M a’ n o k o’ ch I shusullari : Metafora


Download 25.87 Kb.
bet1/2
Sana17.12.2022
Hajmi25.87 Kb.
#1026252
  1   2
Bog'liq
ma\'no ko\'chishi (1)


M a’ n o k o’ ch i sh u s u l l a r i :
1.Metafora. (yun. metophora – “ko’chirish”). Biror narsa-buyumning nomini, boshqa narsa-buyumga biror tomondan o’xshashligini e’tiborga olib so’z ma’nosini ko’chirishdir. Umuman, so’z ma’nosi metafora usulida ko’chganda,o’xshashlik 3 jihatga ko’ra bo’lishi mumkin.Bular:1.Shakl o’xshashligi- bunda narsa va hodisa
lar, predmetning tashqi o’xshashligi asos qilib olinadi.Masalan,Odam qulog’i(o’z ma’nosida) – qozon qu-
log’i(ko’chma ma’noda).Bu misolda “odam qulog’i”ning tashqi o’xshashligi “qozon qulog’i”ga ko’chiril-
moqda. Yana boshqa misollar:odam og’zi(o’z ma’nosida) – g’or og’zi( ko’chma ma’noda), chinni kosa (o’z ma’nosida) – tarvuz kosasi (ko’chma ma’noda). Yoqa-ko’ylak yoqasi - daryo yoqasi, yo’l yoqasi kabi.
2. Belgi o’xshashligi- bunda ma’no ko’chishi belgi bildiruvchi so’zlar asosida bo’ladi. Mas:Shirin- shirin olma (o’z ma’noda) – shirin so’z, shirin orzu , shirin hayot kabilar(ko’chma ma’noda).Bunda “shirin” so’zi-
ning “yoqimlilik”, “ijobiylik” kabi belgilari borligi sababli,boshqa so’zlarga nisbatan ham qo’llanilmoqda. Qora- qora portfel(o’z ma’no) – qora niyat, qora sovuq kabilar (ko’chma). Yengil- yengil eshik (o’z ma’n) – yengil hayot, yengil odam(ko’ch), Ko’k- ko’k devor (o’z ma’noda) – “ko’kka boqdi”(ko’ch, ya’ni “osmonga qaradi” ma’nosida). 3. Harakat o’xshashligi asosida- o’zbek tilida ko’plab harakat bildiruvchi fe’llarni ko’ch
ma ma’noda qo’llash mumkin. Mas: Bo’lmoq- nonni bo’lmoq(o’z ma’noda)- hayolini bo’lmoq, gapini bo’l
moq(ko’ch), Ko’tarmoq- qopni ko’tarmoq – obro’sini ko’tardi, gap ko’tarmaydi, Yaralamoq- o’q otib yara-
lamoq – qalbini yaralamoq kabi. Umuman olganda metaforaga oid savollarni yechishda ma’nosi ko’chgan so’zda o’xshashlik nima asosida: “shakl”, “belgi”, “harakat” ligini aniqlab olish muhim.
Metafora usuli bilan qo‘yilgan nomlar(ismlar): Yo‘lbars, Bo‘riboy, Qoplonbek, Burgutbek, Lochinoy, Gulnora, Gulchehra, Feruza, Yoqutoy, Asalxon, Oyxon, Arslon, Bobur, Gilosxon, Charos, Ozoda.
2.Metonimiya. (yun. metanymia – “qayta nomlash”). Narsa va hodisalarning o’zaro bog’liqligi asosida bir predmet nomi bilan ikkinchisini ifoda etishdir. Yoki narsa va hodisalar o‘rtasida makon va zamondagi o‘zaro aloqadorlik asosida birining nomini ikkinchisiga ko‘chishi metonimiya hisoblanadi. Masalan: Bedilni sevib mutoala qilardim gapida shoir bilan uning asarlari (chunki shoir va uning asari o‘rtasida ongimizda doimiy bog‘lanish bor) o‘rtasidagi aloqadorlik asosida birining nomi ikkinchisi uchun ko‘chgan. Metonimiyada o’zaro aloqadorlik turli ko’rinishlarda bo’lishi mumkin: «Hamza»ga bordik – teatr va uning nomi o’rtasidagi o’zaro bog’liqlik. «Rossiya»ga qanday borsam bo‘ladi?- mehmonxona va uning nomi o’rtasidagi bog’liqlik. Ichak-chavog‘im tugadi, endi kalla sotaman.- qassob va uning kasbi o’rtasidagi bog’liqlik. Mabodo, «Besh bolali yigitcha» kelmadimi? - asar nomi va kitob o’rtasidagi aloqadorlik. Navbatim sumka ko‘targan «jinsi»
dan keyin. – odam va uning kiyimi o’rtasidagi aloqadorlik. Rentgen apparati «Ford» avtomobili, volt, amper, Hojimatov damlamasi kabi so‘z va so‘z birikmalarida – shaxs ismi va u yaratgan predmet,hodisa o’r-
tasida bog’liqlik. “Besh qop olaman”, “bir kosani simirdim”, “uch shisha ichdi” kabilarda esa – predmet va uning ichidagi narsa, suyuqlik bilan aloqadorlik. Auditoriya javob berdi”, “Zal gurullab kuldi” larda esa xona va uning ichidagi odamlar bilan bog’liqlik. “Navoiyning vafotini eshitib, butun Hirot yig’ladi”, “Yan-
varning o’n beshlarida butun qishloq to’g’on qurishga otlandi”gaplarida – joy nomi,oti va o’sha yer odam-
lari bog’liqligi va boshqalar.
3.Sinekdoxa. (yunoncha-“ synekdoche” — “birgalikda anglash”,”qo’shib fahmlamoq”). Bo‘lak orqali butun-
ni yoki butun orqali bo‘lakni ifodalash, ya’ni qismning nomi bilan butunni yoki butunning nomi bilan qismni atash hodisasidir. Masalan; 1. Qismning butun nomini ifodalashi: Tirnoqqa zor” birikmasida “tirnoq” go’dakning bir qismi, lekin u butun inson ma’nosida kelyapti.Yana boshqa misollar; “o’n bosh qoramol”, “fermasida tuyoqlar soni ko’paydi” kabilarda qism, butunni-qoramol, qo’y-echki ma’nosini ifodalayapti. “Yig‘ilishga mo‘ylovni chaqirib kelmoq, g‘ildirakni yurgizmoq, cho‘loqqa achinish bilan qaramoq, «Sajda aylar zohid ul mehrob aro, Men qilurman sajada egma qoshima» oy yuz, qorako‘z, oq bilak, sarvqad,Eshikka kiring, aka, bir payola choy-poy ichib keting(butun uy ma’nosida)”. 2.Butunning qism nomini ifodalashi: “Olma archiyotib qo’lini kesib oldi”,”besh qo’l barobar emas”larda qo’l-butun, lekin u qism, ya’-
ni barmoq ma’nosida qo’llanilgan.”Ishqingda qora boshim oqardi” gapida esa bosh, qism- soch ma’nosida ishlatilgan.
4. Vazifadoshlik. Narsa va hodisalar o‘rtasidagi vazifaviy bir xillik asosida birining nomi orqali ikkinchisi-
ning ifodalanishi,ya’ni muayyan narsaning vazifasini ikkinchi bir narsa bajarishi natijasida avvalgisining nomi bilan keyingilarini ham ifodalashdir.Masalan; “siyoh” ilgari faqat “qora rangli suyuqlik”, keyinchalik esa “har xil rangdagi suyuqlikka “ nisbatan ham ishlatila boshlandi. Yokki “o’q” so’zi, kamon o’qi > zambarak o’qi> miltiq o’qi > pistolet o’qi > raketa o’qi birikmalarida ishlatilishida, o’sha o’q vazifasining bir xilligiga asos-
lanilgan.Yana boshqa misollar: “Chiroq piligini pasaytirdi” – “Ko‘chalarni chiroqlar yop-yorug‘ qilib turib-
di”. “odam oyog’i – stol oyog’i”, “uy eshigi – avtomobil eshigi”,”qush qanoti – samolyot qanoti”, “ison to-
miri – daraxt tomiri” kabilar.



Download 25.87 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling