Lаborаtoriya ishI №5 Ionli tenglаmаlаr tuzlаr gidrolizi. Ishning maqsadi
Download 251.03 Kb. Pdf ko'rish
|
Lаborаtoriya ishi №5 (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tajriba № 1.
- Tajriba № 2.
- Tajriba № 3.
- Tajriba № 4.
- Sаvol vа mаsаlаlаr.
LАBORАTORIYa IShI № 5 Ionli tenglаmаlаr. tuzlаr gidrolizi. Ishning maqsadi: Eritmalarning elektr oʼtkazuvchanligini, elektrolit eritmalar orasida boradigan jarayonni oʼrganish. Tajriba № 1. Kuchli va kuchsiz elektrolit eritmalarining elektr oʼtkazuvchanligi. 100-200 ml xajmli 5 ta stakan olib, unga 50-60 ml 0,1 n li quyidagi eritmalardan soling: birinchisiga xlorid kislota, ikkinchisiga – osh tuzi, uchinchisiga – sirka kislotasi, toʼrtinchisiga – ammoniy gidrooksidi, beshinchisiga – natriy gidrooksidi eritmalaridan solib, eritmalarning elektr oʼtkazuvchanligini kuzating va qaysi eritmalar kuchli va kuchsizligini lampochkaning choʼgʼlanishiga qarab tushuntiring. Tajriba № 2. Kam eruvchan asos xosil qilish. Ikkita probirka olib ularga 5-6 tomchi temir xlorid (FeCl 3 ) eritmasidan soling. Ularning biriga bir necha tomchi natriy gidrooksidi (NaOH) dan, ikkinchisiga bariy gidrooksidi (Ba(OH) 2 ) dan bir necha tomchi tomizing va choʼkma temir gidrooksidining qanday rangga oʼtganligini kuzating. Ikkala probirkada qaysi ionlar bir-biri bilan birikadi. Reaktsiyaning molekulyar va ionli tenglamasini tuzing. 6- rasm. Eritmalarning elektr oʼtkazuvchanligini aniqlovchi qurilma Tajriba № 3. Kam eruvchan tuz xosil qilish. Uchta probirka olib, 3-4 tomchidan natriy karbonat tuzidan soling. Probirkalarning birinchisiga bir necha tomchi MgSO 4 ikkinchisiga 3-4 tomchi ZnSO 4 , uchinchisiga 2-3 tomchi FeCl 3 eritmalaridan soling. Xar kaysi probirkada qanday choʼkma tushishini kuzating va Reaktsiyaning molekulyar va ionli tenglamasini yozing. Tajriba № 4. Tuzlarning gidrolizi. Ettita probirka olib, xar biriga 10 ml dan distillangan suv quying va ularning ustiga aniq binafsha rang xosil boʼlguncha lakmusning neytral eritmasidan quying. Bitta probirkani kontrol uchun qoldiring, qolgan probirkalarga bir mikroshpatelqdan: birinchisiga – NaCl, ikkinchisiga – Na 2 CO 3 (natriy karbonat), uchinchisiga Al 2 (SO 4 ) 3 (alyuminiy sulfat), toʼrtinchisiga CH 3 COONa (natriy agʼetat), beshinchisiga – CuCl2 (mis xlorid), oltinchisiga – (NH 4 ) 2 CO 3 (ammoniy karbonat) soling. Eritmalarni shisha tayoqcha bilan aralashtiring. Lakmus rangining oʼzgarishiga qarab, xar bir tuz eritmasining Reaktsiya muxiti xakida xulosa chiqaring. Tuzlarning qaysi biri gidrolizlanadi, qaysi biri bosqichli gidrolizlanadi, qaysi biri gidrolizga uchramaydi? Reaktsiyalarning molekulyar va ionli tenglamasini yozib, Reaktsiya muxitini (rN-ni) koʼrsating. Sаvol vа mаsаlаlаr. 1. H 3 PO 4 kislotasining boskichli dissogʼiagʼiyasini yozing. 2. CH 3 COOH – sirka kislotasining dissogʼiagʼiya konstantasi qanday yoziladi? 3. Quyidagi Reaktsiyaning ionli tenglamasini yozing: a) AgNO 3 + HCl = ↓AgCl + HNO 3 ; b) KOH + H 2 S =KHS + H 2 . Download 251.03 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling