Referati reja: Pop tumanining iqtisodiyot tarkibi. Ko`rsatkichlar tizimi


Download 1.04 Mb.
bet1/4
Sana17.06.2023
Hajmi1.04 Mb.
#1549172
TuriReferat
  1   2   3   4
Bog'liq
Egamberdiyev Sanjar


TOSHKENT DAVLAT IQTISODIYOT UNIVERSITETI


RAQAMLI IQTISODIYOT FAKULTETI
IQTISODIY XAVFSIZLIK YO’NALISHI
IH-81 GURUH TALABASI

EGAMBERDIYEV SANJARNING


“MINTAQAVIY IQTISODIYOT” FANIDAN TAYYORLAGAN

REFERATI

Reja:




  1. Pop tumanining iqtisodiyot tarkibi.



  1. Ko`rsatkichlar tizimi.



  1. Tumanning tarmoqdagi hajmning asoslash usullari.


KIRISH
Ushbu referatni yozishimdan maqsad Namangan viloyati Pop tumanining makroiqtisodiy ko`rsatkichlarini chuqur tahlil qilish asosida, ilmiy asoslangan va amaliy taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.Ushbu maqsadni amalga oshirish uchun quyidagi vazifalarni bajardim:

  • tumanni makroiqtisodiy ko`rsatkichlarini chuqur tahlil qildim;

  • tuman aholisini o`sish dinamikasini tahlil qildim;

  • tumanda sanoat ishlab chiqarish hajmi va uning dinamikasini o’rgandim va tahlil qildim;

  • tumanda qishloq xo`jaligini o`sish dinamikasini tahlil qildim;

  • tumanda qurilish sohasini o`sish dinamikasini tahlil qildim;

  • tumanda xizmatlar sohasi(shu jumladan pullik xizmatlar)ni o`sish dinamikasini tahlil qildim;

  • tumanning investitsion muhiti va uning jozibadorligini o`sish dinamikasini tahlil qildim;

  • tumanning eksport salohiyatini o`sish dinamikasini tahlil qildim;

  • tumanning yangi ish o`rinlarini yaratish imkoniyatini o`sish dinamikasini tahlil qildim;


Asosiy iqtisodiy ko’rsatkichlar:

-sanoat;
-iste’mol tovarlari;


-asosiy kapitalga investitsiyalar;
-qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi;
-qurilish ishlari;
-chakana tovar aylanmasi;
-bozor xizmatlari;
-tashqi savdo aylanmasi;
-eksport;
-import.
Sanoat
Dastlabki maʼlumotlarga koʼra, 2020 yilning yanvar-dekabr oylarida tumanda faoliyat koʼrsatayotgan sanoat korxonalari tomonidan 500,2 mlrd. soʼmlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilgan boʼlib, oʼtgan yilning mos davriga nisbatan sanoat ishlab chiqarish indeksi 108,6 % ni (2019 yilning yanvar-dekabr oylarida 393,3 mlrd.soʼmlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilgan, oʼsish surʼati 107,9 % ni) tashkil etdi.Bu ko’rsatkich 2021-yilga kelib esa tumanda faoliyat ko‘rsatayotgan sanoat korxonalari tomonidan 451,0 mlrd. so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilgan bo‘lib, 2020-yilning mos davriga nisbatan sanoat ishlab chiqarish indeksi 105,0 % ni tashkil etdi.2022-yilda esa, sanoat korxonalari tomonidan 510,8 mlrd. so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilgan bo‘lib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan sanoat ishlab chiqarish indeksi 106,3 % ni tashkil etdi.
2021- yilning yanvar-dekabr oylarida kichik biznes subyektlari tomonidan ishlab chiqarilgan sanoat mahsulotlari hajmi 273,6 mlrd. so‘m bo‘lib, uning jami sanoat ishlab chiqarishdagi ulushi 60,8 % ni tashkil etdi. Shuningdek, ushbu davrda kichik biznes subyektlari tomonidan 256,4 mlrd. so‘mlik xalq iste’mol tovarlari ishlab chiqarilgan bo‘lib, kichik biznes subyektlarining xalq iste’mol tovarlarini ishlab chiqarishdagi ulushi 83,2 % ni tashkil etgan. 2021- yil yanvar-dekabr oylarida tuman bo‘yicha aholi jon boshiga sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi 2 002,3 ming so‘mni va xalq iste’moli tovarlarini ishlab chiqarish hajmi 1 371,2 ming so‘mni tashkil etgan.
2022- yilning yanvar-dekabr oylarida kichik biznes subyektlari tomonidan ishlab chiqarilgan sanoat mahsulotlari hajmi 323,5 mlrd. so‘m bo‘lib, uning jami sanoat ishlab chiqarishdagi ulushi 61,8 % ni tashkil etdi. Shuningdek, ushbu davrda kichik biznes subyektlari tomonidan 275,9 mlrd. so‘mlik xalq iste’mol tovarlari ishlab chiqarilgan bo‘lib, kichik biznes subyektlarining xalq iste’mol tovarlarini ishlab chiqarishdagi ulushi 80,9 % ni tashkil etgan. 2022- yil yanvar-dekabr oylarida tuman bo‘yicha aholi jon boshiga sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi 2 286,6 ming so‘mni va xalq iste’moli tovarlarini ishlab chiqarish hajmi 1 488,0 ming so‘mni tashkil etgan

Download 1.04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling