Magistratura va sirtqi ta`lim


Download 31.86 Kb.
Pdf ko'rish
Sana19.06.2023
Hajmi31.86 Kb.
#1619812
Bog'liq
dhn oraliq




“Magistratura va sirtqi ta`lim” fakulteti 1-kurs V potok 2-guruh 
talabasi Hodiyev Azizbekning 2-semestr uchun “Davlat va huquq 
nazariyasi” modulidan oraliq nazorat ishi.
4-kazus 
Tabiiy resurslar vazirligi 10 apreldan 10 aprelgacha davom etadigan “Toza havo” oyligi 
doirasida barcha vazirliklar, idoralar, korxona va tashkilotlar, Qoraqalpog‘iston Vazirlar 
Kengashi, shuningdek, shahar va viloyatlar hokimliklarini barcha xodimlarni chaqirdi. 10-may, 
har juma kuni “Avtomobilsiz kun” oʻtkazilishi e’lon qilindi. 
“Ushbu aksiyadan ko‘zlangan maqsad transport vositalarining atrof-muhitga ta’sirini 
kamaytirish, shuningdek, sog‘lom turmush tarzi uchun velosipeddan foydalanishdan iborat”, — 
deyiladi xabarda. 
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent shahar hokimligi 28 aprel kuni “Avtomobilsiz kun” 
o‘tkazilishi haqida xabar bergan edi. Shaxsiy avtomobillarda sayohat qilishni qisqartirish
jamoat transporti, velosiped va piyoda yurish afzalliklarini aholi o‘rtasida targ‘ib qilishga 
qaratilgan “ko‘p tadbirlar” e’lon qilindi. 
Savollar: 
1. Bir oy muddatga chaqiriq e’lon qilishga vazirlikning shu kabi vakolatlari qaysi 
huquqiy hujjatda mavjudligini mamlakat qonunchiligidan aniqlashga harakat qiling. 
2. Vazirlik xabari yuridik faktmi? Ha bo'lsa, unda bu faktni nazariy jihatlarga 
ko'ra tasniflashga harakat qiling. 
3. Buni huquqning tartibga solish funktsiyasi deb hisoblash mumkinmi? Ushbu 
holatdan foydalanib, huquqning funksiyalari haqida qisqacha fikr yuriting. 



1) Bilamizki Toza havo tadbiri respublikamizda har yili o`tkaziladi. 10-aprelda 10-
maygacha bo`ladigan ushbu tadbir Sog`liqni saqlash vazirligi tashabbusi bilan o`tkaziladi. 
Bu 
vakolatlar va ularning mavjudligi Mamlakatimiz Qonunchiligi Hisob-kitobidan aniqlash 
mumkin. Bunday hodisalar uchun, qonunlarimizda belgilangan tartibga asosan ilgari ishlovchi 
qonunlar yoki gazetlardan ham ma`lumot olsak bo`ladi. Shu bilan birgalikda , ushbu tadbirlarni 
amalga oshirish uchun kerak bo‘lgan rasmiy arizalar va ularning ko‘rsatma berilishi ham 
huquqiy hujjatlarda nazarda tutilishish kerak. Bunday tadbirlarni asosan Toshkent shahrida ko`p 
kuzatishimiz mumkin.
Tabiat resurslari vazirligining vakolat va vazifalari quyidagilardan iboratdir
– 
Ekologiya, 
atrof muhitni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va takror ishlab chiqarish 
sohasida davlat boshqaruvi; – Atrof muhitning maqbul ekologik holatini, tabiiy komplekslarni 
va alohida ob’ektlarni muhofaza qilish, ekologik vaziyatni yaxshilash; – Yerni, yer osti 
boyliklarini, suv, o‘rmonlar, qo‘riqlanadigan, o‘simliklar va hayvonot dunyosini qo`riqlash va 
ulardan foydalanish sohasidagi qonunchilikka rioya etilishi ustidan davlat ekologik nazoratini 
o‘tkazish, atrof muhitni zaxarli gazlardan muhofaza qilish; 
– Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish ishlarini muvofiqlashtirish, yagona ekologik 
va resurslarni tejash siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirishda idoralararo hamkorlikni 
ta’minlash; – Chiqindilarni boshqarish sohasidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi ustidan 
davlat nazoratini amalga oshirish, maishiy chiqindilarni yig‘ish, tashish, joylashtirish, qayta 
ishlash va utilizatsiya qilishning samarali tizimini tashkil etish, mahalliy hokimiyat organlari va 
fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari; – Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish 
sohasida davlat kadastrini yuritish, shuningdek, yovvoyi hayvonlar, yovvoyi o‘simliklar, 
zoologiya va botanika kollektsiyalarini ko‘paytirish va parvarish qilish uchun pitomniklarni 
davlat ro‘yxatiga olish;
Tadbirdan ko‘zlangan maqsad transport vositalari ishlab chiqaradigan zaxarli unsurlarni 
kamaytirish va insonlarni sog`lig`iga e`tiborli bo`lishga chorlash, shu bilan birgalikda, sog‘lom 
turmush tarzi uchun velosipeddan foydalanishdan iborat bo`lganligi sababli tadbirni 
tashkillashtirish va uning ijrosini ta`minlash Tabiat resurslari vazirligining aynan atrof muhit 
bilan aloqador vazifasi hisoblanadi. 
2) Vazirlik xabari yuridik fakt yoki yo`qligini bilishdan oldin, avvalo yuridik faktga ta`rif 
berib o`tsak yuridik fakt bu huquqiy munosabatlarni vujudga keltiruvchi, o`zgartiruvchi yoki 
bekor qiluvchi faktlardir. Yuridik faktlar huquqiy tartibga solish mexanizmida muhim rol 
o’ynaydi. Bazi bir huquqiy toifalar bor va faqat odamlar ongida mavjud. Biroq, yuridik faktlar 
real hayotga tegishlidir, chunki, aslida, ular oqibatlarga olib keladigan voqelikning alohida 
epizodi hisoblanadi . Shuningdek yuridik fakt huquqiy munosabatlarni keltirib chiqaradi, 
insonlarda huquq va majburiyat tug‘diradi. Huquqiy normalar ta’sirida u yoki bu hayotiy 
holatlar yuridik faktga aylanadi. Demak, yuridik faktlar – bu huquqiy normalar asosida huquqiy 
munosabatlarni keltirib chiqaruvchi, o‘zgartiruvchi va yakunlovchi hayotiy hodisalardir. 
Yuridik faktlar huquqiy tizimda va huquqiy tartibga solish mexanizmida asosiy rol o‘ynaydi va 
katta ahamiyat kasb etadi. Ular huquqiy norma va huquqiy munosabatni o‘rtasidagi bog‘lovchi 
bo‘g‘indir . Oqibatlarining xususiyatiga ko‘ra huquqni keltirib chiqaruvchi, huquqqa barham 
beruvchi va huquqni o‘zgartiruvchi faktlar farqlanadi. Iroda belgisiga ko‘ra yuridik faktlar ikki 
guruhga - hodisalar va harakatlar (harakatsizliklar)ga bo‘linadi. Yuridik faktlar xarakteriga 
ko’ra oddiy va murakkab yuridik faktlarga bo’linadi. Masalan, qandaydir ikki tashkilot 
o`rtasida huquqiy munosabatning paydo bo’lishini misol qilib ko`rsatsak bo`ladi. Murakkab 



yuridik faktlar esa aytib turilganidek murakkab tarzda amalga oshiriladigan va bir necha 
huquqiy munosabatlarning ma’lum bir maqsad yuzasidan amalga oshirilishi bilan yuzaga keladi. 
Demak , ushbu holatda ya`ni vazirlik tomonidan chiqarilgan xabar hech qanday yuridik 
munosabat yoki oqibat keltirib chiqarmaydi . Chunki yuqorida aytib o`tganimizdek , vazirlik 
bergan xabar huquqni tartibga solish mexanizmida muhim rol o‘ynamaydi. shuningdek , ushbu 
vaziyat yuzasidan chiqarilgan xabar uni bajargangan holda ham bajarmagan holda biror bir 
javobgarlikka sabab bo`lmaydi. Yuridik faktlar ular keltirib chiqaradigan huquqiy oqibatlarga 
qarab: huquqni yaratuvchi, huquqni o‘zgartiruvchi va huquqni bekor qiluvchi faktlarga 
bo‘linadi. Yuqorida ta`kidlab o`tilgan xabar esa na huquqni o`zgartirish , na uni bekor qilish va 
na jamiyat uchun biror bir huquq yaratish imkoniyatiga ega. Shuningdek , ushbu vaziyat 
yuzasidan chiqarilgan xabar uni bajargangan holda ham bajarmagan holda biror bir 
javobgarlikka sabab bo`lmaydi. 
3) Huquqiy tartibga solish mexanizimiga e`tibor beradigan bo`lsak, huquqiy tartibga solish 
mexanizmi bu jamiyatdagi turli xil ijtimoiy munosabatlarni ma’lum ketma-ketlikda huquqiy 
tartibga solishga yordamlashuvchi huquqiy vositalar tizimi. Huquqshunos olim 
Saydullayevning fikricha , huquqiy tartibga solish mexanizmi jamiyatdagi turli-tuman ijtimoiy 
munosabatlarga muntazam ravishda va muayyan ketma-ketlikda ta’sir etish jarayonidir. 
Shuningdek , huquqiy tartibga solish mexanizmi jamiyatdagi turli-tuman ijtimoiy 
munosabatlarga muntazam ravishda va muayyan ketma-ketlikda ta’sir etish jarayonidir. Yana 
shuni aytish joizki , huquqiy tartibga solish jarayoni - ijtimoiy munosabatlarga huquqiy ta’sir 
etish, ularni amalga oshirish, rivojlantirish va takomillashtirishning qat’iy belgilangan 
tartibidir.Vazirlikning ushbu vaziyatga doir chiqargan xabari huquqiy tartibga solish 
funksiyasiga yaqqol misol bo`la oladi. Chunki , ushbu qaror bevosita ijtimoiy munosabatlarga 
tasir qilish , ularni amalga oshirish , rivojlantirish va takomillashtirish xususiyatiga ega. 
Masalan , vazirlikning shaxsiy avtomobillarda sayohat qilishni qisqartirish, jamoat transporti, 
velosiped va piyoda yurish afzalliklarini aholi o‘rtasida targ‘ib qilishga qaratilgan “ko‘p 
tadbirlar” e’lon qilish xabari jamiyatda atrof muhit ifloslanishini oldini olish , shuningdek aholi 
o`rtasida sog`lom turmush tarzini targ`ib qilish kabi huquqiy ta`sirlar va ular keltirib 
chiqaradigan oqibatlarini tartibga solishga xizmat qiladi.
Xulosa sifatida aytadigan bo`lsak, yuqoridagi tashkiliy ishlar muommoli vaziyatni ya`ni 
ekologiya va atrof muhitni zaxarli gazlardan asrash uchun amalga oshirilgani sababli 
yuridik fakt bo`la olish va huquqiy imkoniyatlarga ega. 
Foydalanilgan adabiyotlar: 1. Saydullayev Sh.Davlat va huquq nazariyasi.Darsligi 
Toshkent:TDYU, 2022. 2. Odilqoriyev Davlat va huquq nazariyasi.Darslik. Toshkent:TDYU, 
2022.
Internet manbalari: gazeta.uz saytidan foydalanildi.




Download 31.86 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling