Kurs ishi mavzu: Jadidchilik harakati va jadid adabiyotining yuzaga kelishi Ilmiy rahbar: F. Burxonova mundarija


Download 42.44 Kb.
bet1/6
Sana30.04.2023
Hajmi42.44 Kb.
#1404133
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Kurs ishi mavzu Jadidchilik harakati va jadid adabiyotining yuz


Nizomiy nomidagi Toshkent Davlat Pedagogika Universiteti
Tillar fakulteti
O’zbek tili va adabiyoti yo’nalishi 3-kurs talabasi
Sotvoldiyeva Mohichehraning
KURS ISHI

Mavzu: Jadidchilik harakati va jadid


adabiyotining yuzaga kelishi

Ilmiy rahbar: F.Burxonova



MUNDARIJA
KIRISH…...................................................................................................................
1.Bob. Turkistonda jadidchilik harakatining vujudga kelishi va jadidlarning faoliyati. …..............................................................................................................
2.Bob. Turkistonda jadidchilik harakatining maorif, matbuot va adabiyot sohalaridagi amalga oshirgan islohotlari……….....................................................
3.Bob. Jadid xayriya va boshqa madaniy-ma’rifiy jamiyatlari. Jadidlarning 1916 yildagi xalq qo‘zg‘oloniga munosabati……........................................................... XULOSA..............................................................................................................
FOYDALANILGAN MANBA VA ADABIYOTLAR ROʻYXATI.........................................................

Mavzuning dolzarbligi. XIX asrning oxiri va XX asr boshlarida Turkiston ijtimoiy-siyosiy hayotida jadidichilik harakati keng quloch yoyib rivojlandi. «Jadid» so‘zi arabcha yangi usul degan ma’noni anglatadi. Jadidchilik harakati Turkistonda XIX asrning oxirida quruq madaniy-ma’rifiy harakatning, ya’ni eski maktablarning qiyin o‘qitish tizimiga nisbatan yengil tovuch usuliga asoslangan yangi uslub (metod) asosida o‘qitishga o‘tishdangina iborat emasdi, ayni chog‘da turk-islom huquqiy munosabatlarining millatga o‘rgatilishi, milliy-ma’rifiy, taraqqiyot va milliy istiqlol muammolarini ham o‘z ichiga olgan edi. Bu harakatning vujudga kelishida O‘rta va Yaqin Sharq mamlakatlarida keng quloch yoyib rivojlangan turli oqimlar va Turkiyadagi «Ittihodiy va taraqqiy», «Yosh turklar» harakatining ta’siri katta bo‘ldi.
XX asrning boshlarida Turkistondagi ijtimoiy-siyosiy hamda demokratik harakat jarayoni asosan ikki yo‘nalishda rivojlanib borgan. Birinchi yo‘nalish chor Rossiyasiga qarshi kurashni turlicha g‘oya va yo‘nalishlarda olib borish maqsadida Rossiyaning o‘zida vujudga kelgan sotsial-demokratik kadetlar, eserlar va boshqa siyosiy partiyalarning vakillari edilar. Hali bu guruhlar vakillari hatto oktabr to‘ntarilishiga qadar ham o‘lkada siyosiy partiya o‘laroq uyushib shakllanmagan edilar. Chunki ular oz sonli va asosan kelgindi rusiy zabon millatlarning vakillaridan iborat bo‘lganlar. Mahalliy xalq bu siyosiy guruhlarning birortasiga ham ommaviy sur’atda ergashmagan, ularni qo‘llab-quvvatlamagan, bu guruhlarga a’zo bo‘lib kirmaganlar. Chunki, mahalliy xalq tili boshqa, dini, urf-odati boshqa bo‘lgan rusiyzabon millatlarga yotsirab, begonasirab, ularni g‘ayridin-kofirlar deb, bosqinchi-mustamlakachilar deb qaraganlar. Bu siyosiy guruhlarning dastur maqsadlari, taktik kurash usullari mahalliy xalq g‘oyasi va saviyasidan yiroq bo‘lgan, ular bu dastur maqsadlar mohiyatini chuqur tushunib yetmaganlar va ularni qabul qilmaganlar.
Hali oktabr to‘ntarishi yuz bermagan 1917-yil yozidayoq bir guruh andijonlik jadidlar bolsheviklar, mensheviklar, eserlarga xat yo‘llab, ularning g‘oya va dasturlarini Turkiston musulmon xalqi o‘zlariga singdira olmasliklarini bayon qilgan edilar. «Sizning va bizning hayot tarzimiz bir-biriga sira to‘g‘ri kelmaydi, - deyiladi o‘sha xatda. - Shuning uchun kelgusi davlatchilik hayotini birdaniga umum bir qolipga solish kerak emas. Umum qolip andozani bu yerda qo‘llab bo‘lmaydi ... Bizda sizning sof ruscha ma’nodagi dehqonlar yo‘q. G‘arbiy Yevropacha ma’nodagi fermerlar va ijarachilar yo‘q. Bizda erkin dehqon yashaydi. Ular hech qachon, hech qanday sharoitda krepostnoy qarolgina emas va balki ijarachi fermer ham bo‘lmagan, erkin mulkdor bo‘lib kelgan. Muqaddas islom bizni hech qanday tabaqalarga va sinflarga bo‘lmagan. Shuning uchun ham bizda sinfiy kurash uchun asos yo‘qdir. Zotan, barcha musulmonlar, ular xoh fuqaro, xoh mulkdor bo‘lishidan qat’iy nazar teng huquqlidirlar».

Download 42.44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling