M. X. Numanovga 2023 yil Jinoyat ishini qo‘zg‘atishdan rad etish xaqida qaror
Download 50 Kb.
|
Отказ карори
- Bu sahifa navigatsiya:
- Djurabayev Otabek Olim o’g’li
- 3-savoliga
- 4-savoliga
- 5-savoliga
- O.O.Djurabayevning xarakatlarida
- O.O.Djurabayev
- Namangan viloyati IIB JXX YHXB qidiruv va surishtiruv bo‘yicha inspektori kapitan R.R.Otaxo’jayev
« T A S D I Q L A Y M A N » Namangan viloyati Pop tumani IIB boshlig‘i podpolkovnik M.X.Numanovga «__»_________ 2023 yil Jinoyat ishini qo‘zg‘atishdan rad etish xaqida Q A R O R «__» __________ 2023 yil Angren shahar Namangan viloyati IIB JXX YHXB qidiruv va surishtiruv bo‘yicha inspektori kapitan R.R.Otaxo’jayev, Pop tumani IIB Navbatchilik qismining Shakl-2 kitobiga 04.10.2023 yil kuni №“8813”-son bilan qayd etilgan «yo’l-transport hodisa»si yuzasidan to‘plangan xujjatlar bilan tanishib chiqib quyidagilarni,- A N I Q L A D I M:- 2023 yil 4 oktabr kuni soat taxminan 05:00 larda haydovchi, 31.07.2002 yilda Toshkent viloyati Angren shaharda tug‘ilgan, millati tojik, ma’lumoti tuganlanmagan oliy, MCHJ haydovchisi, Toshkent viloyati Angren shahar, Do’stona ko’chasi, 35-uyda yashovchi, Djurabayev Otabek Olim o’g’li boshqaruvida bo‘lgan “MAN TGS 26.400” rusumli 10N075VA davlat raqam belgili avtotransport vositasini Qamchiq dovoni A373 yo’lining 251 kmda Toshkent – O’sh avtomobil yo’li bo’ylab harakatlanayotgan paytida qatnov qismida ikki bosh qoramolni urib yubormaslik maqsadida rul boshqaruvini o’ng tomonga o’zgartirib qatnov qismidan chiqib va yo’l transport hodisasini sodir etadi. Natijada: avtotransport vositasi texnik shkastlanadi. Yuqoridagi xolat yuzasidan О‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi EKB markazining 2023 yil 11 oktabr kunidagi 856-sonli xulosasining 2-savoliga: Qarorda keltirilgan sharoitida xavf yuzaga kelganda, 10-12 metr uzoqlikda bо‘la turib, haydovchi 40-45 km/soat tezlikdagi MAN TGS 26.400 rusumli avtomabilni о‘z vaqtida tormozlash yо‘li orqali qoramollarni xarakat chizig‘iga qadar tо‘liq tо‘xtash uchun imkoniyatga ega bо‘lmagan. 3-savoliga: Qarorda keltirilgan sharoitda xavf yuzaga kelganda, yo’ldan chiqib ketgan joydan 8-10 metr masofa uzoqlikda bо‘la turib, haydovchi 40-45 km/soat tezlikda MAN TGS 26.400 rusumli avtomobilni о‘z vaqtida tormozlash yо‘li orqali hodisani oldini olish uchun texnik imkoniyatga ega bо‘lmagan. 4-savoliga: Qarorda keltirilgan sharoitda haydovchining yo’lni kesib o’tgan qoramollarni urib yubormaslik uchun transport vositasini yo’nalishi o’zgartirishi bilan sodir etilgan YTX (MAN TGS 26.400 rusumli avtomobilni yo’ldan chiqib ketishi) orasida sababiy bog’lanish mavjud. 5-savoliga: Qarorda keltirilgan hodisa sharoitida haydovchi MAN TGS 26.400 rusumli avtomobilni texnik soz xolatda, о‘zini bо‘lagida, 40-45 km/soat tezlikda boshqargan va xavfni kо‘rib, AN TGS 26.400. rusumli avtomobilni yо‘nalishini o’ng tomonga о‘zgartirib, tormozlanish chorrasini kо‘rgan (haydovchi kо‘rsatmasi bilan) Demak, qarorda keltirilgan YTX holati о‘tkazilgan tadqiqot xajmida kо‘rib chiqilsa, MAN TGS 26.400 rusumli avtomobil haydovchisining harakatlari “YHQ”ning biron-bir bandi talablariga mos bо‘lmagan deyish uchun ekspertda asos yо‘q. Yuqoridagilarga asoslanib fuqaro O.O.Djurabayevning_xarakatlarida'>O.O.Djurabayevning xarakatlarida amaldagi “Yo’l xarakati qoidalari”ni qo‘pol ravishda buzganlik xolatini aniqlanmaganligi, biroq fuqaro Aliyev Bahromjon Djurabayevichga tegishli bo’lgan MAN TGS 26.400 rusumli 10 N 075 VA davlat raqam belgili avtoulovga 2023 yil 11 oktabr kuni 1650D raqam bilan qayd etilgan OOO “Expert Estimate” tomonidan baholash xulosasiga ko’ra 184 228 400 so’m miqdorida moddiy zarar yetganligi, ushbu zarar bo’yicha hech kimdan davosi yo’qligini hamda yetkazilgan zarar bo’yicha sug’urta kompaniyasiga murojaat etishligi inobatga olib, harkatlari tarkibida jinoyat alomatlari mavjud emasligi inobatga olib holda, O‘zbekiston Respublikasi JPKning 83-moddasi 2-qismi asosida jinoyat ishini qo‘zg‘atishdan rad etilsin. Yuqoridagilarni inobatga olib va O‘zbekiston Respublikasi JPKning 23,38, 39-moddalari, 83-moddasi 2-qismini qo’llab:- Q A R O R Q I L D I M : 1.Mazkur xolat bo‘yicha fuqaro O.O.Djurabayevga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JPKning 83-moddasi 2-qismi asosida jinoyat ishini qo‘zgatishdan rad etilsin. 2.Qaror manfaatdor tamonlarga e’lon qilinsin. 3.Qaror nusxasi ma’lumot uchun Toshkent viloyati Angren shahar prokuroriga yuborilsin. Namangan viloyati IIB JXX YHXB qidiruv va surishtiruv bo‘yicha inspektori kapitan R.R.Otaxo’jayev Download 50 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling