Labaratoriya ishi №1 Mavzu


Download 435 Kb.
bet1/2
Sana17.06.2023
Hajmi435 Kb.
#1541060
  1   2
Bog'liq
LABORATORIYA ISHI №1


LABARATORIYA ISHI №1
Mavzu: Lokal komputer tarmog’ini tashkil qilish.
Ishning maqsadi:

  1. Lokal tarmoq haqida tushuncha.

  2. Tarmoqni tashkil qilish uchun zarur jihozlar.

  3. Topologiya tanlash.

  4. Tarmoq qurilmalarini ulash ketma-ketligi.

Kerakli jihozlar: komputer,kabel,konektor,tarmoq platasi.
Nazariy qism:
Kompyuterlardan turli xil masalalarni hal qilishda foydalanish mumkin. Axborot almashinish uchun magnit va kompakt disklardan foydalanish yoki boshqa kompyuterlar bilan umumiy tarmoqqa ulanish kerak boladi. Kompyuterlarning o’zaro axborot almashinish imkoniyatlarini beruvchi qurilmalar majmuyiga kompyuter tarmoqlari deyiladi.Tarmoqning asosiy imkoniyatlari tarmoqqa ulangan kompyuterlar va axborot ashyolariga bog’liq bo’ladi. Axborot ashyolari deganda arxiv, kutubxona, fondlar, malumotlar ombori va boshqa axborot tizimlaridagi hujjatlar yig’indisi tushuniladi. Tarmoqdagi kompyuterlarda saqlanayotgan axborot ashyolariga ushbu tarmoqqa ulangan boshqa kompyuterlar yordamida kirish mumkin.
Kompyuterlar uchun tarmoqqa biriktirilgan holda foydalanish juda ko’p afzalliklarga ega. Masalan, kompyuter tarmog’iga ulangan bir printerni barcha foydalanuvchilar birgalikda ishlatishi, biror tashkilot miqyosida hisobotni tez tayyorlash uchun uni bo’limlarga bo’lib, xar bir bo’lagini alohida tarmoq kompyuterida tayyorlash mumkin.Fayllar, katologlar, printer, disklardan birgalikda foydalanish mumkin. Bu esa o’z navbatida tejamkorliklarga olib keladi. Shuning uchun kompyuterlar tarmoqqa birlashtiriladi. Tarmoqlarning fizik jihatdan biriktirilishi (simlar yoki boshqa yo’llar bilan) tarmoq o’zidan o’zi ishlayveradi, degan gap emas. Tarmoqdagi kompyuterlar tarmoq operasion sistemasida ishlaydi.

  1. Lokal kompyuter tarmog'i uncha katta bo'lmagan xudud chegarasida joylashgan abonentlarni birlashtiradi. Masalan, korxonalar, tashkilotlar, firmalar, banklar, ofislar miqyosidagi komppyuterlarni o'zaro birlashtiruvchi tarmoqlar lokal kompyuter tarmog'i turkumiga kiradi. Hozirgi vaqtda lokal hisoblash tarmoqlari abonentlarining xududiy joylashuvi bo'yicha qat`iy cheklashlar yo‘q.Lokal kompyuter tarmog’i tushunchasi nisbiydir. Bunday deyishimizga sabab, kompyuterlar bir xona (sinf xonasi), bino, tashkilot yoki bir qancha filiallardan iborat bo’lgan tashkilot doirasida kompyuter tarmoqlari tashkil etish mumkinligidadir. Shuning uchun xam 500 metrgacha bo’lgan masofada birlashtirilgan kompyuterlar ham lokal tarmoqqa birlashtirilishi mumkin. Lokal tarmoq maxsus simlar bilan birlashtirilgan kompyuterlar, kommunikatsiya, pereferiya (tashqi ulanadigan) qurilmalarning birgalikda foydalanish maqsadida biriktirilishidir.

  2. Tarmoqni tashkil etishda qo’llaniladigan jihozlar tarkibiga: kabel,tarmoq platasi,komputer konnektorlar kerak bo’ladi.



Хаmmа ishlаb chiqаrilаdigаn kаbеllаrni uch turgа bo’lish mumkin:



  • O’rаlgаn juft simli kаbеl (Витая пара, twisted pair), ulаr himоyalаngаn ya`ni ekrаnlаshtirilgan (shielded twisted pair-STP) vа himоyalаnmаgаn ya`ni ekrаnlаshtirilmаgаn,(unshielded twisted pair - UTP);

  • Kоаksiаl kаbеllаr (coaxial cable);

  • Оptik tоlаli kаbеllаr (fiber optic).

  1. Odatda ishchi stantsiyalar (IS) va maxsus kompyuterlarni (fayl, print serverlari va boshqalar) o’zaro kabel bilan bog’lashdan iborat. Ular o’z navbatida tarmoq adapterlari yordamida (tarmoq kartalari) ulanadi.

Alohida tugunlarni tarmoqda ulash usullari tarmoq topologiyasi deyiladi. Odatda uchta topologiya qo’llaniladi:
Umumiy shina. Bu holda lokal tarmoqdagi barcha kompyuterlar bitta aloqa chizig’iga parallel bog’lanadi. Bunday shinalarni boshqarish ham alohida, ham markazlashgan bo’lishi mumkin. Markazlashgan boshqaruvda tarmoqqa maxsus kompyuter-server ulanadi, uning vazifasi tarmoqda axborotni uzatishni boshqarishdir. Alohida boshqaruvda hamma kompyuterlar bir xil maqomga ega, ular mustaqil ma’lumotlarni uzatish imkoniyatiga ega.
Xalqa. Bu holatda barcha kompyuterlar yopiq xalqasimon, ketma-ket bog’lanadilar. Bunda xabar birin-ketin kompyuterdan-kompyuterga uzatiladi. Xabarni uzatgan kompyuter yana o’sha xabarni qayta qabul qilmaguncha, jarayon davom etaveradi.

Download 435 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling