Logik elementlar. Tuzilishi va ishlash printsipi
Reja:
Mantiqiy elementlar va ularning ishlash prinsplari
Mantiqiy elementlarni ishlab chiqarish. texnologiyalari.
Mantiqiy elementlarning asosiy parametrlari. va xarakteristikalari.
Axborotni qayta ishlash, raqamli aloqa va avtomatik boshqaruv tizimlarining ishlash tamoyili bir necha bazaviy operasiyalarning takrorlanishi yokiularning kombinasiyalariga asoslangan bo‟ladi. Buni amalga oshirish uchun ―VA‖,‖EMAS‖,‖YOKI‖ mantiqiy elementlari, shuningdek, triggerlardan foydalaniladi. Mantiqiy element (ME) deb eng sodda mantiqiy operasiyalarni bajaruvchi elektron qurilmaga aytiladi. Mantiqiy elementlar tarkibiy tuzilishi hamda yasash texnologiyasiga qarab farqlanadi. Shu bilan birga ular asosiy parametrlari: qayta ulanish tezligi, signalning kechikish vaqti, ishchi harorat oralig‟i, kirishni birlashtirish koeffisiyenti va chiqishdagi yuklama qobiliyati bilan ham bir-biridan farq qiladi.
Mantiqiy elementlar va ularning ishlash prinsiplari
Mantiqiy elementlar mantiqiy ifodalarni bajarishga mo’ljallangan bo’lib, barcha arifmetik va mantiqiy amallarni ular asosidagi qurilmalar yordamida amalga oshiriladi. Quyidagi rasmlarda hisoblash mashinalarida qo’llaniladigan asosiy mantiqiy elementlar va ularning ishlash prinsiplari keltirilgan.
«VA» elementi mantiqiy funksiya sifatida
Z = X*Y yoki Z = X ^ Y ko’rinishlardan birortasida tasvirlanishi mumkin.
«VA» - mantiqiy ko’paytirish, «konyunksiya» elementi
X va Y kirishlarga bir vaqtda ―1‖ signali berilsa (ya’ni ulagichlar bir vaqtda ulansa), Z chiqishda ―1‖ signali hosil bo’ladi (ya’ni lampa yorishadi). Kirishlardan birortasiga yoki bir vaqtda ikkalasiga «0» signali berilsa (ya’ni ulagichlardan biri yoki bir vaqtda ikkalasi ulanmagan holda bo’lsa), chiqishda «0» signali hosil bo’ladi (ya’ni lampa o’chgan holda bo’ladi).
Do'stlaringiz bilan baham: |