Kurs ishi reja


Download 220.35 Kb.
bet1/4
Sana19.06.2023
Hajmi220.35 Kb.
#1601490
  1   2   3   4
Bog'liq
Kurs ishi reja

O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O`RTA MAXSUS


TA’LIM VAZIRLIGI

NAVOIY DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI


O`ZBEK TILI VA ADABIYOTI FAKULTETI
3-“A”GURUH TALABASI

BAHRIDDINOVA GULSHODA NIZOMIDDIN QIZIning


“O`ZBEK ADABIYOTI “ fanidan
“O‘zbek mumtoz adabiyotining lirik tur va janrlari”mavzusida yozgan

KURS ISHI



REJA:


I.KIRISH.
II.ASOSIY QISM.
1.ADABIYOTNING TUR VA XILLARI : O‘ZBEK MUMTOZ ADABIYOTI MISOLIDA
2.MILLIY MUMTOZ ADABIYOTIMIZ JANRLARI.
III.XULOSA.
IV.FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO`YXATI.

I.KIRISH

Bugungi kunda yurtimizda eng ko‘p e’tibor qaratilayotgan sohalardan biri ta’lim hisoblanadi. Yildan yilga oshib borayotgan oily ta’limga kirish kvotalari,doimiy ravishda berib borilayotgan “El-yurt umidi” jamg‘armasining moliyaviy ko‘magi - bularning barchasi shu yo‘nalishni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan davlat siyosatining samarasidir. Bundan tashqari,mamlakatimiz rahbarining quyidagi fikrlari gapimiz tasdig‘i bo‘lib tuyiladi:


“Biz ustozni otaday ulug‘ deb bilgan,doimo ardoqlagan ma’rifatparvar xalqning vakillarimiz. Men ham o‘qituvchi,muallim deganda o‘zim uchun eng aziz va hurmatli bo‘lgan,ziyoli va zamonaviy,samimiy va mehribon insonlarni tasavvur qilaman. Chunki hammamizga ham shu muallim saboq va ta’lim berib,mehribon ota-onalarimiz qatorida tarbiyalagan. Bugungi kunda O‘zbekistonning yangi taraqqiyot davri poydevorini yaratyapmiz. Bunda bizning eng yaqin ko‘makchilarimiz ustoz va murabbiylar,ilmiy va ijodkor ziyolilardir… Hammamiz aziz farzandlarimiz hayoti va taqdirini o‘qituvchi va murabbiylarga ishonib topshiramiz. Mana shunday beqiyos boylik posbonlari,kelajak bunyodkorlari bo‘lgan bu mo‘tabar zotlarga munosib hurmat-ehtirom ko‘rsatishimiz kerak”. 1
Biz o‘rganmoqchi bo‘layotgan “O‘zbek mumtoz adabiyotining lirik tur va janrlari” ning ahamiyatli jihati shundaki,mavzuni ochish davomida mumtoz adabiyot tarkibiga kiruvchi janrlar, ularning xususiyatlari, bu davrda amalda mavjud bo‘lgan turlar , turlar va janrlar o‘rtasida shakl va mazmunga bog‘liqlik darajasi,bu boradagi o‘zbek va jahon adabiyotshunoslari hamda adiblarining fikri, bu mavzuning tarixga aloqador jihatlari,jahon klassik adabiyoti va milliy klassika o‘rtasidagi tafovut va o‘xshash taraflar kabi bir qancha masalalarga yuzlanamiz.
Izlanishning maqsadi milliy adabiyotimizning oltin qismi bo‘lmish mumtoz adabiyotning tur va janrlari nima asosida ajratilganligini,qanday guruhlarga ajratilganligini,uning boshqa zamon va makonlardan farqli ekanligini batafsil yoritishdir.
Vazifasi ilmiy manbalar hamda ishonchli fikrlar orqali mavzuni yortish,bu orqali badiiy asarning janri va turini topish masalasiga oydinlik kiritishdir.
˗˗˗˗˗˗˗˗˗˗˗˗˗˗˗˗
1https//yuz.uz/uz/news/talim-tarbiya 30-oktyabr,2020-yil

Download 220.35 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling