2.1-mavzu. Mavzu: Mantiqiy elementlar va ularning qurilishi.
REJA:
1. Mantiqiy elementlar va ularning ishlash prinsplari
2. Mantiqiy elementlarni ishlab chiqarish. texnologiyalari.
3. Mantiqiy elementlarning asosiy parametrlari va xarakteristikalari.
Tayanch so’z va iboralar: mantiqiy element, dizyunktsiya, konyunktsiya, inkor, mantiq
algebrasi, ekvibalent, mantiqiy funktsiya,
Axborotni qayta ishlash, raqamli aloqa va avtomatikboshqaruv tizimlarining ishlash tamoyili
bir necha bazaviy operasiyalarning takrorlanishi yokiularning kombinasiyalariga asoslangan
bo‟ladi. Buni amalga oshirish uchun “VA”,”EMAS”,”YOKI” mantiqiy elementlari, shuningdek,
triggerlardan foydalaniladi. Mantiqiy element (ME) deb eng sodda
mantiqiy operasiyalarni
bajaruvchi elektron qurilmaga aytiladi. Mantiqiy elementlar tarkibiy tuzilishi hamda yasash
texnologiyasiga qarab farqlanadi. Shu bilan birga ular asosiy parametrlari: qayta ulanish tezligi,
signalning
kechikish vaqti, ishchi harorat oralig‟i, kirishni birlashtirish koeffisiyenti va
chiqishdagi yuklama qobiliyati bilan ham bir-biridan farq qiladi.
Mantiqiy elementlar va ularning ishlash prinsiplari
Mantiqiy elementlar mantiqiy ifodalarni bajarishga mo'ljallangan bo'lib, barcha arifmetik
va mantiqiy amallarni ular asosidagi qurilmalar yordamida amalga oshiriladi.
Quyidagi
rasmlarda hisoblash mashinalarida qo'llaniladigan asosiy mantiqiy elementlar va ularning
ishlash prinsiplari keltirilgan.
«VA» elementi mantiqiy funksiya sifatida
Z = X*Y yoki
Z = X ^ Y ko'rinishlardan birortasida tasvirlanishi mumkin.
«VA» - mantiqiy ko'paytirish, «konyunksiya» elementi
X va Y kirishlarga bir vaqtda “1” signali berilsa (ya'ni ulagichlar bir vaqtda ulansa), Z
chiqishda “1” signali hosil bo'ladi (ya'ni lampa yorishadi). Kirishlardan
birortasiga yoki bir
vaqtda ikkalasiga «0» signali berilsa (ya'ni ulagichlardan biri yoki bir vaqtda ikkalasi ulanmagan
holda bo'lsa), chiqishda «0» signali hosil bo'ladi (ya'ni lampa o'chgan holda bo'ladi).