Reja: Mantiqiy elementlar va ularning ishlash prinsplari


Download 334.78 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/4
Sana30.04.2023
Hajmi334.78 Kb.
#1403870
  1   2   3   4
Bog'liq
2.1-mavzu-Mantiqiy elementlar (1)



2.1-mavzu. Mavzu: Mantiqiy elementlar va ularning qurilishi. 
 
REJA: 
1. Mantiqiy elementlar va ularning ishlash prinsplari 
2. Mantiqiy elementlarni ishlab chiqarish. texnologiyalari. 
3. Mantiqiy elementlarning asosiy parametrlari va xarakteristikalari. 
Tayanch so’z va iboralar: mantiqiy element, dizyunktsiya, konyunktsiya, inkor, mantiq 
algebrasi, ekvibalent, mantiqiy funktsiya,
 
Axborotni qayta ishlash, raqamli aloqa va avtomatikboshqaruv tizimlarining ishlash tamoyili 
bir necha bazaviy operasiyalarning takrorlanishi yokiularning kombinasiyalariga asoslangan 
bo‟ladi. Buni amalga oshirish uchun “VA”,”EMAS”,”YOKI” mantiqiy elementlari, shuningdek, 
triggerlardan foydalaniladi. Mantiqiy element (ME) deb eng sodda mantiqiy operasiyalarni 
bajaruvchi elektron qurilmaga aytiladi. Mantiqiy elementlar tarkibiy tuzilishi hamda yasash 
texnologiyasiga qarab farqlanadi. Shu bilan birga ular asosiy parametrlari: qayta ulanish tezligi, 
signalning kechikish vaqti, ishchi harorat oralig‟i, kirishni birlashtirish koeffisiyenti va 
chiqishdagi yuklama qobiliyati bilan ham bir-biridan farq qiladi.
Mantiqiy elementlar va ularning ishlash prinsiplari 
Mantiqiy elementlar mantiqiy ifodalarni bajarishga mo'ljallangan bo'lib, barcha arifmetik 
va mantiqiy amallarni ular asosidagi qurilmalar yordamida amalga oshiriladi. Quyidagi 
rasmlarda hisoblash mashinalarida qo'llaniladigan asosiy mantiqiy elementlar va ularning 
ishlash prinsiplari keltirilgan.
«VA» elementi mantiqiy funksiya sifatida 
Z = X*Y yoki Z = X ^ Y ko'rinishlardan birortasida tasvirlanishi mumkin. 
«VA» - mantiqiy ko'paytirish, «konyunksiya» elementi 
 


X va Y kirishlarga bir vaqtda “1” signali berilsa (ya'ni ulagichlar bir vaqtda ulansa), Z 
chiqishda “1” signali hosil bo'ladi (ya'ni lampa yorishadi). Kirishlardan birortasiga yoki bir 
vaqtda ikkalasiga «0» signali berilsa (ya'ni ulagichlardan biri yoki bir vaqtda ikkalasi ulanmagan 
holda bo'lsa), chiqishda «0» signali hosil bo'ladi (ya'ni lampa o'chgan holda bo'ladi).

Download 334.78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling