J a h o n t a r I x I – 10 sinf


Download 411.66 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/11
Sana05.01.2022
Hajmi411.66 Kb.
#209475
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
10-sinf jahon tarixi xronologiya



                                                                     J A H O N  T A R I X I – 10 sinf                          https://t.me/innovatsiontarix 

 



- - - - - - - - - - YILLAR - - - - - - - - - 

 

1. 1917-yil oktabr – bolsheviklar hokimiyatga kelishi bilan Rossiyada Fuqarolar urushi boshlandi.  



2. 1917-yil noyabr – Vladimir Lenin boshchiligida bolsheviklar hukumati – Xalq komissarlar soveti tuzilgan.  

3. 1918-yildan hozirgi kungacha – bo`lgan davr “Eng yangi tarix” deb ataladi.  

4. 1918-1922-yillar – Sovetlar respublikasida iqtisodni boshqarishning harbiy usuli – “harbiy kommunizm” siyosati 

o`rnatildi.  

5. 1918-1924-yillar – Buyuk Britaniyada an`anaviy ikki partiyaviy tizim jiddiy inqirozni boshidan kechirdi.  

6. 1918-1945-yillar – “Eng yangi tarix”ning birinchi bosqichi. Industrial jamiyat ijtimoiy-siyosiy tizimi inqirozining 

boshlanish davri.  

7. 1918-yil – Rossiyaning Volgabo`yi, Ural, Sibir, Uzoq Sharq hududlarida sovet hokimiyati ag`darib tashlandi.  

8. 1918-yil mart – Brest-Litovsk shahrida Rossiya Germaniya bilan sulh shartnomasi tuzdi.  

9. 1918-yil avgust – ingliz qo`shinlari butun Eronni o`z nazoratiga oldi.  

10. 1918-yil noyabr – g`alayonlar Germaniyaning barcha yirik shaharlarini qamrab oldi.  

11. 1919-1923-yillar – imzolangan shartnomalar va jahondagi kuchlarning  yangi nisbati xalqaro munosabatlarning 

Versal-Vashington tizimi nomini oldi.  

12. 1919-yil – Hindistonning Armitsar shahrida ingliz qo`shinlari tinch namoyishchilarni o`qqa tutdi.  

13. 1919-yil – Germaniyada Adolf Gitler boshchiligida Germaniya national-sotsialistik ishchi partiyasi paydo bo`ldi.  

14. 1919-yil – Parij konferensiyasida Xitoy o`z talablari bilan ishtirok etdi.  

15. 1919-yil – Angliya-Eron shartnomasiga binoan Eron amalda Buyuk Britaniyaning protektoratiga aylantirildi.  

16. 1919-yil 18-yanvardan 1920-yil 21-yanvargacha – Parij yaqinidagi Versal saroyida 27 davlat vakillari ishtirokida 

konferensiya bo`lib o`tdi.  

17. 1919-yil mart – Benito Mussolini boshchiligida fashistlar partiyasi tuzildi.  

18.  1919-yil  may  –  Millatlar  Ligasi  nomidan  Buyuk  Britaniya  va  Fransiya  Osiyo  va  Afrikadagi  katta  hududlarni 

boshqarishga mandat oldi.  

19. 1919-yil 4-may – xitoylik talabalar Pekinda namoyish boshladilar.  

20. 1919-yil 28-iyun – Germaniya Versal tinchlik shartnomasini imzoladi.  

21.  1919-yil  31-iyul  –  Veymar  shahrida  Ta`sis  majlisi  inqilobiy  ommaning  demokratik  talablarini  qoniqtiruvchi 

konstitutsiyani qabul qildi.  

22. 1919-yil noyabr – Fransiyada saylov jarayoni millatchilik va “bolsheviklar xavfi” bilan qo`rqitish ruhi ostida o`tdi.  

23. 1920-1930-yillar – AQSHning tashqi siyosatida juda muhim voqealar unchalik ko`p bo`lmadi.  

24.  1920-1940-yillar  –  hindlarning  zo`ravonliklarsiz  ommaviy  chiqishlarini  tashkil  qilishda  hind  xalqining  buyuk 

farzandi Maxatma Gandining roli beqiyos bo`ldi.  

25. 1920-yillar – ovozli kino ustida ishlash davri.  

26. 1920-yillar – Fransiyada sanoatning o`sishi uchun qulay sharoit vujudga keldi.  

27.  1920-yillar  –  sovetlar  tashqi  siyosatining  asosiy  vazifasi  yangi  hokimiyatning  xalqaro  miqyosda  tan  olinishiga 

erishish bo`ldi.  

28. 1920-yillar – Lotin Amerikasi mamlakatlari siyosiy jihatdan faqat nomigagina respublika edi.  

29. 1920-yillar – liberal islohotchilik Lotin Amerikasida ancha oyoqqa turgan mahalliy burjuaziyaning, shuningdek, 

aholining keng qatlami manfaatlarini aks ettirardi.  

30.  1920-yillar  –  Yaponiyada  ichki  siyosiy  munosabatlar  yangi  siyosiy  partiyalarning  paydo  bo`lishi  hamda 

saylovchilar sonini asta-sekin oshirib borgan qator islohotlar bilan xarakterlanadi.  

31.  1920-yillar  –  Turkiya  iqtisodiy  siyosatining  asosiy  yo`nalishini  chet  ellik  mulkdorlardan  sanoat  korxonalari, 

infratuzilma obyektlari, temir yo`llarni sotib olish, milliy sanoatni yaratish tashkil etdi.  

32. 1920-yillar boshi – leyboristlar Buyuk Britaniya siyosiy tizimida ikkinchi partiya sifatida o`rnashib oldi.  

33. 1920-yillar o`rtalari – Yaponiyada sanoat to`ntarishi yuz berdi.  

34. 1920-yillar oxiri – har ikki amerikalikning bittasida radiopryomnik bor edi.  

35. 1920-yillar oxiri – yo`lovchi aviatsiyasi davri boshlandi.  

36. 1920-yillar oxiri – Lotin Amerikasida ekstensiv asosda iqtisodni samarali rivojlantirishning imkoniyatlari tugadi.  

37. 1920-yillar oxiri – Yaponiya hukumatida harbiylarning roli kuchaydi va so`l kuchlar quvg`in ostiga olindi.  

38. 1920-yillar oxiri – 1930-yillar boshi – SSSRda amalga oshirilgan eng muhim tadbir mamlakatni industrlashtirish 

bo`ldi.  

39. 1920-yillar oxiri – 1930-yillar boshi – Yaponiyada “Yosh ofitserlar” tomonidan bir qator siyosiy terrorlar amalga 

oshirildi.  

40. 1920-yil – Sevr shartnomasida Turkiya hududi bir guruh Yevropa davlatlari o`rtasida bo`lib olinishi ko`zda tutildi.  

41. 1920-yil – Afrikada birinchi siyosiy partiya – Afrika Milliy Kongressi tashkil topdi.  

42.  1920-yil  iyul  –  Pekinda  hukumat  ag`darilib,  hokimiyatga  Buyuk  Britaniya  va  AQSH  tomonidan  qo`llab-

quvvatlangan U Peyfu keldi.  




Download 411.66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling