Referati reja: Pop tumanining iqtisodiyot tarkibi. Ko`rsatkichlar tizimi


Download 1.04 Mb.
bet3/4
Sana17.06.2023
Hajmi1.04 Mb.
#1549172
TuriReferat
1   2   3   4
Bog'liq
Egamberdiyev Sanjar

Investitsiyalar va qurilish
Tumanda 2021- yilning yanvar-dekabr oylarida asosiy kapitalga kiritilgan investitsiyalarning umumiy hajmi 784,3 mlrd. So‘mni yoki uning o‘sish sur’ati 2020- yilning mos davriga nisbatan 92,5 % ni tashkil etgan. Shuningdek, moliyalashtirish manbaalari bo‘yicha 105,7 mlrd. so‘m markazlashgan investitsiyalar va 678,6 mlrd. so‘m markazlashmagan investitsiyalar hissasiga to‘g‘ri kelmoqda.
2022-yi bo’yicha asosiy kapitalga kiritilgan investitsiyalarning umumiy hajmi 1 037 mlrd. So‘mni yoki uning o‘sish sur’ati 2021- yilning mos davriga nisbatan 87.3 % ni tashkil etgan. Shuningdek, moliyalashtirish manbaalari bo‘yicha 116,0 mlrd. So‘m markazlashgan investitsiyalar va 920,1 mlrd. So‘m markazlashmagan investitsiyalar hissasiga to‘g‘ri kelmoqda.
4-jadval
Asosiy kapitalga kiritilgan investitsiyalarni moliyalashtirish manbalari




2020

2021

2022

Tumani bo‘yicha

Viloyatdagi ulushi, %

Tumani bo‘yicha

Viloyatdagi ulushi, %

Tumani bo‘yicha

Viloyatdagi ulushi, %

Markazlashmagan investitsiyalar jami

498,5

6,2

678,6

6,0

920,1

7,2

Mahalliy byudjet, korxona va xomiylik mablag‘lari

208,0

10,1

163,9

4,9

573,1

20,2

Bank kreditlari

56,0

2,4

67,2

3,1

21,1

0,7

To‘g‘ridan-to‘g‘ri va boshqa xorijiy investitsiya va kreditlar

154,2

5,9

241,6

6,6

182,1

4,3

Aholi mablag‘lari

80,3

8,1

168,8

7,8

143,1

6,1

Boshqa tashkilotlarning qarz mablag‘lari

-

-

37,1

85,4

0,4

40,0

Jadval O’zbekiston Respublikasi Statistika agentligi ma’lumotlari asosida muallif ishlanmasi
2021- yilning yanvar-dekabr oylarida tumanda 434,5 mlrd. so‘mlik qurilish montaj ishlari bajarilgan bo‘lib, 2020- yilning mos davriga nisbatan o‘sish sur’ati 108,6 % ni tashkil etgan. Shundan yirik korxonalar tomonidan bajarilgan qurilish montaj ishlari xajmi 69,2 mlrd. so‘m (jamiga nisbatan 15,9 %) kichik korxona va mikrofirmalar tomonidan 219,4 mlrd. so‘m (jamiga nisbatan 50,5 %), yakka tartibdagi uy-joy qurish sektorlari tomonidan 132,7 mlrd. so‘m (jamiga nisbatan 30,6 %) qurilish ishlari bajarilgan va xususiy qurilishlarning hissasi esa 13,2 mlrd. so‘m (jamiga nisbatan 3,0 %) tashkil etgan. Shuningdek, viloyat miqyosida bajarilgan qurilish ishlarining 7,7 % tuman hissasiga to‘g‘ri kelmoqda.
2022- yilning yanvar-dekabr oylarida tumanda 628,1 mlrd. so‘mlik qurilish montaj ishlari bajarilgan bo‘lib, 2021- yilning mos davriga nisbatan o‘sish sur’ati 149,7% ni tashkil etgan. Shundan yirik korxonalar tomonidan bajarilgan qurilish montaj ishlari xajmi 300,1 mlrd. so‘m (jamiga nisbatan 47,7 %) kichik korxona va mikrofirmalar tomonidan 191,1 mlrd. so‘m (jamiga nisbatan 30,4 %), yakka tartibdagi uy-joy qurish sektorlari tomonidan 132,1 mlrd. so‘m (jamiga nisbatan 21,0 %) qurilish ishlari bajarilgan va xususiy qurilishlarning hissasi esa 40,5 mlrd. so‘m (jamiga nisbatan 0,8 %) tashkil etgan. Shuningdek, viloyat miqyosida bajarilgan qurilish ishlarining 6,4 % tuman hissasiga to‘g‘ri kelmoqda.
Xizmatlar sohasi
Xizmatlar sohasini rivojlantirish ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyotini shakllantirishning eng muhim shartlaridan biri hisoblanadi. Bugungi kunda mamlakatda olib borilayotgan bozor islohotlari jamiyatni rivojlantirishning eng muhim ijtimoiy-iqtisodiy vazifalarini hal qilishda xizmat ko‘rsatish sohasining rolini oshirishga katta ta’sir ko‘rsatadi. Xizmatlarning xilma-xilligi aholining katta qismini hayot sifatini va farovonligini yaxshilash imkonini beradi. 2021- yilning yanvar-dekabr oylarida tumanda jami 781,8 mlrd. so‘mlik xizmatlar ko‘rsatilgan bo‘lib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan o‘sish sur’ati 122,1 % ni tashkil etgan. Shuningdek, kichik tadbirkorlik subyektlarining jami ko‘rsatilgan xizmatlardagi ulushi 72,9 % ni tashkil etdi.
Tumanda ko‘rsatilgan xizmatlar tarkibi: aloqa va axborotlashtirish xizmatlari,moliyaviy xizmatlar,transport xizmatlari,yashash va ovqatlanish xizmatlari,savdo xizmatlari,ko‘chmas mulk bilan bog‘liq xizmatlar,ta’lim sohasidagi xizmatlar,sog‘liqni saqlash sohasidagi xizmatlar,ijara xizmatlari,kompyuter va maishiy tovarlarni ta’mirlash bo‘yicha xizmatlar,shaxsiy xizmatlar,me’morchilik, muhandislik izlanishlari,texnik sinovlar va tahlil sohasidagi xizmatlar,boshqa xizmatlar.

Download 1.04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling