Toshkent – 2023 Mavzu : Sirka kislotasini olish texnologiyasi sxemasi. Reja: Sirka kislota olinishning texnologik jarayoni


Download 1.86 Mb.
bet1/3
Sana16.06.2023
Hajmi1.86 Mb.
#1515570
  1   2   3
Bog'liq
Abdumajitova Sevara


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ TA’LIM VAZIRLIGI
NIZOMIY NOMIDAGI TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
TABIIY FANLAR FAKULTETI
KIMYO VA UNI O‘QITISH METODIKASI ” KAFEDRASI



MUSTAQIL TA’LIM


Fan: Kimyoviy texnologiya
Bajardi: Abdumajitova S.M
Tekshirdi: Norberdiyeva M.Sh.


Toshkent – 2023
Mavzu : Sirka kislotasini olish texnologiyasi sxemasi.


Reja:
1. Sirka kislota olinishning texnologik jarayoni.
2. Sirka kislotasini olish usullari.
3. Sirka kislotasi turli sohalarda keng qo‘llanilishi.
4. Suyuq fazada oksidlanish orqali sirka kislotasini ishlab chiqarish.

Kundalik foydalanishda sirka kislotasi deb ham ataladigan sirka kislotasining kimyoviy nomi etanoik kislotadir . Sirka kislotasidan foydalanish maydonining kengayishi ushbu kislota turini boshqa kimyoviy kislotalardan yoki kimyoviy moddalardan ajratib olishga sabab bo’ldi.


Kimyoviy formulasi CH3COOH bo’lgan sirka kislotasi organik kislotaning bir turi. Karboksil kislota turlaridan biri bo’lgan sirka kislotasi bu kislota turlarining eng kichiklaridan biri hisoblanadi. Karboksil kislotalarning eng kichigi chumoli kislotasi.
Shuningdek, sintetik usulda sanoatda biologik kislota bo’lgan sirka kislotasini ishlab chiqarish mumkin. Tabiiy ravishda ishlab chiqarilgan sirka kislotalari odatda uglevodlarning oksidlanishidan hosil bo’ladi.
Sirka kislotasini birinchi bo‘lib I. Glauber 1648- yilda olgan. Sirka kislota kaibon kislotalar ichida nisbatan muhimi bo‘lib, qadimda tarkibida etil spirti bo‘lgan ichimliklar (vino, pivo va boshqalar) biokimyoviy achitish yo'li bilan olingan. Hozigi vaqtda biokimyoviy usul bilan faqat oziq-ovqat uchun ishlatiladigan sirka kislota olinadi. Keyinchalik sirka kislota beiyoza yog‘ochi chiqindilaridan olingan. Unga bo‘lgan talab o‘sib borganligi sababli, birinchi jahon urushi yillarida atsetilendan sirka aldegid, va aldegiddan sintetik sirka kislota ishlab chiqarish paydo bo‘ladi. Sirka aldegidning sirka kislotagacha oksidlanish uch bosqichda boradi:

Birinchi bosqichda hosil bo‘lgan persirka kislota kuchli oksidlovchi bo‘lib, ikkinchi bosqichda u sirka aldegid bilan birikib uni sirka angidridiga aylantiradi. Persirka kislota portlovchi modda. U portlaganda kislorod va sirka kislotaga aylanadi, portlashni oldini olish maqsadida persirka kislotani to‘planib qolmaslgi uchun oksidlash jarayonini suyuq muhitda olib boriladi. Buning uchun aldegid va marganets(II) atsetatning (katalizator) sirka kislotadagi eritmasidan foydalaniladi. (Mn(CH3COO)2) reaksiyaning ham birinchi, ham ikkinchi bosqichlarini tezlashtiradi. Uchinchi bosqichi - angidridning gidratlanishi (1) va (2) bosqichlardan ko‘ra sekinroq boradi. Aldegidni oksidlash reaktorda (oksidlash kolonnasida) olib boriladi. Reaktor xrom nikel molibdenli po'latdan yasalgan bo‘lib, balandligi 12 m, diametri 1 m. Kolonnaning ostiga aldegid va katalizatorning sirka kislotadagi eritmasi to'xtovsiz kelib turadi, kislorod esa 0,04 MPa bosim bilan bir necha quvurchalar orqali mayda pufakchalar shaklida kolonnaga bir tekisda taqsimlanib kiradi. Sovitish va optimal haroratni (65—70 °C) saqlash uchun kolonna ichida sovitgichlar o‘rnatilgan. Kolonnaning yuqori qismidan sirka kislota chiqadi va rektifikatsiyaga yuboriladi.





Kolonnadan chiqqan gazlami ( sirka aldegidining va kislotasining bug‘lari, kislorod) portlashdan saqlash uchun azot qo‘shib suyultiriladi. Gazlar aralashmasi kondensatorga borib kondensatlanadi va kolonnaga qaytariladi. Olingan sirka kislota ketma ket ikkita rektifikatsiya kolonnasidan o‘tadi. Birinchisida yengil qaynovchi qo'shimchalardan tozalanadi, ikkinchidan esa kislota bug‘lari katalizatordan (uchuvchan emas) va qiyin qaynovchi qo‘shimchalardan tozalanadi. Olingan sintetik sirka kislota 95—99,5 % bo‘lib tarkibida 0,5—5 % gacha suv saqlaydi. Unumi 92 %. Ikkinchi bosqichda hosil bo'lgan suvni reaksion aralashmadan ajratib olinsa, sirka angidrid olish mumkin bo'ladi. Sirka angidridi kobalt (II) va mis (II) asetatlari katalizatori ishtirokida aldegidni etilasetat bilan aralashmasini 60°C da oksidlab olinadi.



Download 1.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling