J a h o n t a r I x I – 10 sinf


J A H O N  T A R I X I – 10 sinf


Download 411.66 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/11
Sana05.01.2022
Hajmi411.66 Kb.
#209475
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
10-sinf jahon tarixi xronologiya

                                                                     J A H O N  T A R I X I – 10 sinf                          https://t.me/innovatsiontarix 

 



43. 1921-1922-yillar – Vashingtonda bo`lib o`tgan konferensiyada barcha ishtirokchi davlatlar Xitoyning suvereniteti 

va hududiy yaxlitligini kafolatladi.  

44. 1921-yil – sovet davlati kuchli iqtisodiy va siyosiy inqirozni boshidan kechirdi.  

45. 1921-yil – Italiyada fashistlar harakati bir qadar rasmiy tus olib, davlatning siyosiy qudratini mustahkamlashga 

qaratilgan millatchilik tashviqotini olib bordi.  

46. 1921-yil – Italiyada parlament saylovlarida fashistlar 36 ta o`ringa ega bo`ldi.  

47. 1921-yil – Sun Yatsen Xitoy Respublikasi prezidenti lavozimiga saylandi.  

48. 1921-yil fevral – kazaklar polka sardori polkovnik Rizoxon hukumatni ag`darib tashladi.  

49.  1921-yil  12-noyabrdan  1922-yil  6-fevralgacha  –  to`qqiz  davlat  vakillari  ishtirokida  Vashington  konferensiyasi 

bo`lib o`tdi.  

50.  1921-yil  dekabr  –  Vashington  konferensiyasida  to`rt  davlat  –  AQSH,  Buyuk  Britaniya,  Fransiya  va  Yaponiya 

o`rtasida  shartnoma  imzolanib,  ushbu  davlatlar  Tinch  okeani  havzasidagi  o`z  orollariga  egalik  qilish  huquqlari 

kafolatlandi.  

51. 1921-yil dekabr – Buyuk Britaniya dominion huquqiga ega bo`lgan “Ozod Irlandiya davlati”ni tan oldi.  

52.  1922-yil  –  fiziolog  olimlar  Jon  Makleod  va  Frederik  Banting  ko`plab  tajribalar  jarayonida  o`t  pufagi  gormoni 

bo`lgan insulinni olishga muvaffaq bo`ldi.  

53. 1922-yil – inglizlar Misrning mustaqilligini tan olishga, Buyuk Britaniya Afg`oniston va Eronning tashqi va ichki 

siyosatini nazorat qilishdan ham voz kechishga majbur bo`ldi.  

54. 1922-yil – Rapallo shartnomasi imzolandi.  

55. 1922-yil – Buyuk Britaniya Misr ustidan o`z protektoratini bekor qilib, uning to`liq mustaqilligini tan oldi.  

56. 1922-yil kuz – Uzoq Sharqda “Oq gavrdiya”ning tor-mor qilinishi bilan Rossiyada Fuqarolar urushi yakunlandi.  

57. 1922-yil oktabr – fashistik guruhlarning mashhur Rimga yurishidan so`ng qirol Viktor Emmanuil III Mussolinini 

hukumat boshlig`i etib tayinladi.  

58. 1922-yil oktabr – M.Kamol qo`shinlari butun Turkiya hududini ozod qildi.  

59.  1922-yil  noyabr  –  Qizil  armiya  Vladivostok  shahrini  olib,  Tinch  okeaniga  chiqishi  bilan  Rossiyada  Fuqarolar 

urushi, asosan, yakunlandi.  

60. 1922-yil 1-noyabr – Turkiya Buyuk Millat Majlisi sulton hokimiyatini bekor qilish to`g`risida qaror qabul qildi.  

61. 1922-yil 30-dekabr – sobiq Rossiya imperiyasi hududida Sovet Sotsialistik Respublikalari Ittifoqi (SSSR) tashkil 

qilindi.  

62.  1923-yil  –  Lozanna  tinchlik  shartnomasi  imzolanib,  unda  Turkiyaning  urushdan  keyingi  chegaralari  belgilab 

berildi va mustaqilligi tan olindi.  

63. 1923-yil – fransuzlar Germaniyaning Rur viloyatiga bostirib kirdi.  

64. 1923-yil – Misrda konstitutsiya qabul qilinib, davlat monarxiya deb e`lon qilindi.  

65. 1923-yil sentabr – general Migel Primo de Rivera davlat to`ntarishi uyushtirdi.  

66. 1923-yil 29-oktabr – Turkiya Respublika deb e`lon qilindi, M.Kamol Respublika Prezidenti etib saylandi.  

67. 1923-yil 8-noyabr – Myunxendagi juda bahaybat pivoxonaga 3000ga yaqin odam yig`ildi.  

68. 1923-yil oxiri – Yevropa mamlakatlari ichida eng qadrsiz pul Germaniyada edi.  

69. 1924-1929-yillar – jadal rivojlangan AQSH iqtisodiy jihatdan dunyoning eng rivojlangan mamlakatiga aylandi.  

70.  1924-yil  –  amerikalik  bankir  Charlz  Daues  boshchiligidagi  qo`mita  xalqaro  moliya-kredit  va  savdo 

munosabatlarini tiklashning strategik rejasini qabul qildi.  

71. 1924-yil – SSSRning birinchi konstitutsiyasi qabul qilindi.  

72. 1924-yil – Kavkazorti va O`rta Osiyoda milliy-hududiy chegaralanish o`tkazilib, milliy sovet respublikalari tashkil 

qilindi.  

73. 1924-yil – Vladimir Lenin vafot etdi.  

74. 1924-yil yanvar – leyboristlar Buyuk Britaniya tarixida birinchi marta hukumatni boshqardi.  

75. 1925-yil – Yaponiyada sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish darajasi 1919-yilgi darajasidan oshib ketdi.  

76.  1925-yil  –  sovet-yapon  munosabatlari  yo`lga  qo`yilib,  bu  iqtisodiy  hamkorlikning  rivojlanishida  va  yapon 

qo`shinlarining Shimoliy Saxalindan olib chiqib ketilishida aks etdi.  

77. 1925-yil bahor – shanxaylik burjuaziya, talabalar va ishchilar vakillari mamlakatdagi inglizlarga qarshi harakat 

boshladi.  

78. 1925-yil mart – Sun Yatsen vafot etdi.  

79. 1925-yil dekabr – Eronda chaqirilgan Ta`sis Majlisi Rizoxonni Pahlaviylar sulolasining shohi deb e`lon qildi.  

80.  1926-1929-yillar  –  Fransiya  hukumati  pulning  qadrsizlanishini  to`xtatishga,  kun  kechirishni  arzonlashtirishga 

erishdi.  

81.  1926-yil  –  Chan  Kayshi  boshchiligidagi  Gomindan  milliy  hukumati  Milliy  inqilobiy  armiyaning  Shimolga 

yurishini boshladi.  

82. 1926-yil – Millatlar Ligasi tomonidan “Qullik haqida” konvensiya qabul qilindi.  

83. 1926-yil may – Buyuk Britaniya tarixidagi eng katta ijtimoiy mojaro umumiy ish tashlash yuz berdi.  

84. 1927-1929-yillar – SSSRda asta-sekin NEPni bekor qilish boshlandi.  




Download 411.66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling