Kvadrat tenglamalar yordamida masalalar yechish (8-sinf)


 B/BX/B jadvali (jadvalda keltirilgan misollarga qarab davom ettiring)


Download 263.44 Kb.
bet3/3
Sana01.08.2020
Hajmi263.44 Kb.
1   2   3

40. B/BX/B jadvali (jadvalda keltirilgan misollarga qarab davom ettiring).




Bilaman


Bilishni xohlayman


Bilib oldim

Arifmetik amallar


Kvadrat tenglama


Karrali ildizlar


Tenglama

Chala kvadrat tenglama

Mavhum yechimlar


Tenglamani yechish


Tenglama ildizi


Ildizlarning xossalari
















0. «Baliq skleti» chizmasi (Tizimli fikrlash, tuzilmaga keltirish, tahlil qilish ko’nikmalarini rivojlantiradi).

Matematik diktant orqali yangi mavzuning asosiy formulalarini o’zlashtirish:



Topshiriqlar

Javoblar

Bajarish

1.

2.


2 + bх + c = 0 kvadrat tenglama ildizlari formulasini yozing:

D = …

х1,2 = …

Quyidagi hollarda kvadrat tenglama nechta ildizga ega?–

D > 0


D = 0

D < 0

D=b2 -4ac

х1,2 =(-b±√ D)/2а

2 ta ildiz

ta ildiz

Ildizlari yo’q





60. «Klaster» (tutam, bog’lam) - axborot xaritasini tuzish yo’li - barcha tuzilmaning mohiyatini markazlashtirish va aniqlash uchun qandaydir biror asosiy omil atrofida g’oyalarni yig’ish):

Amaliy masala va uni tezkor yechish. Tezkor ishlash yo’li bilan ana shu formuladan foydalangan holda ko’plab amaliy masalalarni yechish mumkinligini tushinish. Masalan, nonning narxi muammosini qarab chiqaylik. Quyidagi graflarni to’ldiraylik:

O’quvchilar 4 ta guruhga bo’linib bu kataklarni to’ldirishadilar.

Kim avval o’z vazifasini tugatsa qolganlarga ko’maklashadi. Muhokama boshlanadi. Asosiy 3 ta yo’nalish tanlanadi:

  1. Xo’jalikning yer maydoni.


  2. Hosildorlik.


  3. Mahsulotni ishlab chiqarish va uning tannarxi.




Loyihaning mavzusi: Masalan, «Yer», «Hosil», «Non narxi».

Bosh mavzu: «Non rizqimiz».



7. Muammoli savollar:

1. Biz darsda kvadrat tenglama haqida nimalarni o’rgandik?

2. Kvadrat tenglama ildizlarini topish formulasidan foydalanishni kim qanday o’rgandi?

3. Kvadrat tenglama tuzib yechiladigan masalalarda nimalarga e’tibor berish lozim?

4. Kvadrat tenglama ildizlarini topish formulasiga oid ko’rgazmali vosita tayyorlang.

8. Dastlabki nazorat:

1Ko’paytmsi 210 ga teng bo’lgan ikkita ketma-ket natural sonni toping.



2) Ko’paytmasi 399 ga teng bo’lgan ikkita ketma-ket toq sonni toping.

9. Natijalar tahlil qilinadi. Kvadrat tenglamalar yordamida bir nechta masala tuziladi va dars mobaynida qizil kartochka, yashil kartochka va sariq kartochkakar hisoblanib, o’quvchilar baholanadi.

10. Uyga vazifa:

1. Ko’paytmsi 156 ga teng bo’lgan ikkita ketma-ket natural sonni toping.

2. Ko’paytmasi 255 ga teng bo’lgan ikkita ketma-ket toq sonni toping.

3. To’g’ri to’rtburchakning perimetri 1 m ga teng, yuzi 4 dm2. Uning tomonlarini toping.

4. Yuzi 2,45 ga bo’lgan bog’ 630 m uzunlikdagi devor bilan o’rab olingan. Agar bog’ to’g’ri to’rtburchak shaklida bo’lsa, uning bo’yi va enini toping.

5. 400 km masofani tezyurar poyezd yuk poyezdiga qaraganda bir soat tezroq bosib o’tdi. Agar yuk poyezdining tezligi tezyurarnikidan 20 km/soat kam bo’lsa, har bir poyezdning tezligi qanday?

6. Sayohatchi teploxod daryo oqimi bo’yicha pristandan pristanga bordi. Teploxod yarim soat to’xtagandan keyin orqasiga qarab jo’nadi va dan chiqqanidan 8 soat o’tgandan keyin shu pristanga qaytib keldi. Agar va B pristanlar orasidagi masofa 36 km gat eng, daryo oqimining tezligi esa 2 km/soat bo’lsa, teploxodning turg’un suvdagi tezligi qanday?

7. Ikki brigada birgalikda ishlab o’tin tayyorlashni 6 kunda tamomladilar. Agar brigadalardan biri shu ishni bajarish uchun ikkinchisiga qaraganda 5 kun kam sarf qilsa, har bir brigada bu ishni bajarish uchun necha kun sarf qiladi?

11. Xulosa

Shunday qilib, kvadrat tenglamalar va ularning tadbiqiga oid misol va masalalarni yechishda quyidagilarga e’tibor berish lozim:

  • kuzatuv (qaysi formulalardan foydalanish maqsadga muvofiq);


  • natijani oldindan ko’ra bilish (maqsad nima?);


  • gipotezalarni tahlil qila bilish (teskaridan tahlil qilish lozimdir);


  • yechishning rejasini tuzish;


  • yechishni bajarish;


  • tuzatish (texnik xatolarni aniqlash va ularni tuzatish);


  • tekshirish (masalan,o’rniga qo’yish yo’li bilan);


  • baholash (misol yoki masalani soddaroq holda yechish mumkinmi?);


  • qo’llay bilishni o’rganish (avval yechilgan misol va masalalarga qo’llash mumkinmi?);


  • mavzuni rivojlantira bilish (masalan, umumlashtirish, yangi ma’no berish va hokazo).



Download 263.44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling