Mavzu: Sanoat korxonalarini shamollatish Hayot faoliyat xavfsizligi Reja: Havoning kimyoviy tarkibi va xossalari


Download 0.54 Mb.
bet1/2
Sana09.11.2023
Hajmi0.54 Mb.
#1759439
  1   2
Bog'liq
8-Ma\'ruza


MAVZU:
Sanoat korxonalarini shamollatish
Hayot faoliyat xavfsizligi
Reja:
1.Havoning kimyoviy tarkibi va xossalari.
2.Shamollatishning ko’rinishlari va uning qurilmasi.
3.Ishlab chiqarishda isitish. Isitish sistemasining ko’rinishlari
Havoning kimyoviy tarkibi va xossalari - inson hayotida havoning ahamiyati juda katta ekanligi ma’lum. Uning kimyoviy tarkibi, fizik xususiyatlari va tarkibida har xil moddalarning bulishi, havodan nafas olib, mehnat qilayotgan kishilar uchun juda muhim. Chunki, havoning tozaligi inson salomatligiini saqlovchi muhim omil hisoblanadi.
Er atmosferasi quruq havo bilan ma’lum miqdorda suv bug’larining aralashmasidan tashkil topgan. Quruq atmosfera havosining tarkibida 78 foiz azot, 20,9 foiz kislorod, 0,3 foiz karbonat angidridi va uncha ko’p bulmagan miqdorda geliy, neon, kripton va boshqa gazlar bor. Ma’lumki, inson uchun eng mudhishi havo tarkibida kislorodning kam miqdorda bulishidir.Havo holati uning bosimi, zichligi, harorati, absolyut namligi, namlik sig’imi, nisbiy namligi, issiqlik sig’imi va boshqalar bilan belgilanadi.Ish joyidagi havo muhitini mo’’tadillashtirishda shamollatishning ahamiyati kattadir.
Umumiy shamollatish. Ishlab chiqarish binolarida ajralib chiqayotgan har xil zararli moddalarni chiqarib yuborishning imkoniyati bulmasa yoki ajralib chiqayotgan moddalar, texnologik jarayonning maydonlaridan ajralib chiqayotgan bulsa, unda yakka tartibda shamollatish vositalarini qo’llash imkoniyati yo’qoladi. Bunday hollarda umumiy shamollatish usulidan foydalaniladi. Umumiy shamollatish vositasini zararli moddalar yoki issiqlik eng ko’p ajralib chiqayotan joyga o’rnatish kerak.
Ishlab chiqarishda shamollatish - bu davlat standarti talabiga mos holda, xonalardan ortiqcha issiqlikni, namlikni, changlarni, zararli gazlar va bug’larni chiqarish va mikroiqlimni yaratish uchun zarur qurilmalar sistemasidir.
7.1.-rasm. Havoni kiritish va chiqarish mexanik shamollatkichlari. 1-havo qabul kilgich; 2-havo uzatkichlar; 3-filtr; 4-kalorifer; 5-markazdan qochma shamollatkich; 6-havoni xonaga kiritish teshiklari; 7-havoni xonadan chiqarish teshiklari; 8-rostlash klapani; 9-havoni chiqarish qurilmasi; 10-havo aylanishini ta’minlovchi uzatish qurilmasi; 11-xona.

Download 0.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling