakillari o‘zaro turli munosabatlarda (iqtisodiy, madaniy, siyosiy) bo‘lar ekan, ularning tillari ham shunday munosabatlar natijasida o‘zaro aloqaga kirishadi, bir-birlariga ozmi-ko‘pmi ta’sir ko‘rsatadi. Bir tilga ikkinchi til so‘zlarining kirishi bir

tarafdan ular orasidagi munosabatni ta’minlashga xizmat qilsa, ikkinchidan u tilni rivojlantirishga ham yordam beruvchi asosiy vosita sifatida katta o‘rin tutadi.


O‘zbek xalqi, ma’lumki, eng qadimgi urug` va qabilalaridan o‘sib chiqqan, demak uning tili ham shu urug` va qabilalar tili negizida rivoj topgan. Markaziy Osiyodagi turli tarixiy, ijtimoiy-siyosiy jarayonlar, xususan, arablar, mo‘g’ullar, ruslar istilosi, tojik, turkman xalqlari bilan qo‘shnichilik munosabatlari ham o‘zbek tili taraqqiyotiga kuchli ta’sir ko‘rsatgan. Anashu tarixiy jarayonlar nuqtai nazaridan qaralganda hozirgi o‘zbek tilining boyligida ikkita yirik qatlam - o‘z va o‘zlashgan qatlamlar borligi ma’lum bo‘ladi.

Download 140 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling