Laboratoriya ishi № 6
Mavzu:
|
Ta’limda axborot texnologiyalarini qo‘llash.
|
Ishdan maqsad:
|
Ta’limda axborot texnologiyalarini qo‘llash vazifalari va imkoniyatlari, ta’lim jarayoni samaradorligini o‘rganish.
|
Topshiriq:
|
uz.khanacademy.org online ta’lim platformasidan foydalanish.
|
Ishni bajarish tartibi
uz.khanacademy.org online ta’lim platformasidan foydalanish uchun ushbu saytga kiramiz.
Kurslar bo‘limiga kirib kerakli kursni tanlaymiz.
Kerakli kursni tanlab, ma’lumotlar bilan tanishib, o‘z bilimlarimizni mustahkamlaymiz.
Topshiriq
Quyidagi Onlayn kurslardan biriga kirib bilim oling va sertifikatga ega bo‘ling.
1. edX — dunyoning eng yaxshi universitetlari tomonidan taqdim etiladigan onlayn kurslar.
2. Coursera — dunyo oliygohlarining eng yaxshi ustozlari bepul dars o‘tadigan sayt.
3. Coursmos — qisqa vaqtda o‘rganish mumkin bo‘lgan, kichik hajmli ilm kurslari.
4. Highbrow — kundalik email manzilingizga yuboriladigan dars kurslari.
5. Skillshare — dunyoqarashni shakllantiradigan kurslar.
6. Curious — professional ko‘nikmalarni shakllantirish uchun darslar.
7. Lynda — texnologiya, biznes va yaratuvchanlik kurslari.
8. CreativeLive — dunyo mutaxassislarining kurslari.
9. Udemy — kompyuterga aloqador sohalarga oid kurslar.
1. Codecademy — dasturlashni interaktiv usulda o‘rganish.
2. Stuk.io — boshlang‘ich bosqichdan boshlab dasturlashni o‘rganish.
3. Udacity — Google, Facebook, mongoDB, AT&T va boshqa kompaniyalar kurslari.
4. Platzi — dizayn, marketing va dasturlash bo‘yicha kurslar.
5. Learnable — web ustalar tayyorlash kurslari.
6. Code School — dasturlashni o‘rganishdagi amaliy mashg‘ulotlar sayti.
7. Thinkful — ustoz bilan yakkama-yakka holatda dars bo‘ladigan kurslar.
8. Code.org — dasturlash bo‘yicha boshlang‘ich bosqichdagilar uchun kurslar.
9. BaseRails — Ruby on Rails va boshqa dasturlash texnologiyalari kurslari.
10. Treehouse — HTML, CSS bo‘yicha va iOS dasturlash sohasi bo‘yicha kurslar.
11. One Month — bir oyda web dasturlash ilmini o‘rgatuvchi kurslar.
12. Dash — saytlar tayyorlashni o‘rgatishga yo‘naltirilgan kurslar.
1. DataCamp — ma’lumotlar haqida darslar va kurslar jamlanmasi.
2. DataQuest — ma’lumotlar haqida interaktiv usulda o‘rganish.
3. DataMonkey — o‘yinlar orqali ma’lumotlar tahlilini o‘rganish.
1. Duolingo — xorijiy tillarni bepul o‘rgatadigan kurslar.
2. Lingvist — 200 soatda xorijiy tilni mukammal o‘rganish kurslari.
3. Busuu — yangi til o‘rganishni xohlovchilar tarmog‘i.
4. Memrise — so‘z boyligini oshirish uchun kartochkalar.
1. TEDed — TED konferensiyalari asosida tayyorlangan darslar to‘plami.
2. Khan Academy — interaktiv o‘rganishning ulkan manbasi.
3. Guides.co — turli ko‘rsatmalar sayti.
4. Learnist — turli soha mutaxassislarining ma’ruzalari.
5. Prismatic — o‘zingiz istagan yo‘nalishdagi yangi ilm o‘rganish.
6. Snapguide — o‘z qo‘li bilan nimadir yasashga o‘rgatadigan sayt.
1. Chesscademy — shaxmat o‘ynashni o‘rgatuvchi sayt.
2. Pianu — fortepiano chalishni interaktiv o‘rgatuvchi sayt.
3. Yousician — gitara chalishni o‘rgatuvchi sayt.
Vaqtingizni hech qachon bekorga o‘tkazmang. Internetdan foydalanish imkoniyatingizdan unumli foydalaning va ilmingizni oshiring.
Do'stlaringiz bilan baham: |