J a h o n t a r I x I – 10 sinf


J A H O N  T A R I X I – 10 sinf


Download 411.66 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/11
Sana05.01.2022
Hajmi411.66 Kb.
#209475
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
10-sinf jahon tarixi xronologiya

                                                                     J A H O N  T A R I X I – 10 sinf                          https://t.me/innovatsiontarix 

 



176. 1939-yil 1-sentabr – Germaniya Polshaga bostirib kirdi va Ikkinchi jahon urushini boshlab berdi.  

177. 1939-yil 3-sentabr – Polshaning ittifoqchisi bo`lgan Buyuk Britaniya Germaniyaga qarshi urush e`lon qildi va 

Ikkinchi jahon urushiga qo`shildi.  

178. 1939-yil 17-sentabr – Polshaga sovet qo`shinlari kiritildi.  

179. 1940-yillar oxiri – AQSHda barqaror va to`xtovsiz o`sish boshlandi va bu AQSH iqtisodiy tizimining o`ziga xos 

jihati bo`lib qoldi.  

180. 1940-yillar oxiri – Shvetsiyaning Televerket kompaniyasi uyali telefonlar yaratish ustida ish boshlagan.  

181. 1940-yillar oxiri – 1950-yillar boshi – AQSHda siyosiy reaksiyaning avj olishi bilan xarakterlanadi.  

182. 1940-yil – Nevill Chemberlen hukumat boshlig`i lavozimidan iste`foga chiqishga majbur bo`ldi.  

183. 1940-yil – Franklin Ruzvelt AQSH Prezidentligiga 3-marta saylandi.  

184.  1940-yil  –  Fransiya  mag`lubiyatga  uchragandan  keyin  Jazoir  va  Tunis  Germaniya  va  Italiyaning  xomashyo 

bazasiga aylantirildi.  

185. 1940-yil mart – SSSR Finlyandiya bilan sulh tuzishga majbur bo`ldi.  

186. 1940-yil 10-iyun – Fransiyaga urush e`lon qilgan Italiya Ikkinchi jahon urushiga kirishdi.  

187. 1940-yil 14-iyun – nemis qo`shinlari Parijga kirib keldi.  

188. 1940-yil sentabr – Germaniya, Yaponiya va Italiya o`rtasida harbiy hamkorlik to`g`risida kelishuv – Uchlar pakti 

imzolandi.  

189. 1941-yil – Turkiya Germaniya bilan do`stlik shartnomasini imzoladi.  

190. 1941-yil – Misr hududiga Germaniya va Italiya qo`shinlari kiritildi.  

191.  1941-yil  (5-aprel)  –  Moskvada  o`zaro  hujum  qilmaslik  (neytralitet)  to`g`risida  sovet-yapon  shartnomasi 

imzolandi.  

192. 1941-yil 22-iyun – Germaniya SSSRga bostirib kirdi.  

193. 1941-yil avgust – sovet va ingliz qo`shinlari Eronga kiritildi.  

194.  1941-yil  avgust  –  AQSH  va  Buyuk  Britaniya  urush  payti  va  undan  keyingi  hamkorlik  tamoyillari  to`g`risida 

deklaratsiyani – Atlantik xartiyani imzoladi.  

195. 1941-yil sentabr – SSSR Atlantik xartiyaning asosiy tamoyillarini qabul qildi.  

196.  1941-yil  dekabr  –  nemis  qo`shinlari  Moskva  ostonalarida  jangni  boy  berdi  va  urushdagi  dastlabki  jiddiy 

mag`lubiyatga uchradi.  

197. 1941-yil 7-dekabr – Yaponiya floti Pyorl-Xarborga – AQSH flotining Tinch okeanidagi asosiy bazasiga hujum 

qilgandan so`nggina AQSH Ikkinchi jahon urushiga qo`shildi.  

198. 1942-yil – Chikagoda Enriko Fermi ilk atom reaktorini yaratdi.  

199. 1942-yil – Muhammad Rizo Pahlaviy SSSR va Buyuk Britaniya bilan shartnoma imzoladi.  

200. 1942-yil bahor-kuz – nemis qo`shinlari Volga daryosiga va Shimoliy Kavkazga chiqdilar.  

201.  1942-yil  noyabr  –  sovet  qo`shinlari  Stalingrad  ostonalarida  qarshi  hujumga  o`tib,  Volgaga  chiqqan  German 

qo`shinlarining katta guruhi – 22 ta diviziyani qurshab oldi va tor-mor qildi.  

202. 1943-yil – Gitlerga qarshi koalitsiya rahbarlarining Tehron uchrashuvi bo`lib o`tgan.  

203. 1943-yil fevral – qurshovdagi nemis qo`shinlari taslim bo`ldi.  

204. 1943-yil may – ittifoqchilar Italyan-German qo`shinlarini Afrikadan to`liq quvib chiqarishga erishdilar.  

205. 1944-yil – Sovet Ittifoqi o`z hududini to`liq ozod qildi, sovet qo`shinlari Sharqiy Yevropaga kirib keldi.  

206. 1944-yil – iitifoqchilar Fransiyaning shimoli-g`arbiga qo`shin tushirib, Fransiya va Belgiyani ozod qildi.  

207. 1944-yil – Franklin Ruzvelt AQSH Prezidentligiga 4-marta saylandi.  

208. 1945-yil – AQSHning Nyu-Meksiko shtatidagi poligonda birinchi atom bombasi portlatildi.  

209. 1945-yil – Aleksandr Fleming Nobel mukofotiga sazovor bo`ldi.  

210. 1945-yil – Sovet Ittifoqi Yaponiyaga qarshi urushga kirdi.  

211.  1945-yil  –  Fransiyada  sanoat  va  qishloq  xo`jalik  mahsulotlari  ishlab  chiqarish  hajmi  urushdan  oldingi 

darajasining yarmiga ham yetmadi.  

212.  1945-yil  –  Xitoy  hududi  va  aholisining  katta  qismi  gomindanchi  Chan  Kayshi  hukumati  tomonidan  nazorat 

qilinardi.  

213. 1945-yil – Manchester shahrida V Panafrika kongressi bo`ldi.  

214. 1945-yil fevral - Gitlerga qarshi koalitsiya rahbarlarining Qrim (Yalta) uchrashuvi bo`lib o`tgan.  

215.  1945-yil  16-apreldan  2-maygacha  –  Berlin  operatsiyasi  amalga  oshirilib,  shu  vaqt  ichida  Uchinchi  reyxning 

poytaxti o`rab olinib, shturm bilan zabt etildi.  

216. 1945-yil 8-may – Oliy bosh qo`mondon o`rinbosari G.K.Jukov Sovet Ittifoqi nomidan Germaniyaning so`zsiz 

taslim bo`lganligi to`g`risida aktni imzoladi.  

217. 1945-yil 9-may – SSSRda “G`alaba kuni” deb e`lon qilindi.  

218. 1945-yil iyul-avgust - Gitlerga qarshi koalitsiya rahbarlarining Potsdam uchrashuvi bo`lib o`tgan.  

219.  1945-yil  avgust  –  SSSR  va  AQSH  vositachiligida  Xitoy  Kommunistik  partiyasi  bilan  Gomindan  o`rtasida 

muzokaralar bo`lib, o`zaro dushmanlik harakatlarini to`xtatishga kelishildi.  

220. 1945-yil 6-avgust – AQSH Yaponiyaning Xirosima shahriga atom bombasi tashladi.  




Download 411.66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling