J a h o n t a r I x I – 10 sinf


J A H O N  T A R I X I – 10 sinf


Download 411.66 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/11
Sana05.01.2022
Hajmi411.66 Kb.
#209475
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
10-sinf jahon tarixi xronologiya

                                                                     J A H O N  T A R I X I – 10 sinf                          https://t.me/innovatsiontarix 

 



85.  1927-1934-yillar  –  Erondagi  islohotlar  davrida  bepul  majburiy  boshlang`ich  ta`lim  hamda  pullik  o`rta  va  oliy 

ta`lim to`g`risida qonunlar qabul qilindi.  

86. 1927-yil – Nyu-Yorkda “Jaz kuychisi” filmi namoyish qilingan.  

87. 1927-yil – Buyuk Britaniya mashhur radiokorporatsiyasi Bi-bi-si tashkil qilindi.  

88. 1927-yil – Albaniya Italiyaning protektoratiga aylantirildi.  

89. 1928-1932-yillar – SSSRda birinchi besh yillik sovet rejali iqtisodiyot davrini boshlab berdi.  

90. 1928-1933-yillar – SSSRda kollektivashtirish deb nom olgan siyosat amalga oshirildi.  

91. 1928-yil – ixtirochilar Boris Grabovskiy va Ivan Belyanskiy Toshkentda tarixda ilk bor harakatlanuvchi tasvirni 

elektron-nurli trubka yordamida masofaga uzatishni amalga oshirdilar.  

92.  1928-yil  –  britaniyalik  olim  Aleksandr  Fleming  o`z  labarotoriyasida  bir  qancha  vaqtdan  beri  to`planib  qolgan 

idishlarni yig`ishtirayotib, ulardan biriga mog`orga ko`zi tushadi.  

93. 1928-yil – Fransiyadagi saylovlarda o`ng kuchlar g`olib chiqdi.  

94. 1928-yil – AQSH kongressiga bo`lgan saylovlarda respublikachilar g`alaba qozondi.  

95. 1928-yil – shoh Eronda yevropacha libos joriy qildi, feudal unvon va murojaat shakllari bekor qilindi, nasab joriy 

qilindi.  

96. 1929-1932-yillar – Fransiyada bir nechta hukumat almashdi.  

97.  1929-1932-yillar  –  AQSHda  sanoat  ishlab  chiqarishi  hajmi  50  %  ga  qisqardi,  13  mln.  ga  yaqin  kishi  o`z  ish 

joylaridan mahrum bo`ldi.  

98. 1929-1933-yillar – jahon iqtisodiy inqirozi.  

99. 1929-yil yanvar – Gerbert Guver AQSHning navbatdagi prezidenti qilib saylandi.  

100. 1929-yil 24-oktabr – Nyu York fond birjasida boshlangan inqiroz tufayli barqaror rivojlanish davri tugadi.  

101.  1930-yillar  –  fizika,  kimyo  kabi  tabiiy  fanlarning  rivojlanishi  yangi,  o`ta  mustahkam  materiallarni  yaratish 

imkonini berdi.  

102. 1930-yillar – o`zining iqtisodiy, harbiy va ijtimoiy yutuqlarini namoyish qilayotgan Germaniyadan qo`rqish hissi 

Buyuk Britaniya siyosatini belgilab berdi.  

103.  1930-yillar  –  AQSHda  neytralitet  haqida  hamda  urushayotgan  davlatlarga  qurol  yetkazib  berish  va  kredit 

ajratishni taqiqlash to`g`risida qonunlar qabul qilindi.  

104. 1930-yillar – jahonda yuz berayotgan jarayonlar SSSR xavfsizligiga katta tahdid solayotgan edi.  

105. 1930-yillar –  Lotin Amerikasining siyosiy xaritasida ko`pincha bir-birini almashtirgan turli siyosiy rejimlar  – 

boshqaruv  shakli  bo`yicha  diktatorlik  va  konstitutsion,  ijtimoiy  mazmuni  bo`yicha  konservativ,  liberal-islohotchi, 

millatchi va so`l kuchlar hukmronlik qilishda davom etdilar.  

106.  1930-yillar  –  Lotin  Amerikasi  davlatlari  iqtisodiy  siyosatida  yuz  bergan  o`zgarishlar  mahalliy  ishlab 

chiqarishning o`sishi va milliy kapitalning kuchayishiga olib keldi.  

107. 1930-yillar boshi – AQSH kapitalistik dunyoning tan olingan yetakchisiga, texnik taraqqiyotning yalobardoriga 

aylandi.  

108. 1930-yillar o`rtalarigacha – Fransiyada ijtimoiy qonunchilik sohasida biror qadam ham olg`a tashlanmadi.  

109. 1930-yillarning ikkinchi yarmi – AQSH va uning ortidan butun kapitalistik dunyo iqtisodiy inqirozdan chiqib 

oldi.  


110. 1930-yillar ikkinchi yarmi – Afrikada iqtisodiy rivojlanish sur`atlari jadallashdi.  

111. 1930-yillar oxiri – Versal-Vashington tizimiga Yevropada hech bir davlat amal qilmay qo`ydi.  

112. 1930-yillar oxiri – rivojlangan mamlakatlar sanoatining katta qismi elektrlashtirildi.  

113. 1930-yillar oxiri – Fransiyada sanoat ishlab chiqarishi inqirozdan oldingi darajaga yetmadi.  

114. 1930-yil (oxiri) – Fransiyada jahon iqtisodiy inqirozi boshlandi.  

115. 1930-yil – SSSRda majburiy boshlang`ich ta`lim joriy qilindi.  

116. 1930-yil – de Rivera iste`foga chiqishga majbur bo`ldi.  

117.  1930-yil  –  Argentinada  harbiy  to`ntarish  amalga  oshirilib,  Ipolito  Irigoyenning  ikkinchi  hukumati  ag`darib 

tashlandi, hokimiyatga konservator guruhlar qaytdi.  

118. 1930-yil – Braziliyada burjua inqilobi oligarxiya rejimini ag`darib tashladi.  

119. 1930-yil – Kolumbiyada konsevativ oligarxiya rejimi o`rniga liberal-islohotchilar keldi.  

120. 1931-1932-yillar – Yaponiya Manchjuriyani bosib oldi va Manchjou-Go qo`g`irchoq davlatini tuzdi.  

121. 1931-yil – Vestminster statuti qabul qilingan.  

122. 1931-yil (sentabr) – Yaponiya Xitoyning Manchjuriya provinsiyasini bosib oldi.  

123. 1931-yil – kommunistlar Xitoy Sovet Respublikasini e`lon qildi va Mao Szedun uning raisi etib saylandi.  

124. 1931-yil – Liviyada qarshilik harakati bostirilib, uning rahbarlari qatl qilindi.  

125. 1932-yil – Franklin Ruzvelt AQSH Prezidentligiga 1-marta saylandi.  

126. 1932-yil – Turkiya Millatlar Ligasiga a`zo bo`ldi.  

127. 1932-yil 1-mart – yaponlar Manchjuriyada Manchjou-Go davlati tuzilganligini e`lon qildi.  

128. 1932-yil aprel – Germaniyadagi prezidentlik saylovlarida Gindenburg g`olib chiqdi.  

129. 1932-yil may – Yaponiyada “Yosh ofitserlar” isyon ko`tardi.  




Download 411.66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling