Laboratoriya ishi tarmoq qurilmalari xavfsizligini tahlil qilish


Download 0.59 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/3
Sana30.10.2023
Hajmi0.59 Mb.
#1734152
  1   2   3
Bog'liq
3 Laboratoriya ishi tarmoq qurilmalari xavfsizligini tahlil qilish



3-LABORATORIYA ISHI 
TARMOQ QURILMALARI XAVFSIZLIGINI TAHLIL QILISH 
 
 
Ishdan maqsad: Cisco kommutatorlarida va marshrutizatorlarida parolni 
olib tashlash (сброс) bo`yicha amaliy ko`nikmalar olish 
 
QISQACHA NAZARIY MA`LUMOTLAR 
 
Qurilma sozlamalariga kirish uchun kerak bo`ladigan parolning yo`qotilishi 
yoki unutilish holatlari tez-tez uchrab turadi. Ushbu laboratoriya ishida Cisco 
kommutatorlari va marshrutizatorlarida parollarni olib tashlash (Сброс) jarayoni 
ko`rib chiqiladi. 
Quyida keltiriladigan usullar qurilmaga to`g`ridan-to`g`ri konsol kabel orqali 
ulanishni ko`zda tutadi. Shuning uchun ham qurilma joylashgan xonaga faqat 
kirish huquqiga ega foydalanuvchilar kirishi, xavfsizlik nuqtai nazaridan e`tiborga 
olinishi kerak. Ushbu metodikalarning mohiyati quyidagicha: paroli unutilgan yoki 
yo`qolgan konfiguratsion faylsiz qurilmaning sozlamalariga imtiyozli rejimda 
(Privileged EXEC) kirish va konfiguratsion faylni almashtirish orqali barcha 
parollarni o`zgartirish. 
Cisco marshrutizatorlarida parolni tashlab yuborish 
Cisco marshrutizatorlarida parolni tashlab yuborish uchun qurilmaga fizik 
kira olish kerak, ya`ni konsol kabel orqali ulanish imkoniyati bo`lishi kerak. 
Marshrutizatorda 
konfiguratsion 
registr 
mavjud 
bo`lib, 
ushbu 
registr 
marshrutizatorning ishga tushishini boshqaradi va uning qiymatlari energiya talab 
qiluvchi xotirada saqlanadi.
Configuration register – bu marshrutizatorning ishga tushishi ketma-
ketligiga javob beruvchi NVRAM da joylashgan 16 bitli registr. Ya`ni 
marshrutizatorga operatsion tizimni va sozlanish fayllarini qaysi tartibda va 
qayerdan olishini ko`rsatib beradi. Uning odatiy qiymati – 2102. Qiymatning 
uchinchi raqami sozlanish fayliga, to`rtinchi raqami esa operatsion tizimga javob 


beradi. Parollar unitilishi yoki yo`qolishi holatlarida uchinchi raqamni “4” raqamga 
o`zgartirish kerak bo`ladi. 
Ko`pchilik marshrutizatorlarda konfiguratsion registrning qiymati – 0x2102 
bo`ladi. 
Agar Cisco marshrutizatoriga kirish huquqi bor bo`lsa, unda konfiguratsion 
registrning qiymatini quyidagicha tekshirsa bo`ladi: 
R1#show version 
Cisco IOS Software, 2800 Software (C2800NM-ADVIPSERVICESK9-M), 
Version 12.4(15)T1, RELEASE SOFTWARE (fc2) 
M860 processor: part number 0, mask 49 
2 FastEthernet/IEEE 802.3 interface(s) 
239K bytes of NVRAM. 
62720K bytes of processor board System flash (Read/Write) 
Configuration register is 0x2102 
Oxirgi qator konfiguratsion registr qiymatini o`z ichiga olgan bo`ladi. Endi 
unutilgan parolni o`zgartirish jarayoni bosqichma-bosqich ko`rib chiqiladi. 
Birinchi navbatda marshrutizatorga konsol kabel (3.1-rasm.) orqali ulanish 
lozim (Rollover deb ham nomlanadi). 
3.1-rasm. Konsol kabelining ko`rinishi. 
Konsol orqali ulaniladi va keyingi jarayonlarning barchasi konsol port orqali 
amalga oshiriladi (3.2-rasm).


3.2-rasm. Kompyuterning kommutator qurilmasiga Console kabeli yordamida 
ulanishi 
Xizmat ko`rsatish maqsadlarida ishlatiladigan – ROMMON rejimida 
marshrutizator elektr energiyasi manbasidan o`chiriladi va qayta ishga tushiriladi 
(3.3-rasm). 
3.3-rasm. Cisco Packet tracer muhitida Router qurilmasining elektr 
ta’minotini o`chirib/yoqish tugmasi 
Marshrutizatorni ROMMON rejimida qayta ishga tushurish uchun odatiy 
boshlang`ich IOS ishga tushish jarayoni to`xtatiladi, buni amalga oshirish 


terminalga bog`liq. Masalan, hyperterminalda – “Ctrl-Break”, teratermda – “Alt-
B”, Cisco Packet Tracer emulyatorida – “Ctrl-Break” va h.k. 
Qurilmaga ulanib, u qayta ishga tushiriladi va IOS ishga tushirilishida 
Ctrl+Break tugmalari qo`shilib bosiladi: 
System Bootstrap, Version 12.1(3r)T2, RELEASE SOFTWARE (fc1) 
Copyright (c) 2000 by cisco Systems, Inc. 
Initializing memory for ECC 
.c2811 processor with 524288 Kbytes of main memory 
Main memory is configured to 64 bit mode with ECC enabled 
Readonly ROMMON initialized 
Self decompressing the image : 
############## 
monitor: command "boot" aborted due to user interrupt 
rommon 1 > 
Shu tarzda, ROMMON (ROM monitor) rejimiga kiriladi. Bu yerda 
konfiguratsiya registri confreg 0x2142 buyrug`i bilan o`zgartiriladi, natiyjada 
marshrutizator Flash xotiraga yozilgan konfiguratsion faylni ishga tushirilishida 
ishlatmaydi. Bundan keyin reset buyrug`ini kiritish orqali marshrutizator qayta 
ishga tushiriladi. 
rommon 1 > confreg 0x2142 
rommon 2 > reset 
Endi marshrutizator konfiguratsion faylsiz ishga tushadi va eski 
konfiguratsion faylni tiklash maqsadida quyidagi imtiyozli rejimda copy startup-

Download 0.59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling