J a h o n t a r I x I – 10 sinf
J A H O N T A R I X I – 10 sinf
Download 411.66 Kb. Pdf ko'rish
|
10-sinf jahon tarixi xronologiya
J A H O N T A R I X I – 10 sinf https://t.me/innovatsiontarix
8
309. 1966-1967-yillar – Hindiston iqtisodida turg`unlik yuz berdi. 310. 1968-yil – qora tanlilar tengligi uchun harakatning eng mashhur arbobi, Nobel tinchlik mukofoti sovrindori, ruhoniy Martin Lyuter King o`ldirildi. 311. 1968-yil may – Parij talabalarining namoyishi boshlandi. 312. 1969-yil – Shimoliy Irlandiya muammosi yana keskinlashdi va Buyuk Britaniya u yerga qo`shin kiritdi. 313. 1969-yil – Internetning o`tmishdoshi ARPANET yaratildi. 314. 1970-yillarga – Buyuk Britaniya iqtisodiy holatning keskinlashuvi bilan kirib keldi. 315. 1970-yillar – xalqaro munosabatlardagi keskinlik biroz yumashadi. 316. 1970-yillar – L.Brejnevni maqtash, ulug`lash jarayoni boshlandi va keyingi yillarda borgan sari kulgili tus olib bordi.
317. 1970-yillar – neft inqirozi Yaponiyani o`z iqtisodiy tizimini keskin o`zgartirishga majbur qildi. 318. 1970-yillar – Janubiy Koreyada og`ir sanoat, avvalo, metallurgiya, mashinasozlik, kimyo sanoati rivjolantirildi. 319. 1970-yillar – “Madaniy inqilob” deb nomlangan o`ta ziddiyatli siyosat amalga oshirildi. 320. 1970-yillar – Xitoy G`arb davlatlari bilan munosabatlarni tikladi. 321. 1970-yillar – Hindiston bosh vaziri Indira Gandi bir qator muhim islohotlarni amalga oshirdi. 322. 1970-yillar boshi – AQSHda iqtisodiy o`sish sur`atlari sekinlashdi. 323. 1970-yillar ikkinchi yarmi – SSSR jamiyatida boshlangan inqiroz sovet davlati tarixida “turg`unlik davri” nomini olgan.
324. 1970-yillar oxiri – Fransiya iqtisodiyoti juda murakkab holatda edi. 325. 1970-yillar oxiri – Den Syaopin va boshqa pragmatiklar Xitoyda islohotlarning yangi strategiyasini ishlab chiqdi. 326. 1970-yillar oxiri – 1980-yillar boshlari – Lotin Amerikasi mamlakatlarida diktatorlik rejimlariga qarshi kurash faollashdi. 327. 1970-1980-yillar – Ericsson, Philips va boshqa ko`plab mashhur kompaniyalar tomonidan uyali telefon apparatlarining yangi turlari yaratildi. Zamonaviy ko`rinishga yaqin apparatlar paydo bo`ldi. 328. 1970-yil – Xalq birligi bloki nomzodi Salvador Alyende Chili prezidenti qilib saylandi. 329. 1972-yil – SSSR bilan AQSH o`rtasida strategik qurollarni cheklash bo`yicha birinchi shartnoma (SQCH-1) imzolandi. 330. 1972-yil – E-mail (elektron pochta) paydo bo`ldi. 331. 1973-yil – Afg`onistonda shoh taxtdan ag`darildi. Muhammad Dovud prezident deb e`lon qilindi. 332. 1973-yil – Chilida davlat to`ntarishi amalga oshirilib, hokimiyatga general Augusto Pinochet boshchiligidagi harbiy xunta keldi. 333. 1974-yil – Italiyada chuqur iqisodiy inqiroz boshlandi. 334. 1975-yil – Yevropa Xavfsizlik va hamkorlik kengashining Yakunlovchi akti imzolandi. 335. 1975-yil – Portugaliyada inqilob yuz bergandan so`ng uning mustamlakalari ham mustaqil davlatlar sifatida tashkil topdi. 336. 1977-yil – SSSRda konstitutsiya qabul qilingan. 337. 1977-yil – Pokistonda harbiy to`ntarish yuz berdi – hokimiyatga general Ziyo ul-Haq keldi. 338. 1977-yil – Afg`onistonda yangi Konstitutsiya qabul qilinib, unga ko`ra M.Dovud umrbod muddatga prezident deb e`lon qilindi. 339. 1978-yil 27-aprel – Afg`oniston harbiy-havo kuchlari qo`mondoni polkovnik Abdul Qodir boshchiligidagi harbiylar davlat to`ntarishini amalga oshirib, M.Dovudni hokimiyatdan chetlatdi. 340. 1979-1990-yillar – Buyuk Britaniya tarixida “Tetcher davri” nomini oldi? 341. 1979-yil – SSSR va AQSH o`rtasida SQCH-2 shartnomasi imzolandi. 342. 1979-yil – Buyuk Britaniyada parlament saylovlari keskin siyosiy kurashlar ostida o`tdi. 343. 1979-yil – Nikaraguada inqilob, Salvador va Gvatemalada isyonchilik harakatining kuchayishi yuz berdi. 344. 1979-yil fevral – Eronda hukumat iste`foga chiqdi, shoh rejimi ag`darildi. 345. 1979-yil dekabr – Afg`onistonga sovet qo`shinlari kiritildi va xalqaro munosabatlarda yana keskinlik boshlandi. 346. 1980-1990-yillar boshlari – Italiyada mafiyaga qarshi kurash davri bo`ldi. 347. 1980-yillargacha – G`arb davlatlari bilan hamkorlikka, ularning yordamiga qaramasdan Turkiyada iqtisodiy o`sish sur`atlari past bo`ldi. 348. 1980-yillarga – SSSR jamiyatning chuqur inqirozi holatida kirib keldi. 349. 1980-yillar – N.Xrushchyovning kommunizm qurish to`g`risidagi rejasi barbod bo`lgan. 350. 1980-yillar – SSSR va AQSH liderlari M.S.Gorbachev va R.Reyganning Jeneva va Reykyavikdagi uchrashuvlari bo`lib o`tdi. 351. 1980-yillar – Britaniya iqtisodiyotida chuqur tizim o`zgarishlari yuz berdi. 352. 1980-yillar – Italiyada koalitsion hukumat shakllandi. 353. 1980-yillar – Yaponiyada 26 ta texnopolislar tashkil qilindi. 354. 1980-yillar – Xitoy yadro quroliga ega bo`lgan davlatga aylandi va xalqaro munosabatlarda shunga yarasha o`rin egallashga intildi.
|
ma'muriyatiga murojaat qiling