Referati reja: Pop tumanining iqtisodiyot tarkibi. Ko`rsatkichlar tizimi
-jadval Tumandagi sanoat mahsulotlari dinamikasi
Download 1.04 Mb.
|
Egamberdiyev Sanjar
- Bu sahifa navigatsiya:
- Jadval O’zbekiston Respublikasi Statistika agentligi ma’lumotlari asosida tayyorlandi. 2-jadval
- Tashqi savdo aylanmasi tahlili (mln. AQSH dollar)
- Jadval O’zbekiston Respublikasi Statistika agentligi ma’lumotlari asosida tayyorlandi.
1-jadval
Tumandagi sanoat mahsulotlari dinamikasi
Jadval O’zbekiston Respublikasi Statistika agentligi ma’lumotlari asosida tayyorlandi. 2-jadval Tumanda aholi jon boshiga ishlab chiqarilgan sanoat mahsulotlari Jadval O’zbekiston Respublikasi Statistika agentligi ma’lumotlari asosida muallif ishlanmasi Tashqi iqtisodiy faoliyat 3-jadval Tashqi savdo aylanmasi tahlili (mln. AQSH dollar)
Jadval O’zbekiston Respublikasi Statistika agentligi ma’lumotlari asosida tayyorlandi. Tumanning tashqi iqtisodiy faoliyati, xususan tashqi savdo sohasida amalga oshirilayotgan isloxotlarning pirovard natijasi aholi turmush darajasiga bevosita o‘z ta’sirini o‘tkazadi. 2020 yilning yanvar-sentyabr oylari yakuni bilan tumanning tashqi savdo aylanmasi 25,0 mln. AQSh dollarni tashkil etgan bo‘lib, shundan eksport 9,3 mln. AQSh dollarni, import 15,7 mln. AQSh dollarni tashkil etdi. 2021- yilning yanvar-dekabr oylari yakunida esa tashqi savdo aylanmasi 33,2 mln. AQSH dollarni tashkil etgan bo‘lib, shundan eksport 14,5 mln. AQSH dollarni, import 18,7 mln. AQSH dollarni tashkil etdi. 2022-yil holatiga ko’ra, tashqi savdo aylanmasi 42,4 mln. AQSH dollarni tashkil etgan bo‘lib, shundan eksport 18,8 mln. AQSH dollarni, import 23,6 mln. AQSH dollarni tashkil etdi. 2021- yilning yanvar-dekabr oylarida chakana savdo tovar aylanmasi 1 327,8 mlrd. so‘mni tashkil etgan bo‘lib, 2020- yilning mos davriga nisbatan o‘sish sur’ati 111,8 % ni tashkil qildi. Yirik korxonalarning chakana savdo tovar aylanmasi (umumiy ovqatlanishni qo‘shgan holda) 62,9 mlrd. so‘mni tashkil qilib, umumiy chakana savdo tovar aylanmasidagi ulushi 4,7 % ni tashkil qildi. Kichik biznes korxonalarining tovar aylanmasi 773,5 mlrd. so‘mni tashkl qilib, umumiy chakana savdo tovar aylanmasidagi ulushi esa 58,3 % ni tashkil qildi. Yakka tartibdagi tadbirkorlik subyektlarining tovar aylanmasi 324,4 mlrd. so‘mni tashkil qilib, umumiy chakana savdo tovar aylanmasidagi ulushi esa 24,4 % ni tashkil qildi. 2022-yil uchun bu ko’rsatkich quyidagicha holatga keldi: 2022- yilning yanvar-dekabr oylarida chakana savdo tovar aylanmasi 1505,0 mlrd. so‘mni tashkil etgan bo‘lib, 2021- yilning mos davriga nisbatan o‘sish sur’ati 110,2 % ni tashkil qildi. Yirik korxonalarning chakana savdo tovar aylanmasi (umumiy ovqatlanishni qo‘shgan holda) 42,8 mlrd. so‘mni tashkil qilib, umumiy chakana savdo tovar aylanmasidagi ulushi 2,8 % ni tashkil qildi. Kichik biznes korxonalarining tovar aylanmasi 720,7 mlrd. so‘mni tashkl qilib, umumiy chakana savdo tovar aylanmasidagi ulushi esa 47,9 % ni tashkil qildi. Yakka tartibdagi tadbirkorlik subyektlarining tovar aylanmasi 503,8 mlrd. so‘mni tashkil qilib, umumiy chakana savdo tovar aylanmasidagi ulushi esa 33,5 % ni tashkil qildi. Download 1.04 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling