J a h o n t a r I x I – 10 sinf
J A H O N T A R I X I – 10 sinf
Download 411.66 Kb. Pdf ko'rish
|
10-sinf jahon tarixi xronologiya
J A H O N T A R I X I – 10 sinf https://t.me/innovatsiontarix
9
355. 1980-yillar – jamiyatni modernizatsiya qilishning Kuba variantida ma`lum kamchiliklar ko`zga tashlana boshladi. 356. 1980-yillar – jahon iqtisodiy inqirozi Meksika uchun katta sinov bo`ldi. 357. 1980-yillar boshi – GFRda siyosiy kuchlarda o`zgarish yuz berdi. 358. 1980-yillar o`rtalari – Hindiston g`alla bilan o`zini-o`zi ta`minlay boshladi. 359. 1980-yillarning ikkinchi yarmidan 1990-yillar boshlarigacha – xalqaro munosabatlarda faollik va iliqlik davri bo`ldi. 360. 1980-yillar ikkinchi yarmi – Xitoy SSSR bilan ham munosabatlarni yaxshiladi. 361. 1980-yillar – 1990-yillar boshi – AQSHda neokonservatizm g`oyasi tantanasi davri bo`ldi. 362. 1980-yil – AQSHdagi prezidentlik saylovida Ronald Reygan g`alaba qozondi. 363. 1980-yil – Iroq qo`shinlari Eronga bostirib kirdi. 364. 1980-yil sentabr – Turkiyada general Kenan Evren navbatdagi harbiy to`ntarishni o`tkazdi, yana harbiylar hokimiyatni qo`lga oldi. 365. 1981-yil – Xitoyda qishloq xo`jaligini keng miqyosda qayta qurish boshlandi. 366. 1982-yil – Buyuk Britaniya Folklend orollari uchun Argentina bilan urush olib bordi. 367. 1982-yil – xristian-demokrat Gelmut Kol GFR kansleri qilib saylandi. 368. 1982-yil noyabr – Turkiyada o`tkazilgan referendum yangi konstitutsiyani tasdiqladi. 369. 1982-yil 10-noyabr – L.Brejnev vafot etdi. 370. 1983-yil – Turg`ut O`zol Turkiya bosh vaziri bo`ldi. 371. 1985-yil mart – KPSS MK Plenumi Mixail Gorbachyovni Bosh kotib qilib sayladi. 372. 1985-yil aprel – KPSS MK Plenumida mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishni jadallashtirish kursi yangi rahbariyat va butun sovet jamiyatining maqsadi deb e`lon qilindi. 373. 1986-yil – Afg`onistonda hokimiyatga Muhammad Najibullo keldi. 374. 1987-yil – M.Gorbachyov “qayta qurish”, ijtimoiy hayotni demokratizatsiyalash va “oshkoralik” siyosatini e`lon qilgan. 375. 1988-yil – Pokistondagi saylovlar natijasida hokimiyatga Benazir Bxutto boshchiligidagi Pokiston xalq partiyasi keldi.
376. 1988-yil – Eron-Iroq urushi tugadi. 377. 1989-yil – GDRda inqilob boshlanib ketdi, Berlin devori buzib tashlandi. 378. 1989-yil – Turkiyada prezidentlik saylovlarida T.O`zol Turkiya Respublikasi prezidenti qilib saylandi. 379. 1989-yil – Eron Islom Respublikasi diniy rahbari Oyatilloh Ruhulloh Humayniy vafot etdi. 380. 1989-yil – SSSR Afg`onistondan o`z qo`shinlarini olib chiqib ketdi. 381. 1989-yil – Chilidagi prezidentlik saylovlarida Xristian-demokratik partiya yetakchisi P.Eylvin g`olib chiqdi. 382. 1989-yil bahor – Pekin talabalarining norozilik namoyishiga boshqa shaharlarda millionlab ziyolilar qo`shildi. 383. 1989-yil may – Pekinda favqulodda holat e`lon qilindi. 384. 1990-yillar – Janubiy Koreya iqtisodiy rivojlangan industrial davlat sifatida shakllandi va postindustrial taraqqiyot elementlariga ega bo`lib, jahon iqtisodiyotida muhim o`rin egalladi. 385. 1990-yillar – Eronda iqtisod barqarorlashib, YIMning o`sish sur`atlari jadallashdi, islom radikalizmi ham biroz susaydi. 386. 1990-yillarga kelib – Sahroyi Kabirdan janubda 40 dan oshiq siyosiy mustaqil davlatlar tashkil topdi. 387. 1990-yillar – ko`pchilik F.Kastro rejimini qulashini bashorat qilgan edi. 388. 1990-yillar boshi – AQSH iqtisodiyotida qisqa muddatli retsessiya kuzatildi. 389. 1990-yillar boshi – Hindistonning iqtisodiy ahvoli yana yomonlashdi. 390. 1990-yil – M.Tetcher bosh vazir lavozimidan iste`foga chiqdi. 391. 1990-yil – Pokiston prezidenti B.Bxutto hukumatini korrupsiyada ayblab, bosh vazirni lavozimidan ozod qildi, yangi saylov o`tkazildi va unda B.Bxutto mag`lubiyatga uchradi. 392. 1990-yil – Turkiyada bosh vazir lavozimini Sulaymon Demirel egalladi. 393. 1990-yil 3-oktabr – yagona Germaniya davlati tashkil topganligi e`lon qilindi. 394. 1990-yil dekabr – Germaniyada bo`lib o`tgan navbatdan tashqari saylovlarda yana G.Kol boshchiligida koalitsiya g`alaba qozondi. 395. 1991-yildan hozirgi kungacha - “Eng yangi tarix”ning uchinchi bosqichi. 396. 1991-yil – SSSR tarqab ketdi. 397. 1991-yil 19-avgustga o`tar kechasi – Favqulodda holat davlat komiteti (GKCHP) tuzilganligi to`g`risida e`lon qilinib, unga SSSRning vitse-prezidenti, bosh vaziri kabi yuqori lavozimli kishilar kirdi. 398. 1991-yil 19-avgust – GKCHPga qarshi kuchlar Rossiya fuqarolariga murojaat qilib, GKCHP harakatlari g`ayrikonstitutsion to`ntarish, uning qarorlari noqonuniy, deb e`lon qilindi. 399. 1991-yil 19-avgust – minglab mosvaliklar Rossiya Oliy Soveti binosini himoya qilishga kirishdi. 400. 1991-yil 21-avgust – Rossiya Oliy Sovetining favqulodda sessiyasi ochildi. 401. 1991-yil 22-avgust – GKCHP a`zolari qamoqqa olindi. |
ma'muriyatiga murojaat qiling