Laboratoriya ishi 2 Mavzu: moddalarni tozalash usullari ishning nazariy asosi


Download 183.46 Kb.
bet1/4
Sana03.02.2023
Hajmi183.46 Kb.
#1149761
  1   2   3   4
Bog'liq
2-laboratoriya ishi


LABORATORIYA ISHI - 2
Mavzu: MODDALARNI TOZALASH USULLARI


Ishning nazariy asosi
Kimyo laboratoriyalarida amaliy mashg‘ulotlarda moddalar bilan ishlaganda ularning tozaligi katta ahamiyatga ega, chunki toza bo‘lmagan moddalar bilan ishlaganda noto‘g‘ri natijalar olinadi. Shuning uchun moddalarning tozaligi muhim ahamiyatga ega. Moddalarni tozalash usullari har xil bo‘lib, ular moddalarning xossalariga va ularni ishlatilishiga bog’’liq. Moddalarni tozalash uchun ko‘pincha laboratoriyalarda: filtrlash, qayta kristallash, haydash va sublimasiya kabi usullardan foydalaniladi. Gazlarni tozalash uchun asosiy moddadagi qo‘shimcha moddalarni turli kimyoviy reagentlarga yuttirish usuli qo‘llaniladi. Moddalarni tozalashda tajribaning aniqligi moddaning qay darajada tozalash kerak degan talabga muvofiq olib boriladi. Kimyoviy moddalar tozalik jihatdan T-"texnik" (qo‘shimchalar 2.10-5dan 1,0% gacha), AUT-analiz uchun toza, KT-kimyoviy toza markalarga bo‘linadi. Bular tarkibida 1.10-6 dan 0,05 % gacha qo‘shimchalar bo‘ladi. Moddaning tozalik darajasini aniqlashda fizik va kimyoviy tadqiqot usullaridan foydalaniladi. Laboratoriya tajribalari uchun odatda, "KT" va “AUT" markali moddalar ishlatiladi.


TAJRIBA 1. Filtrlash usuli bilan tozalash.
I shning bajarish tartibi
S


uyuqliklarni ulardagi mayda qattiq erimaydigan zarrachalardan tozalashda filtrlash usulidan foydalaniladi. Filtr suyuqlikni o‘tkazib yuboradi, uning ichidagi qattiq zarrachalarni esa tutib qoladi. Kimyoviy stakanga yoki kolbaga 0,2 l ifloslangan suv quying. Voronka o‘lchamiga mos keladigan burama filtr tayyorlang (filtr qog‘ozining qirrasi voronka chetidan 5-6 mm pastda tursin). Voronkani shtativ xalqasiga o‘rnating. Voronka ostiga stakan qo‘ying. Filtrlash uchun ketgan vaqtni belgilang va ish daftariga qayd qiling. Xuddi shunday tajribani oddiy filtrlash usuli bilan ham bajaring (14-rasm) va har ikkala usulda filtrlash uchun ketgan vaqtlarni taqqoslang. Nima uchun urama filtrlashda kam vaqt sarf bo‘ladi?
1-rasm. Filtrlash usullari.


TAJRIBA -2. Suyuqliklarni haydash usuli bilan tozalash (suvning distillyasiyasi)



Download 183.46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling