J a h o n t a r I x I – 10 sinf


J A H O N  T A R I X I – 10 sinf


Download 411.66 Kb.
Pdf ko'rish
bet7/11
Sana05.01.2022
Hajmi411.66 Kb.
#209475
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
10-sinf jahon tarixi xronologiya

                                                                     J A H O N  T A R I X I – 10 sinf                          https://t.me/innovatsiontarix 

 



263. 1952-yil dekabr – Xitoy Kommunistik partiyasi Markaziy Komiteti mamlakatda “sotsializm qurish” to`g`risida 

qaror qabul qildi.  

264. 1953-1964-yillar – SSSRda Nikita Xrushchyov hokimiyatda turgan, “iliqlik davri”  

265. 1953-yil 5-mart – I.Stalin vafot etdi.  

266. 1955-yil – SSSR va Sharqiy Yevropa davlatlarining harbiy-siyosiy ittifoqi – Varshava Shartnomasi Tashkiloti 

tuzildi.  

267. 1955-yil – GFR NATOga a`zo bo`ldi.  

268. 1955-yil – GFRda misli ko`rilmagan taraqqiyotga erishildi.  

269. 1956-1970-yillar – Yaponiya har yili 11 foizdan rivojlanishga erishdi.  

270. 1956-yil fevral – KPSS XX syezdida N.Xrushchyov “Shaxsga sig`inish va uning oqibatlari to`g`risida” nutq bilan 

chiqdi.  

271. 1957-yil – Yevropa iqtisodiy hamkorligini (YIH) tuzish to`g`risida Rim shartnomasi imzolandi.  

272. 1957-yil 4-oktabr – Sovet Ittifoqida dunyoda birinchi Yerning sun`iy yo`ldoshi uchirildi.  

273. 1958-yil – Fransiyada navbatdagi siyosiy inqiroz boshlandi.  

274. 1958-yil – Meksika sanoat mahsulotlarining umumiy hajmi bo`yicha Lotin Amerikasida birinchi o`ringa chiqdi.  

275.  1958-yil  mart  –  N.Xrushchyov  KPSS  MK  Birinchi  sekretari  lavozimiga  SSSR  Ministrlar  Sovetining  Raisi 

lavozimini qo`shib oldi.  

276. 1958-yil sentabr – Fransiyada referendum o`tkazilib, unda fransuzlar Sh. de Goll boshchiligida ishlab chiqilgan 

konstitutsiyani ma`qulladilar.  

277. 1958-yil 21-dekabr – Sh. de Goll Fransiya prezidenti qilib saylandi.  

278. 1959-yil – inqilob natijasida Kubada hokimiyatga F.Kastro kelgan.  

279. 1959-yil – amerikalik injenerlar Kilbi va Noys tomonidan yarimo`tkazgichli integral mikrosxema yaratilgan.  

280. 1959-yil 1-yanvar – Fidel Kastro boshchiligida qo`zg`olonchilar Kuba poytaxti Gavana shahriga kirib kelishdi, 

inqilob g`alaba qozondi.  

281. 1960-1970-yillar – GFRda iqtisodning jadal o`sish davri bo`lib, “nemis iqtisodiy mo`jizasi” nomini oldi.  

282. 1960-1970-yillar – Turkiyada bir qator harbiy to`ntarishlar bo`ldi.  

283. 1960-yillar – prezidentlar Jon Kennedi va Lindon Jonson ma`muriyatlari iqtisodiy o`sishni jadallashtirish sari 

yo`l tutdilar.  

284. 1960-yillar – AQSHda fuqarolar tengligi uchun harakat o`zining eng yuqori nuqtasiga yetdi.  

285. 1960-yillar – AQSHda ijtimoiy-siyosiy burilishlar davri bo`ldi.  

286. 1960-yillar – Xitoyni rivojlantirishning “Katta sakrash” siyosati amalga oshirildi.  

287.  1960-yillar  –  Hindistonda  sog`liqni  saqlash,  ta`lim,  fan,  madaniyat  sohalarida  erishilgan  muvaffaqiyatlarga, 

iqtisodiyotdagi o`zgarishlarga qaramasdan, aholining yashash darajasi, turmush madaniyati pastligicha qolaverdi.  

288. 1960-yillar – Hindistonda agrar islohot o`tkazildi.  

289. 1960-yillar – Chilida hukumat mamlakatni modernizatsiyalashga harakat qildi.  

290. 1960-yillar oxiri – Fransiya iqtisodiyotini modernizatsiya qilish davom etdi.  

291. 1960-yillar oxiri – Beshinchi Respublikada inqiroz boshlandi.  

292. 1960-yillar oxiri – Yaponiya yalpi ichki mahsulotning hajmi bo`yicha dunyoda AQSHdan keyin ikkinchi o`ringa 

chiqib oldi.  

293. 1960-yillardan keyin – realizm jamiyatdagi yangi dolzarb muammolarni aks ettirish quroliga aylandi.  

294. 1960-yil – Sh. de Goll Fransiyaning Afrikadagi deyarli barcha mustamlakalariga mustaqillik berdi.  

295. 1960-yil – “Afrika yili”. Jahon xaritasida 17 ta yangi Afrika davlati paydo bo`ldi.  

296.  1960-yil  –  sovet  fiziklari  Basov,  Proxorov  va  amerikalik  olim  Tauns  lazer  –  nurning  mutlaqo  yangi  turini 

yaratdilar.  

297. 1961-yil – Iosif Broz Tito, Javoharlal Neru, Jamol Abdul Nosir tashabbusiga ko`ra mustamlakachilikdan ozod 

bo`lgan mamlakatlar Qo`shilmaslik harakatini tashkil qildilar.  

298. 1961-yil 12-aprel – dunyoda birinchi marta Yuriy Gagarin “Vostok” kosmik kemasida koinotga parvoz qildi.  

299. 1962-yil – Karib inqirozi sodir bo`ldi.  

300. 1963-yil – AQSH prezidenti Jon Kennedi o`ldirildi.  

301. 1963-yil – Eronda referendum o`tkazilib, unda shoh mamlakatda islohotlar o`tkazish taklifini kiritdi.  

302. 1963-yil – Kuba prezidenti Fidel Kastro O`zbekistonga tashrif buyurdi.  

303. 1964-yil – Buyuk Britaniyada hokimiyatga leyboristlar keldi.  

304. 1964-yil oktabr – KPSS MK plenumida N.Xrushchyovni bir qator xato va kamchiliklarda ayblab, lavozimlaridan 

ozod qildi.  

305. 1964-1982-yillar – L.Brejnev hokimiyatda turgan yillar.  

306. 1965-yil – Hindiston va Pokiston o`rtasida boshlangan urush Hindistonda ichki siyosiy barqarorlikka ham salbiy 

ta`sir ko`rsatdi.  

307. 1965-1973-yillar – AQSH Vetnamda faol urush harakatlari olib bordi.  

308. 1966-yil – urushni to`xtatish uchun Toshkentda Hindiston va Pokiston o`rtasida muzokaralar bo`lib o`tdi.  




Download 411.66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling