Litsenziya (lot licentia — ruxsatnoma, huquq) — 1) vakolatli davlat organlari tashqi savdo harakatlarini olib borish uchun beradigan ruxsatnoma. Eksport va importni, valyuta sarflarini nazorat qilish usullaridan biri
Download 20.03 Kb.
|
10 саволга жавоб
- Bu sahifa navigatsiya:
- Litsenziya
1. Litsenziya (lot. licentia — ruxsatnoma, huquq) — 1) vakolatli davlat organlari tashqi savdo harakatlarini olib borish uchun beradigan ruxsatnoma. Eksport va importni, valyuta sarflarini nazorat qilish usullaridan biri. Odatda, 1 yilga beriladi; 2) texnikaviy, iqtisodiy, ilmiy yangiliklar egasining ularni ishlatish uchun shartnoma asosida beradigan ruxsati. Odatda, Litsenziya patent olingan yoki patent olish uchun talabnoma berilgan ixtirolarga nisbatan qoʻllaniladi. Ammo ixtirolarga, texnika yangiliklariga, ishlab chiqarish tajribasi, ishlab chiqarish sirlari, tijorat axborotlari uchun patentsiz ham berilishi mumkin. Litsenziya beruvchi litsenziar, Litsenziya oluvchi litsenziat deb yuritiladi. Yangi texnika va texnologiyaga oid Litsenziyalar 3 xil boʻladi: oddiy Litsenziya — litsenziar ixtirodan shartnomada belgilangan doirada foydalanish huquqiga ega boʻladi, ayni bir Litsenziyani maʼlum hudud doirasida faqat bir emas, balki bir necha litsenziatga bera oladi; maxsus Litsenziya — litsenziat ixtiro, texnika yoki texnologiyani ishlatishga tanho huqukli boʻladi, litsenziar esa uni shu hududda koʻllay olmaydi va oʻz nomidan boshqalarga sota olmaydi; toʻliq Litsenziya — bunda Litsenziya obʼyektini ishlatish toʻla-toʻkis litsenziatlar qoʻliga beriladi, litsenziar esa undan mustaqil foydalana olmaydi. Litsenziyaning vakolatli davlat organlari beradigan savdo, hayvonlarni ovlash, muayyan faoliyat bilan shugʻullanish, bank harakatlarini olib borish va boshqa koʻrinishlari uchraydi. 2. Bojxona — 1) boj undiradigan joy; 2) chegara orqali oʻtadigan jami yuklarni, jumladan, bagaj va pochta joʻnatmalarini nazorat qiladigan davlat muassasasi; oʻtkazilayogan yuklarni tekshirish, tartibga solish va rasmiylashtirish, ulardan boj va yigʻimlar undirish bilan shugʻullanadi. Qonun hujjatlarida belgilangan tartibqoidalarning buzilishini oldini olish, ularga nisbatan choralar koʻrish, surishtiruv va tezkor qidiruv ishlari olib borish, kontrabandaga qarshi kurashish ham B. vakolatiga kiradi. B.lar, odatda, dengiz va daryo portlarida, xalqaro aeroportlarda, temir yoʻl st-yalari, chegara punktlarida joylashadi. B. muassasalari tashqi savdoda mamlakat manfaati taʼminlanishini nazorat qiladi, qimmatbaho boyliklar (sanʼat asarlari, nodir metallar va boshqalar) ning mamlakat hududidan olib chiqib ketilishining oldini oladi. Download 20.03 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling