Laboratoriya ishi №1 hаvo quvurlаridа hаrаkаtlаnаyotgаn hаvoning miqdorini o’LChАSh. Ishdan


Download 217 Kb.
bet1/3
Sana10.04.2020
Hajmi217 Kb.
#99090
  1   2   3
Bog'liq
1 ММ Лаборатория иши


Laboratoriya ishi 1

HАVO QUVURLАRIDА HАRАKАTLАNАYoTGАN HАVONING

MIQDORINI O’LChАSh.

Ishdan maqsad: Havo quvuridagi harakatlanayotgan havoning miqdorini aniqlashni o’rganish.
Identiv o’quv maqsadlar:
Talabalar havo quvurlarida harakat qilayotgan havoning miqdorini, bosimini Bernulli formulasi orqali tajribaga asoslanib hisoblay oladi
Umumiy ma`lumotlar
Аgar ko’ndalang kesim yuzasi doira shaklida bo’lgan havo o’tkazgichda, havo v m/s tezlik bilan harakatlansa, uning o’tish miqdorini quyidagi formula orqali topish mumkin.

Q=f•v, m3/s (14)



Аgar havo quvurini ko’ndalang kesim yuzasi - to’g’ri to’rtburchak bo’lsa, unda uning yuzasi ikki qo’shni tomonlarining ko’paytmasiga teng. agarda havo quvurining ko’ndalang kesimi doira bo’lsa quyidagi formuladan topiladi:

(15)

bunda: d - havo quvurining diametri.

Shunday qilib, ko’ndalang kesim yuzasi doira shakliga ega bo’lgan havo quvurlaridan o’tayotgan havoning miqdori quyidagi formuladan aniqlanadi:

Q=0,785d2V, m3/s (16)

Bu erda havoning tezligi V ni o’lchash usuli bilan aniqlaymiz. Bu usulning qiyinchiligi shundaki havo quvurida havoning tezligini bevosita asbob yordamida o’lchab bo’lmasligini hisobga olib, uni havoning dinamik bosimi Rdin orqali topiladi.

Ma`lumki, Bernulli qonuniga asosan havo quvuridagi harakatlanayotgan gazning to’liq bosimi, statik bosim bilan dinamik bosimning yig’indisiga teng.

Rt=Rst+Rdin (17)

ya`ni bundan Rdin= Rt- Rst



Quvur ichida harakatlanayotgan havoning tezligi dinamik bosimga bog’langandir.

(18)

bunda; g - erkin tushish tezlanishi, g=9,81 m/sek2


Download 217 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling