Laboratoriya ishi №1 Mashg’ulot uchun ajratilgan soat: 2soat. Laboratoriya jihozlari


Download 361.9 Kb.
Sana14.12.2020
Hajmi361.9 Kb.
#167142
Bog'liq
LABORATORIYA ISHI 1


LABORATORIYA ISHI № 1

Mashg’ulot uchun ajratilgan soat: 2soat.

Laboratoriya jihozlari: Corel DRAW dasturi.

Mavzu: Corel Draw dasturi interfeysini sozlash. Turli uskunalar bilan tasvirlar yaratish.

  1. Ishning maqsadi: Corel Draw dasturi bilan tanishish va shaxsiy kompyuterga o’rnatishni hamda tasvirlar yaratish ko’nilmalarini hosil qilish.

  2. Nazariy qism:

Yuklangandan so’ng dastur ekranga muloqot oynasini chiqaradi va bir nuchta varinatlarni taqdim qiladi: yangi hujjat yaratish (GRAPHIC), oxirgi yaratilgan hujjatni ochish (Open last edited), mavjud hujjatni ochish (Open Graphic), o’qitish tizimi (Corel Turor).Yangi hujjatni yaratish uchun fayl (File) menyusida yangi (New) komandasi bajariladi.Mavjud hujjatni ochish uchun fayl menyusida ochish (Open) komandasi bajariladi.Corel Draw dasturi bir necha hujjatlarni bir vaqtda ochish imkoniyatiga ega, u holda shu paytda kerak bo’lmagan hujjatlarni yopish kuzda tutilan. Menyu fayl (File) bo’limida yopish(Close) komandasi bajarilganda aktiv hujjat yopiladi. Dastur yuklangandan so’ng ekranda paydo dastur oynasiga foydalanuvchining interfeysi deyiladi (User1Tzeg). Interfeys inson va kompyuter orasida bog’lovchi bo’lib ishlash uchun panel, asboblar, muloqot oynasi va x.k.larni taklif etadi. Foydalanuvchi interfeysi saxifa, bosh menyu, hujjatlarni aks ettiruvchi ishchi oynalari hamda tasvirlarni muxarrirligini amalga oshiruvchi har xil panellar to’plami. Oynaning markazidagi kata oq maydon ishchi xudud bo’lib har bir hujjat alohida-alohida ochiladi. Corel Draw (Korel dro) – bu grafikli dastur bo’lib, uning yordamida vektorli tasvirlarni, grafikli matnlarni hamda bizning tasavvurimizdagi barcha ijodiy g’oyalarimizni amalga oshirishga yordam beradi.

Corel Draw dasturida ishlash asoslari: 1) Nuqtali va vektorli tasvirlar. 2) Corel Drawni ishga tushurish . 3) Yangi hujjatni yaratish. 4) Hujjatni ochish va yopish. 5) Hujjatni saqlash. 6) Sahifaning parametrini o’zgartirish.

Corel Draw dasturining asosiy texnologik prinsipi – bu obyektlar bilan ishlash. Obyekt deb – ustida har xil ishlarni bajarish imkonini beruvchi tushunchaga aytiladi. Foydalanuvchi obektlar ishlash jarayonida ular ustida har xil ishlarni bajarishga to’g’ri keladi.

Obektlar bilan quyidagi ishlarni bajarish mumkin:



  1. Belgilash

  2. O’chirish

  3. Nusxa olish va nusxani qo’yish

  4. Bir nechta obektlarni belgilash

  5. Kattalashtirish va kichraytirish

  6. Obektni siljitish.

Corel Draw dasturi yuklangandan so’ng dastur ekraniga “Xush kelibsiz COREL DRAW” muloqot oynasini chiqaradi va bir nechta variantlarni taqdim etadi: yangi hujjat yaratish (GRAPHIC), oxirgi yaratilgan hujjatni ochish (Orep last edited), mavjud hujjatni ochish (Orep GRAPHIC), o’qitish tizimi (COREL TUROR).

Yangi hujjatni yaratish uchun fayl (FILE) menyusida Yangi (NEW) komandasi bajariladi.

COREL DRAW dasturi bir necha hujjatlarni bir vaqtda ochish imkoniyatiga ega, u holda shu paytda kerak bo’lmagan hujjatlarni yopish ko’zda tutilgan. Menyu Fayl (FILE) bo’limida yoping (Zakrit, Close) komandasi bajarilganda aktiv hujjat yopiladi. Dastur yopilgandan so’ng ekranda paydo bo’lgan dastur oynasiga foydalanuvchining interfeysi deyiladi(User1 Tzeg t1egtaze). Interfeys inson va kompyuter orasida bog’lovchi bo’lib ishlash uchun panel, asboblar, muloqot oynasi va hokazolarni taklif etadi. Foydalanuvchi interfeysiga sahifa, bosh menyu, hujjatlarni aks ettiruvchi ishchi oynalarni hamda tasvirlarni muxarrirligini amalga oshiruvchi har xil panellar to’plami. Oynaning markazidagi katta oq maydon ishchi hudud bo’lib har bir hujjat alohida-alohida ochiladi. Ekranning tepa qismida bosh menyu bo’limlari quyidagicha nomlanadi:


*Fayl (File)

*Muxarrir (Edit)

*Ko’rinish (View)

*Kampanovka (Layotu)

*Boshqaruv (Arrange)

*Effektlar (Effects)

*Nuqtaviy tasvir (Vitmaps)

*Matn (Text)

*Servis (Tools)

*Oyna (Window)



*Yordam (Help)

  1. Topshiriqlar:

  1. Corel Draw dasturi o’rnatish uchun kompyuter qurilmalariga qo’yilgan talablar va ularning dastur ishlashiga bog’liqligini yoritib bering.

  2. Corel Draw dasturi interfeysi bo’limlari va vazifalariga ta’rif bering.

  3. Corel Draw dasturining 10 ta uskunalari va ularning vazifalarini yoritib bering.






Instru-ment tasviri

Instrument-ning ingliz-cha nomi

Instrument-ning ruscha nomi

Instrumentni aktivlashti-ruvchi tugma-lar majmui

Instrumentning vazifasi (o’zbek tilida)

1.



Pick

Указаель




Obyektni tanlash va qayta tuzish

2.



Rectangle

Прямоугольник

F6

To`g`ri to`rtburchak chizish

3.



Zoom

Масштаб

Z

Obyektni kattalashritish yoki kichiklashtirish

4.



Ellipse

Эллипс

F7

Turli o`lchamda ellips chizish

5.



Text

Текст

F8

Figurali yoki oddiy tekst kiritish

6.



Bezier

Свободная –форма

F5

Egri shakldagi chiziqlarni xuddi qalamda chizgandek chizish

7.



New

Новый

Ctrl+N

Yangi hujjat yaratish

8.



Open

Открыть

Ctrl+O

Hujjatni ochish

9.



Insert

Вставыть

Ctrl+V

Ko’chirilgan ob’yektni joylashtirish

10



Save

Сохранить

Ctrl+S

Hujjatni saqlash



Xulosa: Bugungi kunda Informatika va axborot kommunikatsiya texnologiyalari sohasi jadal rivojlanmoqda, shu bilan birgada kompyuter tarmoqlari ham. Biz yoshlar o’zimizning va o’zimizdan keyingi avlodlarga Informatika va axborot kommunikatsiya texnologiyalari sirlarini chuqurroq o’rganishlari uchun yordam berishimiz kerak. Men bu labarotoriya ishi yozish davomida o’z bilim va ko’nikmalarimni oshirib oldim. Corel Draw dasturining imkoniyatlari bilan tanishib chiqib, yangi imkoniyatlarini o’rganib oldim.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YHATI

Sh.F.Madraximov va boshqalar, Informatika va programmalash, Toshkent-2005.



N.M.Rahmatov Informatsion texnika vositalaridan qo’llanma. Toshkent . 379 bet.

Dasturchi.uz: http://www.interface.ru/ ; https://sites.google.com/.

Download 361.9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling