Lаbоrаtоriya mashg’uloti mavzu: Aromatik uglevodorodlar xossalarini o’rganish Ishning maqsadi
Download 0.53 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Nazariy qism
6-LАBОRАTОRIYA MASHG’ULOTI Mavzu: Aromatik uglevodorodlar xossalarini o’rganish Ishning maqsadi: Aromatik uglevodorodlar xossalarini laboratoriya sharoitida o’rganish Nazariy qism: Aromatik so‘zi – xushbo‘y hidli, ko‘pchilik aromatic birikmalar xushbo‘y hidga ega (benzaldegid, vanilin). Benzol gomologik qatori uchun umumiy formula CnH2n-6 ya’ni to‘yingan uglevodorodlarga nisbatan 8 ta vodorod kam. Benzol to‘yinmagan siklik tuzilishli birikma. Aromatik birikmalarning birinchi vakili benzol C6H6. Bu qator uglevodorodlari CnH2n-6 umumiy formulaga ega. Benzol qatori uglevodorodlari o’ziga xos aromatic xususiyatga ega ekanligi, birikmalarni almashinish oson kirishishi va oksidlovchilarga nisbatan turgun ekanligi bilan tushuntiriladi . Nomenklaturasi va izomeriyasi. Benzol qatori uglevodorodlarni nomlash uchun benzol asos qilib olinib undagi nechta vodorod atomlari qanday radikal almashgan bo’lsa, shuradikallar o’qilib oxiriga benzol so’zi qo’shib yozilada. Benzol xalqasidagi hamma uglerod va vodorod atomlari bir xil qiymatga ega bo’lganligi uchun uning bir atom vodorodi o’rniga almashingan hosilalari bitta izomeriyaga ega bo’ladi. Kekule taklif etgan formulaga muvofiq benzol oddiy sharoitda bromni biriktirib olmaydi, kaliypermanganatni rangsizlantirmaydi, ya’ni qo’shbog’li birikmalarning xossalarini qaytarmaydi. 1-tajriba.Aromatik uglevodorodlarning oksidlanishi Kеrakli rеaktiv va asboblar:benzol,toluol,kaliy permanganatning 1%li eritmasi,sulfat kislotaning 10%li eritmasi. Ishning bajarilish tartibi. Ikkita probirka olib, biriga 1-2 ml benzol, ikkinchisiga 1-2 ml toluol quying.So’ngra probirkalarning har biriga 1 mldan kaliy permanganat eritmasidan va 2-3 tomchi 10%li sulfat kislota eritmasidan qo’shing.Ikkala probirkalarni bir xil sharoitda hamma vaqt chayqatib turgan holda qizdiring.Bunda benzol solingan birinchi probirkada o’zgarish bo’lmaydi, toluol solingan probirkada esa kaliy permanganatning rangi yo’qoladi. KMnO4, H2SO4 С 6 Н 6 →→------------------------------------ X бензол KMnO4 H2SO4 С 6 Н 6 CH3 -------------------------------→ CH 3 COOH толуол бензой кислота 2-tajriba. Nitrobenzol va nitrotoluolni hosil qilish. Ikkita probirka olib, ularning har biriga 1 ml kons. nitrat kislota 2 ml kons. sulfat kislotadan solib, ohista aralashtiring. Har ikkala probirkani suv bilan sovutib turgan holda, birinchisiga tomchilatib 1 ml benzol, ikkinchisiga 1 ml toluol qo’ying. Probirkani yana 3-4 daqiqa suv bilan sovutib turgandan so’ng, aralashmalarni suvli stakanchalarga qo’ying. Suvning yuqori qismida moysimon mahsulotlarni ajralib chiqishini kuzating. Hidlariga e’tibor bering. Reaksiya tenglamalari asosida kuzatilgan hodisalarni izohlang. NO 2 H 2 SO 4 + NHO 3 + H 2 O CH 3 CH 3 + HNO 3 H 2 SO 4 + H 2 O NO 2 Mustаqil ishlаsh uchun sаvоllаr vа mаshqlаr. 1. Aromatik uglevodorodlar deb nimaga aytiladi? 2.Arennlarning fizik –kimyoviy xossalari. 3. Arenlarning izomeriyasi. 4.Benzol bilan toluolni kaliy permanganat oksidlovchiga nisbatan turlicha ta’sirini tushuntiring. 5.Benzol xalqasida nechta va bog’lar bor? 6. bog’larning etilen bog’idan farqi nimada? Download 0.53 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling