J a h o n t a r I x I – 10 sinf
J A H O N T A R I X I – 10 sinf
Download 411.66 Kb. Pdf ko'rish
|
10-sinf jahon tarixi xronologiya
J A H O N T A R I X I – 10 sinf https://t.me/innovatsiontarix
4
130. 1932-yil noyabr – saylovlarda Guverga qarshi demokratik partiyadan Franklin Ruzvelt nomzodi qo`yildi. 131. 1933-1937-yillar – SSSRda ikkinchi besh yillik davrida sanoat gurkirab o`sib, asosiy ko`rsatkichlari bo`yicha dunyoda AQSHdan keyin ikkinchi o`ringa chiqib oldi. 132. 1933-yil – Yaponiya Millatlar Ligasidan chiqdi. 133. 1933-yil – AQSH Sovet Ittifoqi bilan diplomatik munosabatlar o`rnatdi. 134. 1933-yil – SSSR AQSH tomonidan tan olindi. 135. 1933-yil – dahshatli ocharchilikda Ukraina, Kuban, Volgabo`yi, Qozog`istonda 7 mln. dan ortiq kishi ochlikdan vafot etdi. 136. 1933-yil – ispan falangasi tashkil qilindi. 137. 1933-yil – AQSH prezidenti Franklin Ruzvelt o`z hukumatining Lotin Amerikasi davlatlariga intervensiya uyushtirmasligini va boshqa ko`rinishda bu davlatlarning ichki ishlariga aralashmasligini hamda ular bilan “yaxshi qo`shnichilik” munosabatlari o`rnatilishini e`lon qildi. 138. 1933-yil 30-yanvar – prezident Paul fon Gindenburg reyxstagda eng katta fraksiyaga ega bo`lgan natsional- sotsialistlar yo`lboshchisi Adolf Gitlerni reyxkansler lavozimiga tayinladi. 139. 1934-yil – Buyuk Britaniya inqirozdan chiqa boshladi. 140. 1934-yil – Fransiyada hokimiyatga yana o`nglar keldi. 141. 1934-yil – prezident Gindenburg vafot etgandan so`ng Gitler Germaniyaning fyureri bo`lib oldi. 142. 1934-yil – Sovet Ittifoqi Millatlar Ligasiga a`zo bo`ldi. 143. 1934-yil – Ispaniyada fashistlarning bir necha vakillari hukumat tarkibiga kirdilar. 144. 1935-1936-yillar – Italiya-Efiopiya urushi natijasida Efiopiya, unga qo`shni joylashgan Eriteriya va Somalining bir qismi Italiyaning mustamlakasiga aylantirildi. 145. 1935-yil – Germaniyada umumiy harbiy majburiyat to`g`risidagi qonun kuchga kirdi. 146. 1935-yil – Fors davlati Eron deb ataladigan bo`ldi. 147. 1935-yil – Eronda chorda o`rab yurishni bekor qilish to`g`risida qonun qabul qilindi. 148. 1936-1939-yillar – Germaniya iqtisodiyoti to`liq urush maqsadlariga bo`ysundirildi, harbiy xarajatlar 10 baravar oshirildi, qo`shinlar soni 1914-yilgi darajasiga yetkazildi, harbiy-dengiz floti isloh qilindi. 149. 1936-yil – Franklin Ruzvelt AQSH Prezidentligiga 2-marta saylandi. 150. 1936-yil – Ispaniyada Xalq fronti korteslarga (parlament) o`tkazilgan saylovlarda g`olib chiqdi. 151. 1936-yil 18-iyul – Ispaniyada falangachilar hamma joyda harbiy to`ntarishni boshlab yubordi. 152. 1936-yil noyabr – Yaponiya va Germaniya antikomintern pakti deb ataluvchi hujjatni imzoladi. 153. 1937-1938-yillar – iqtisodiy o`sishda erishilgan yutuqlar va ijtimoiy siyosat gitlerchilar rahbariyatiga Germaniyada ichki holatni barqarorlashtirish imkonini berdi. 154. 1937-1938-yillar – gitlerchilar rejimining asosiy siyosati Germaniyani total ravishda urushga tayyorlash, mavjud mehnat va moddiy resurslarni to`liq safarbar qilish bo`lib qoldi. 155. 1937-1940-yillar – Buyuk Britaniya hukumatini konservatorlar yetakchisi Nevill Chemberlen boshqardi. 156. 1937-yil – Buyuk Britaniya sanoatning asosiy sohalari bo`yicha jahon iqtisodiy inqirozidan oldingi ko`rsatkichlarga yetib oldi. 157. 1937-yil – Buyuk Britaniyada hokimiyat tepasiga Nevill Chemberlen kelgan. 158. 1937-yil – Italiya antikomintern paktiga qo`shildi. 159. 1937-yil yoz – yaponlar Xitoyga qarshi keng miqyosda urush harakatlarini boshlab yubordi. 160. 1937-yil iyul – Yaponiya keng miqyosda urush harakatlarini boshlab, Markaziy Xitoy va boshqa bir qator hududlarni bosib oldi. 161. 1937-yil dekabr – Italiya Millatlar Ligasidan chiqdi. 162. 1938-yil – nemis olimlari uran yadrolari ajralib chiqishining zanjirli reaksiyasini kashf etdilar. 163. 1938-yil – Avstriya anshlyus qilindi. 164. 1938-yil – SSSRda boshlangan uchunchi besh yillikda, asosan, harbiy sanoat koroxonalari qurish rejalashtirildi. 165. 1938-yil (iyul-avgust) – Hasan ko`li atrofida yaponlar SSSR hududiga bostirib kirdi. 166. 1938-yil – Mussolini irqiy qonunlar chiqardi. 167. 1938-yil – general Fumimaro Konoe hukumati mamlakatning vazifasi Sharqiy Osiyoda yangi tartib o`rnatish ekanligini e`lon qildi. 168. 1938-yil (kuz, 29-sentabr) – Myunxen kelishuvi imzolandi. 169. 1939-1940-yillar – sovet-fin urushi bo`lib o`tdi. 170. 1939-yil – Chexoslovakiya Germaniyaga qo`shib olindi. 171. 1939-yil (may-sentabr) – yaponlar Mo`g`ulistonga bostirib kirdi. 172. 1939-yil boshi – Mussolini Deputatlar palatasini tarqatib yuborib, uning o`rniga Katta fashistik kengash tuzdi. 173. 1939-yil 1-aprel – Ispaniyada general F.Franko diktaturasi batamom o`rnatildi. 174. 1939-yil 23-avgust – Moskvada SSSR va Germaniya o`rtasida o`zaro hujum qilmaslik to`g`risida shartnoma imzolandi. 175. 1939-yil sentabr – Franko neytralitet haqida dekretni imzoladi.
|
ma'muriyatiga murojaat qiling