Lirik asar kompozitsiyasi
Download 0.69 Mb.
|
lirik asar kompozitsiyasi
Lirik asar kompozitsiyasi.G’azal kompozitsiyasiReja: 1.Kompozitsiya haqida tushuncha. 2.Lirik asar aspektiF.Engelsning aytishicha, lirik asar kompozitsiyasi uch tarkibiy qismdan iborat bo’ladi: 1.TEZIS-qismda asosiy fikr bosh g’oya ifodalanadi. 2.ANTITEZIS-qismda yordamchi g’oyalar, qo’shimcha lavhalar bosh g’oya kengaytiriladi, chuqurlashtiriladi, asoslaniladi. 3.SINTEZ- fikr va tuyg’ular doirasi yakunlanadi, bosh g’oya xulosalanadi.Misol tariqasida G’afur G’ulomning “Yigitlar” she’rini olamiz: She’rning tezisi: Yigitlar xalqlarning maqtovi-ko’rki, Naslning javhari davlat tayanchi, Yurtning obodligi, to’ylar sababi, Elning gurkirashi, fayzi, quvonchi.Mana antitezis qismi: Yigit omon bo’lsa xavf-u xatar yo’q Qalqon bor: qal’a but, qo’rg’on salomat, Qizlar uyqusida avj-u daromad. Chollar uyqusida Jannat, farog’at Yigitlik umrining bir ko’klamiga Bir butun zamonni alishsang arzir. Arzir, o’z yigitning qadami uchun Zamonlar, ko’klamlar bo’lsa muntazir.She’rning yettinchi bandi sintez bo’ladi: Atomlar quvvati pok qalbingizda Jahon, zamon, xalqlar, Vatan va davlat Sizga tayanadi sizdir posbonBirinchi bandda asosiy fikr –yigitlar xalqlarning ko’rki, davlat tayanchi degan fikr shior tarzida ifoda etilgan – lekin bu hali isbotlanganicha yo’q. Bundan keyingi bandlarda esa shu asosiy fikr turli jihatdan izohlanadi, chuqurlashtiriladi, asoslaniladi; ikkinchi bandda–yigit omon bo’lsa xavf-u xatar bo’lmasligi, uchinchi bandda – yigitlik inson umrining ko’klami ekanligi ta’kidlangan.(antitezis)Nihoyat yettinchi bandda yuqoridagi fikr, tuyg’ular doirasi- pok qalbida quvvati bo’lgan yigitlar Vatan, el-yurt tayanchi, posboni ekanligi ifoda etilgan.(sintez)Download 0.69 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling