Magnit maydonidagi tokli o’tkazgichga ta’sir qiluvchi kuchlarni aniqlash masalasini fransuz olimi Amper xal qilgan


Download 93.86 Kb.
bet1/2
Sana15.06.2023
Hajmi93.86 Kb.
#1483077
  1   2
Bog'liq
Документ Microsoft Word


Magnit maydonidagi tokli o’tkazgichga ta’sir qiluvchi kuchlarni aniqlash masalasini fransuz olimi Amper xal qilgan.


4 – rasm.
Magnit maydonning tokli o’tkazgich ta’sir qiluvchi kuchini quyidagi qurilma yordamida kuzatish mumkin. (4-rasm). uzunlikdagi tokli o’tkazgichni bir jinsli magnit maydonida (V=const) erkin ko’cha oladigan qilib o’rnataylik. Rasmda tasvirlanganidek ikkita metall sterjenlar ustiga ko’ndalang qilib joylashtirilgan o’tkazgichdan tok o’tkazaylik. Bu tokli o’tkazgichga chizma tekisligiga perpendikulyar ravishda yo’nalgan magnit maydonining ta’sir etuvchi Amper kuchini qiymati

ifoda bilan, uning moduli esa
tenglama bilan aniqlanadi. Bunda  - dl bilan V vektor orasidagi burchak yuqoridagi munosabatlar Amper kuchini ifodalaydi. Bu kuchning yo’nalish dl elementning ko’chish yo’nalishi bilan mos tushganligi uchun bajarilgan ish

dlb=dS deb olsak formula quyidagi ko’rinishni oladi:

bunda - kontur yuzi dS ni kesib o’tayotgan magnit oqimidir.
Amper kuchi d A o’tkazgich va magnit maydon induksiya vektori yotgan tekislikka perendikulyar yo’nalgan bo’lib, uning yo’nalishni quyidagi chap qo’l qoidasi bilan aniqlanadi.
Agar chap qo’lning ochiq kaftiga induksiya vektorining o’tkazgich uzunligi ga perpendikulyar tashkil etuvchisi tushayotganda, to’rt barmoq tokning yo’nalish bilan mos tushsa, bosh barmoq o’tkazgichga ta’sir qiluvchi dFA Amper kuchining yo’nalishini ko’rsatadi.


Lorents kuchi
Biz yuqorida magnit maydondagi tokli o’tkazgichga ta’sir etuvchi kuch, ya’ni Amper kuchi bilan tanishib o’tdik, lekin Amper kuchining paydo bo’lish sabablariga e’tibor bermadik.
Magnit maydondagi tokli o’tkazgichga ta’sir etuvchi kuch harakatlanuvchi alohida zaryadlarga ta’sir etuvchi kuchlar yig’indisidan iborat, bundan esa ta’sir zaryadlardan ular harakatlanayotgan o’tkazgichlarga berilishi mumkin degan fikrni Lorents berdi. Shuning uchun Amper qonuni formulasidan foydalanib magnit maydonida harakatlanayotgan zaryadga ta’sir etuvchi kuchni topaylik. O’tkazgichdan o’tayotgan tok kuchi formulasiga asosan:

ni har ikkala tomonini ga ko’paytiraylik, u holda quyidagini olamiz:

bu yerda S - o’tkazgichning ko’ndalang kesim yuzi, n - o’tkazgichning birlik hajmidagi zaryad tashuvchilarning soni, u - zaryad tashuvchining tartibli harakat tezligi, q - uning zaryadi, dV=S - o’tkazgich elementining hajmi. Agar n dV ni, dV hajmdagi zaryad tashuvchilarning sonini dn deb belgilasak. formula quyidagicha yoziladi:

Bu ifodani Amper kuchi bilan solishtirib

ifodani hosil qilamiz va ifoda dn dona harakatlanuvchi zaryad tashuvchiga magnit maydon tomonidan ta’sir etuvchi kuchni xarakterlaydi.
Bir dona zaryad tashuvchiga ta’sir etuvchi kuch Lorents kuchi deb ataladi:

Lorents kuchining yo’nalishi ‘am Amper kuchiga o’xshab, chap qo’l qoidasi bilan aniqlanadi.
Zaryadli zarralarning magnit maydondagi harakati. Siklotron
Magnit maydonga kirgan zaryadli zarralarning bir necha holini ko’raylik.
1. Zaryadli zarraning xarkat yo’nalishi magnit induksiyasi chiziqlari bo’ylab sodir bo’lganda, u va V vektorlari orasidagi burchak  = 0 yoki  =  ga teng. Bunda Fl = 0 bo’ladi. Demak, bu holda magnit maydon zaryadli zarraga ta’sir qilmaydi.
2. Agar u va V orasidagi burchak  = /2 yoki 3/2 ga teng bo’lsa, Fl = quB bo’ladi. Bunda kuch ta’sirida zarra aylana bo’ylab xarkatlanadi. Aylana radiusi R ni Lorents kuchini markazdan qochma kuchga tenglab topamiz:

ekanligi kelib chiqadi, formuladagi m - zarraning massasi, q - zarraning zaryadi.
Zarraning aylanish davri


Download 93.86 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling