Lot radicula ildizcha orqa miyaning nerv ildizlari va ulardan


Download 95.8 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/3
Sana04.02.2023
Hajmi95.8 Kb.
#1164677
  1   2   3
Bog'liq
Radikulit - Vikipediya



Radikulit
Radikulit (lot. radicula — ildizcha) — orqa
miyaning nerv ildizlari va ulardan
ketadigan nerv tolalari kasalligi. Periferik
nerv sistemasining eng ko'p tarqalgan
xastaligi. Koʻpincha umurtqa pogʻonasi
kasalligi (osteoxondroz) sabab boʻladi.
Bunda amortizatsiya rolini oʻynaydigan
umurtqalararo disk elastikligini yoʻqotib,
moʻrt boʻlib qoladi. Diski oʻzgargan
umurtqaning birikkan yerida tuz yigʻilib,
suyak oʻsishi (osteofitlar) kuzatiladi. Oʻsib


chiqqan suyak oʻsiqchalari umurtqa
orasidan oʻtadigan nerv ildizchalarini
qisishi natijasida ogʻriq paydo boʻladi. R.
jarohatlar oqibatida, sovqotish (Mas,
uzoq vaqt muzday suvda yuvinish, zax
joyda oʻtirish va boshqalar), organizm
ichdan zaharlanganda, yuqumli
kasalliklar asorati sifatida roʻy berishi
mumkin.


Zararlangan nerv ildizchalari va nerv
tolalari boʻylab ogʻriq paydo boʻlishi va
sezuvchanlikning yoʻqolishi, baʼzan
Radikulit
Klassifikatsiyasi va tashqi linklar
Ixtisos
nevrologiya
DiseasesDB
29521 (http://www.di
seasesmatnbase.co
m/ddb29521.htm)
MeSH
D011843 (https://ww
w.nlm.nih.gov/cgi/me
sh/2023/MB_cgi?fiel
d=uid&term=D01184
3)


harakat buzilishi ham R.ga xos
alomatlardan hisoblanadi. R., odatda,
birdaniga paydo boʻlib, koʻp hollarda
surunkali shaklga oʻtadi va vaqtvaqti
bilan qoʻzib turadi. Nerv tolalarining qaysi
qismi zararlanganligiga qarab, R. har xil
boʻladi. Eng koʻp tarqalgan xili
beldumgʻaza R.idir. Bunda beldumgʻaza
sohasida hamda quymich nervi boʻylab
har xil ogʻriq paydo boʻladi. Ogʻriq
qimirlagan paytda kuchayadi, shuning
uchun bemor birdaniga qimirlay olmaydi,
yurganida esa tanasini oldinga yoki
yonga egib oladi, natijada umurtqa
pogʻonasining qiyshayishi, orqa
muskullarining taranglashishi kuzatiladi.
Bemor ogʻriqni kamaytirish uchun oʻrinda


oyogʻini bukib, qorniga tortib yotadi. Agar
faqat bel nervi ildizchalari zararlansa,
ogʻriq son yuzasida boʻladi. Quymich
nervi chiqadigan dumgʻaza boʻlimi
ildizchalari koʻproq zararlanishi bilan
oʻtadigan beldumgʻaza R. i ishias deb
ham yuritiladi.
Ishiasda ogʻriq kuymich nervi boʻylab
(dumba, sonning orqa yuzasi, boldir, oyoq
panjasiga) tarqaladi. Oyoq sovqotadi,
uvushadi, chumoli yurgandek seziladi.
Kasal oyoqning muskullari tonusi
pasayadi va "soʻlib" qolganga oʻxshaydi,
keyinchalik atrofiyaga uchraydi. Quymich
nervining tortilishi (odam engashganda,
oyoq koʻtarilganda va boshqa


vaziyatlarda) ogʻriqning zoʻrayishiga olib
keladi.
Boʻyin-yelka R.ida ogʻriq ensaga, yelkaga,
kurakka tarqaladi. Boshni qimirlatganda
va atrofga qarab qiyshaytirilganda, qoʻl
qimirlatilganda, aksirganda, yoʻtalganda
ogʻriq zoʻrayadi. Kasallikning ogʻir
shakllarida qoʻl uvushadi, lovullab
achishadi va sanchadi, keyinchalik sezish
ham oʻzgara borib, sekinasta muskullar
kuchsizlanib "ozadi" (atrofiya).
Koʻkrak R.i kam uchraydi. Bunda ogʻriq
qovurgʻalar oraligʻida boʻladi va
qimirlaganda, chuqur nafas olganda
zoʻrayadi.


R. bilan ogʻrigan bemorni
nevropatologvrach davolaydi. Davo R.ni
keltirib chiqargan sabablarni bartaraf
etishga qaratiladi. R.ning oldini olishda
davo gimnastikasi, fizkultura va har xil
sport turlari bilan shugʻullanish
(organizmni chiniqtirish) katta
ahamiyatga ega
[1]
.

Download 95.8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling