Laboratoriya ishi tuproqdagi namlik miqdorini aniqlash


Download 17.46 Kb.
Sana01.03.2023
Hajmi17.46 Kb.
#1239274
Bog'liq
10-laboratoriya


7-LABORATORIYA ISHI
TUPROQDAGI NAMLIK MIQDORINI ANIQLASH.


Tuproqning namligini aniqlash uchun har xil uchastkalardan tuproq namunasi olinib, quritish shkafida quritiladi. Namunaning avvalgi va keyingi masalalari orasidagi farqdan tuproqdagi namlik miqdori hisoblanadi.
Analizni bajarish tartibi. Tajriba tafsilotlarni yozish uchun quyidagi jadval tayyorlanadi.

Byuksning massasi, gramm hisobida

Tuproqning massasi, gramm hisobida

Tuproqning namligi, % hisobida

Tuproqsiz

Nam tuproq bilan

Quritilmagan tuproq bilan

Quritilmagan

Quritilgan



Maydonning turli uchastkalaridan 15 - 20sm chuqurlikdan tuproq namunasi (0,5 g dan) olib, uni qopqog’i zich bekitiladigan, massasi aniq, toza va quruq byuksga solinadi, so’ngra byuksning tuproq bilan birgalikdagi massasi aniqlanadi. SHundan keyin tuproqli byuks 100—105°C gacha qizdirilgan quritish shkafiga qo’yiiadi. Bunda byuksning qopqog’ini olib quritish shkafidan byuks yoniga qo’yish kerak. Byuks bir nechta bo’lsa, byuks va qopqoqning ishqalangan joyiga qora qalam bilan bir xildagi nomer qo’yish kerak.
Tuproqli byuks 3—4 soat davomida quritilgandan so’ng, byuks va uning qopqog’ini tigel qisqich bilan shkafdan olib, eksikatorni chinni plastinka qo’yiladi va uning temperaturasi xona temperaturasiga tenglashguncha, ya’ni 20 — 25 minut kutaladi. Quritilgan tuproqni havoda sovutish maqsadga muvofiq emas, chunki u havodan nani yutadi.
Sovutilgan tuproqli byuksning qopqog’i epiladi va massasi analitik tarozida aniqlanadi. Tuproq yana quritish shkafida 1 soat davomida quritiladi, eksikatorda sovutilib massasi o’lchanadi. Agar qayta tortilganda quritilgan tuproqli byuksning birinchi va ikkinchi o’lchangan massalari o’zaro teng bo’lsa, quritishni tugallangan deb hisoblash mumkin. Tuproqdagi namlikning foiz miqdorini hisoblash uchun quyidagi formuladan foydalanish mumkin.
100•b
X%= ————
a
bu erda: a— quritilmagan tuproq massasi, g hisobida;
b— quritilgan tuproq massasi g hisobida, Analizni bajarish uchun ko’p vaqt kerak bo’ladi va uni mashg’ulot davomida bajarib bo’lmaydi, shuning uchun tuproqni oxirigacha quritishni laborantga topshirib, keyingi mashg’ulotga qadar eksikatorda saqlab, so’ngra massasini tarozida aniqlash mumkin.
Download 17.46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling