J a h o n t a r I x I – 10 sinf


J A H O N  T A R I X I – 10 sinf


Download 411.66 Kb.
Pdf ko'rish
bet6/11
Sana05.01.2022
Hajmi411.66 Kb.
#209475
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
10-sinf jahon tarixi xronologiya

                                                                     J A H O N  T A R I X I – 10 sinf                          https://t.me/innovatsiontarix 

 



221. 1945-yil 9-avgust – AQSH Yaponiyaning Nagasaki shahriga atom bombasi tashladi.  

222. 1945-yil 2-sentabr – Ikkinchi jahon urushi tugadi. Yaponiya so`zsiz taslim bo`lish to`g`risida paktni imzoladi.  

223. 1945-yil noyabrdan 1946-yil oktabrgacha – Germaniyaning Nyurenberg shahrida fashist rahbarlari ustidan sud 

jarayoni bo`lib o`tdi.  

224. 1945-1991-yillar – “Eng yangi tarix”ning ikkinchi bosqichi.  

225. 1946-yil – Fransiyaning yangi konstitutsiyasi kuchga kirdi.  

226. 1946-yil – Yaponiyada kasaba uyushmalari to`g`risida qonun qabul qilindi.  

227. 1946-yil – ingliz va sovet qo`shinlari Erondan olib chiqib ketildi.  

228. 1946-yil mart – U.Cherchill AQSHning Fulton shahrida Vestminster kolleji tinglovchilari oldida so`zga chiqib, 

AQSHga “tinchliksevar xalqlarning sovet tajovuziga” qarshi kurashga boshchilik qilishni taklif qildi.  

229.  1946-yil  maydan  1948-yil  noyabrgacha  –  Yaponiyaning  poytaxti  Tokio  shahrida  yapon  agressiyasidan  aziyat 

chekkan  davlatlar  vakillaridan  tashkil  topgan  Xalqaro  harbiy  tribunal  urushda  aybdor  deb  topilgan  yapon  harbiy 

jinoyatchilari ustidan hukm chiqardi.  

230. 1946-yil iyun – Xitoyda fuqarolar urushi qaytadan boshlandi.  

231. 1946-yil 9-dekabr – Hindistonda Ta`sis Majlisi ochildi.  

232. 1947-yil – AQSH tomonidan qo`llab-quvvatlangan Chan Kayshi armiyasi kommunistlar poytaxti Yanan shahrini 

egallab oldi.  

233.  1947-yil  iyun  –  AQSH  davlat  kotibi  J.Marshall  Yevropa  mamlakatlariga  urush  oqibatlarini  bartaraf  qilishda 

yordam ko`rsatish g`oyasini ilgari surdi.  

234. 1947-yil iyul – Xitoyda Xalq-ozodlik armiyasi hujumga o`tdi.  

235. 1947-yil 15-avgust – ikkita mustaqil davlat – Hindiston va Pokiston tashkil topganligi e`lon qilindi.  

236. 1948-yil 1-yanvar – Italiyaning yangi konstitutsiyasi kuchga kirdi.  

237. 1949-yil – Buyuk Britaniya NATOga a`zo bo`ldi.  

238. 1949-yil – Hindistonning yangi Konstitutsiyasi qabul qilindi.  

239. 1949-yil yanvar – SSSR va Sharqiy Yevropaning ko`pchilik davlatlari iqtisodiy ittifoq – O`zaro Iqtisodiy Yordam 

Kengashi (O`IYK) tuzilganligini e`lon qildilar.  

240. 1949-yil aprel – G`arb davlatlari Shimoliy Atlantika Shartnomasi tashkiloti (NATO) deb ataluvchi harbiy-siyosiy 

tashkilotni tuzdilar.  

241. 1949-yil may – AQSH, Buyuk Britaniya va Fransiya okkupatsiya zonalarida Germaniya Federativ Respublikasi 

(GFR) tashkil qilindi.  

242. 1949-yil sentabr – Pekinda Milliy siyosiy maslahat konferensiyasi ochildi.  

243. 1949-yil 1-oktabr – Xitoy Xalq Respublikasi e`lon qilindi.  

244. 1949-yil 7-oktabr – sovetlar okkupatsiya zonasi bo`lgan sharqiy qismida Germaniya Demokratik Respublikasi 

(GDR) tashkil qilindi.  

245. 1950-1960-yillar – GFRda iqtisod jadal sur`atlar bilan rivojlandi.  

246. 1950-1960-yillar – Italiyada jadal rivojlanishga qaramasdan, ishchilar harakati avvalgi darajasida qoldi, ba`zan 

hatto faollashdi ham.  

247. 1950-1960-yillar – Yaponiya to`liq iqtisodiy tiklandi.  

248. 1950-yillar – Mustamlaka tizimi qulashi natijasida mustaqil bo`lgan davlatlar o`ziga xos taraqqiyot yo`lini tanlash 

uchun xalqaro maydonga chiqdilar va keyinchalik “uchinchi dunyo mamlakatlari” nomini oldi.  

249. 1950-yillar – AQSH iqtisodiyoti boshqa G`arb davlatlari iqtisodiyotiga nisbatan sekin o`sganligiga qaramasdan, 

u barcha ko`rsatkichlar bo`yicha haqiqiy iqtisodiy yetakchi bo`lib qolaverdi.  

250. 1950-yillar – Fransiyada iqtisodiy o`sish boshlandi.  

251. 1950-yillar – Hindiston tashqi siyosatida “J.Neru kursi” shakllandi.  

252.  1950-yillar  birinchi  yarmi  –  Eron  siyosati,  asosan,  mamlakat  neft  sanoatini  natsionalizatsiya  qilishga 

bag`ishlandi.  

253. 1950-yillar o`rtalari – SSSRda mavjud totalitar tuzum bir qadar liberallashtirildi.  

254.  1950-yillarning  ikkinchi  yarmi  –  SSSRda  qishloq  xo`jalik  mahsulotlarini  ishlab  chiqarish  keskin  o`sib, 

kolxozlarning pul daromadlari 3 martadan ko`proqqa oshdi.  

255. 1950-yillarning ikkinchi yarmi – 1960-yillar – Hindistonda jadal industrlashtirish boshlandi.  

256. 1950-yillar oxiri – SSSRda qishloq xo`jalik mahsulotlarini ishlab chiqarishning o`sish sur`atlari ancha susaydi.  

257. 1950-yillar oxiri – Karib dengizida kichkina orol – Kubada yuz bergan voqealar butun dunyoning e`tiborini o`ziga 

jalb qildi.  

258. 1950-yil – Yaponiyada kadrlar tayyorlashning amerikacha standartlari joriy qilindi.  

259. 1950-yil – SSSRda sanoat ishlab chiqarishi hajmi urushdan oldingi darajasidan oshib ketdi.  

260. 1951-yil – Buyuk Britaniyada o`tkazilgan saylovlarda konservatorlar g`alaba qozondi.  

261. 1952-yilgacha – Yaponiya hukumati AQSH okkupatsion qo`shinlari shtabi tomonidan nazorat qilindi.  

262.  1952-yil  –  AQShda  prezidentlik  saylovida  respublikachilar  partiyasidan  nomzod  Duayt  Eyzenxauer  g`alaba 

qozondi.  




Download 411.66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling