Makroiqtisodiyot muammosi: kambag‘allik yoki pandemiya?


Download 270.34 Kb.
bet1/13
Sana04.11.2020
Hajmi270.34 Kb.
#140715
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
maqola 2

MAKROIQTISODIYoT MUAMMOSI: KAMBAG‘ALLIK YoKI PANDEMIYa?


  •  09.07.2020 17:17

 

  • 199

Har yili  5 mln. bolalar vafot etmoqda. Hozirgi pandemiyada zararlanganlarning soni 12 mln.ga yetdi. Shu o‘rinda, tabiiy savol tug‘iladi, qaysi ko‘rsatkich makroiqtisodiy muvozanatni ko‘proq izdan chiqarmoqda? Professor Nodir Jumayev bu haqda o‘z mulohazalarini keltirmoqda.

Oxirgi 20 yillikda insonlarning yashash standartlari sezilarli darajada ortdi. Qashshoq mamlakatlarda YaIMning kishi boshiga to‘g‘ri kelishi 2 barobarga ko‘paydi. 1995 yildan buyon bolalar o‘limi ikki hissa kamayib, maktabga qatnovchilar soni 56 foizdan 80 foizga o‘zgardi. Shunday bo‘lsada, 700 mln. odam past daromad bilan qolmoqda. Har yili 5 yoshga to‘lmagan 5 mln. bolalar vafot etmoqda va ularning aksariyatiga sifatsiz tibbiy xizmatlar ko‘rsatilgan. Qolaversa, dunyo bolalarining yarmi maktablarni o‘qish va sanashni bilmasdan bitirib ketmoqda[1].

E’tibor berish kerak, har yili 5 mln. bolalar vafot etmoqda. Hozirgi pandemiyada zararlanganlarning soni 12 mln.ga yetdi. Shu o‘rinda, tabiiy savol tug‘iladi, qaysi ko‘rsatkich makroiqtisodiy muvozanatni ko‘proq izdan chiqarmoqda?

Bizningcha, inqirozning bu kabi tus olishi birinchi navbatda – iqtisodiy harakatsizlikning vujudga kelishi bilan bog‘liq. Bu esa, insonlarning daromadlar olishidan butunlay yoki qisman mahrum bo‘lishi holatlarini yuzaga kelishiga ta’sir ko‘rsatdi. Natijada, insonlarning jamg‘armalariga bo‘lgan murojaatni vujudga keltirdi.

Biz mazkur tadqiqotimiz davomida kambag‘allik kategoriyasini inqiroz davridagi tendensiyasini tahlil qilishga va xulosalar shakllantirishga harakat qilamiz. Ushbu maqsadga erishish uchun quyidagi tadqiqot savollariga javob topish muhim hisoblanadi, deb o‘ylaymiz.

Kambag‘allik kategoriyasiga nisbatan O‘zbekistonda davlatimiz rahbari tomonidan 2020 yil 24 yanvardagi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisga Murojaatnomasida “Hududlarda, ayniqsa, qishloqlarda aholining aksariyat qismi yetarli daromad manbaiga ega emasligi sir emas. Har qanday mamlakatda bo‘lgani kabi bizda ham kam ta’minlangan aholi qatlamlari mavjud. Turli hisob-kitoblarga ko‘ra, ular taxminan 12-15 foizni tashkil etadi. Bu o‘rinda gap kichkina raqamlar emas, balki aholimizning 4-5 millionlik vakillari haqida bormoqda”, deb ta’kidlab o‘tdilar.

 taqozo etadi.



B) O‘zbekistondagi tendensiyalar va pandemiyaning ta’siri

Endi tadqiqotimizda e’tiborni 2020 yildagi pandemiya natijasidagi iqtisodiy xarakatsizlik inqirozi davrida jahon iqtisodiyoti mamlakatlari tomonidan amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarga qaratamiz.

2020 yil jahon iqtisodiyotida yana bir global inqiroz yuz bergan voqeilik sifatida tarixga kirdi. Ushbu inqirozning asosiy jihati xarakatsizlikdir. Ushbu omilning yuzaga kelishi aholining, ayniqsa kam daromadli qatlamning ehtiyojlarini qondirishda muammolarni jadallashtirdi.

Ushbu iqtisodiy murakkablik sharoitida yalpi talabning pasayib ketishi insonlarning iste’mol xarajatlari emas, balki jamg‘arma hajmlari bilan bevosita bog‘liqligini ham inobatga olish zaruratini ko‘rsatib berdi. Bu esa, yuqorida ta’kidlab o‘tganimizdek, insonlar daromadlarining barcha bosqichlarini mustahkamlash dolzarb ekanligida o‘z ifodasini topdi.

Jumladan, O‘zbekistondagi axborot portallari Kun.uz va Gazeta.uz tarmoqlari orqali amalga oshirilgan so‘rovnomalar natijalari ham mamlakatimizda aholi daromadlarida jamg‘armalarning yuqori emasligini ko‘rsatib berdi.

Gazeta.uz 2020 yil 2 aprelda o‘tkazgan so‘rovnomada 337000 dan ortiq aholi qatnashgan bo‘lib, ularning 36 foizi “jamg‘armam yo‘q”, 28 foizi “1-2 haftagacha yetadi”, deb javob bergan. Shuningdek, 3-6 oyga yetadi, deb javob bergan aholi 4 foiz atrofida bo‘lgan. Shu bilan birga, Kun.uz portali orqali 2020 yil 14 aprel kuni amalga oshirilgan so‘rovnomada 576000 dan ortiq odam ishtirok etgan. E’tiborli jihati, undagi natijalar ham boshqa portal orqali o‘tkazilgan so‘rovnomadagi natijalar keskin farq qilmagan. Xususan, ishtirokchilarning 35 foizi “jamg‘armam yo‘q”, 7 foizi esa, 3 oygacha jamg‘armalar yetadi, deb javob bergan.

Ta’kidlash joizki, mamlakatimizda aholi daromadlarining ¼ qismi 10 foiz[13] aholi qo‘lida to‘planganligi ham daromadlar tengligini ta’minlashning zaruratini keltirib chiqaradi.

Fikrimizcha, aholi asosiy qatlamining daromadlari vaqtinchalik uzilishga uchragan davrda jamg‘arma kategoriyasi muhim ahamiyatga ega ekanligini ta’kidlash lozim. Bu esa, davlatning zimmasiga katta moliyaviy yukni keltirib chiqarishi mumkin. O‘z navbatida, byudjetdan aholining iste’molini ta’minlashni amalga oshirish byudjet defitsitini oshirishi mumkin.



1-jadval

O‘zbekiston aholi daromadlarining tarkibi, foizda




Ko‘rsatkichlar

2013

2014

2015

2016

2017

2018




Umumiy daromadlar –jami

100,0

100,0

100,0

100,0

100,0

100,0




shu jumladan,



















1.

Birlamchi daromadlar

73,0

75,6

83,1

84,0

79,1

76,1




Shundan



















1.1.

Ishlab chiqarishdan olingan daromadlar

70,3

73,2

80,8

80,9

75,8

73,0

1.2.

Mol-mulkdan olingan daromadlar

2,8

2,4

2,3

3,1

3,4

3,1

2.

Transfertlardan daromadlar

27,0

24,4

16,9

16,0

20,9

23,9

Manba: O‘zbekiston Respublikasi davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlari

Aholi daromadlarining ¼ qismi transfertlarga to‘g‘ri kelayotganligini ko‘rish mumkin (1-jadvalga qarang). Bundan esa, o‘zbekistonliklarning daromadlari tarkibida migrantlar daromadiga bog‘liqlik sezilarli ahamiyatga ega ekanligini ko‘rish mumkin. O‘z navbatida, mazkur holat xorijiy davlatlardagi iqtisodiy holatga bog‘liqlikni oshirishini ko‘rsatadi. Pandemiyaning jahonning barcha mamlakatlariga tarqaganini inobatga olsak, o‘zbekistonlik mehnat migrantlari daromadining pasayishi bizdagi daromadlarning pasayishiga ta’sir qilishi tabiiy. 1-jadvalga e’tibor bersak, mol-mulkdan olinadigan daromadning ulushi 3 foiz atrofida bo‘lmoqda. Ushbu holatning ham mavjudligi daromadlarning diversifikatsiya qilinmaganligini anglatadi.

Xulosa qilib aytganda, pandemiya sharoitida daromadlarning pasayishi va jamg‘armalarning uzoq muddatga yetmaslik ehtimoli davlat tomonidan qo‘shimcha mablag‘larni safarbar etishni taqozo etadi. Bu esa, byudjet daromadlari qisqargan sharoitda qarz mablag‘larini jalb etishga zaruratni keltirib chiqaradi.

Bu borada, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 19 martdagi “Koronavirus pandemiyasi va global inqiroz holatlarining iqtisodiyot tarmoqlariga salbiy ta’sirini yumshatish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 5969-sonli Farmonining qabul qilinishi muhim ahamiyagga ega bo‘ldi. Unga ko‘ra, hukumat tomonidan xalqaro moliya institutlaridan 1 mlrd. AQSh dollari miqdorida tashqi qarz jalb etilishi belgilab berildi.

Agar 5 mln. kishi atrofidagi kambag‘al qatlam mavjudligini inobatga olsak, ularning har birining oilasiga o‘rtacha (5 kishi deb tasavur qilsak) 100 AQSh dollaridan taqdim etilganda 100 mln. AQSh dollari kerak bo‘ladi. Bu esa, kishi boshiga 20 AQSh dolaridan bo‘lsa, yana 10 kunlik iste’molni ta’minlashi mumkin (agar 1,9 dollarga nisbatan olsak) bo‘ladi.

Qayd etish lozim, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 16 apreldagi 232 sonli qarori bilan byudjet xarajatlarining 6 trln. so‘m mablag‘ maqbullashtirilishi nazarda tutildi.

Yuqoridagi holatlardan kelib chiqib aytganda, O‘zbekistonda aholiga pul tarqatilishi ehtimoli pastligini va bu amalga oshirilganda ham natija bermasligini anglatmoqda. Shuningdek, O‘zbekiston mustaqillikka erishgandan so‘ng kambag‘allikka qarshi choralar natija bermaganligi pandemiya oqibatlarini yanada murakkablashishiga olib kelmoqda. Boshqacha aytganda, iqtisodiy xarakatsizlik davrida aholining kamida 2 oyga yetadigan jamg‘armalarga ega bo‘lishi vaziyatni hozirgidek chuqurlashtirmagan bo‘lar edi.

Shu bilan birga, O‘zbekistonda kishi boshiga to‘g‘ri keluvchi YaIM hajmi o‘rtacha 1500 AQSh dollari atrofida ekanligini hisobga olsak, bu kuniga o‘rtacha (1500/365 kun) 4,1 AQSh dollariga teng bo‘lmoqda. Shuningdek, O‘zbekistonda 2020 yilda YaIMning o‘sishi XVF tomonidan 1,6 foiz bo‘lishini prognoz qildi. Mazkur raqamlarning tahlili shuni ko‘rsatadiki, mamlakatimizda Jini koeffitsiyentini barqarorlashtirish zarurligini ko‘rsatib beradi.


Kambag‘allikka qarshi kurash natijalari natijasi


2019 yilda iqtisodiyot sohasida Nobel mukofotini qo‘lga kiritgan A.Banerji, E.Dyuflo va M.Kramer tomonidan davlatlar va xalqaro tashkilotlar amalga oshirayotgan islohotlarning nechog‘liq natija berayotganligini ko‘rsatib berildi. Nafaqat O‘zbekiston, balki jahon mamlakatlarida amalga oshirilgan kambag‘allikka qarshi kurash natijalari tahlili, bu boradagi tadbirlarni tubdan o‘zgartirish zaruratini isbotlab berdi.

Tadqiqotlarga ko‘ra, birinchi omil – maktab ta’limida ikki omil o‘quvchilarning qiziqishi va o‘qituvchilar bilan ma’lum muddatli shartnomalar muhim ekanligi isbotlandi.

O‘zbekistonda 1991-2019 yillarda maktab ta’limini raqamlarda ko‘rsak, bir maktabga 1991 yilda 543 ta, 2019 yida 623 ta o‘quvchi to‘g‘ri kelgan, shuningdek, maktablar soni 1991-2000 yillarda 1169 taga, 2000-2010 yillarda 80 taga va 2010-2019 yillarda 136 taga oshgan[14].

Qayd etish lozim, maktab ta’limidagi muammolar nafaqat kambag‘allik muammolarini balki, boshqa ijtimoiy-huquqiy muammolarni ham chiqarishi ko‘plab tadqiqotlarda isbotlangan. Masalan, 2020 yil 3 mart kuni Toshkent shahrida «Suriya va Iroqdan qaytarib olib kelinganlarni reabilitatsiya va reintegratsiya qilish bo‘yicha Markaziy Osiyo muloqoti: O‘zbekiston tajribasi» mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya tashkil etildi. Unda «Mehr-1» va «Mehr-2» operatsiyalari natijalari tahlil etildi. Jumladan, Prezident huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti vakili, professor Baxtiyor Bobojonov o‘zbek ayollarining Iroq va Suriyaga ketgani sabablari haqida to‘xtalib “Eng katta sabab – ularning bilimsizligidir. Ayollarning shahodatnomasiga qarasak, hammasi qoniqarsiz ta’lim olishgan”, deb ta’kidlab o‘tdi[15].

Ikkinchi omil - sog‘liqni saqlash tizimida insonlarning farzandlari sog‘lig‘i uchun investitsiya qilmasliklari yoki uni ortga surib kelishlari salbiy ta’sirga ega ekanligini qayd etishadi. Shu boisdan, bolalarni infeksiyalarga qarshi emlashda vaqtinchalik subsidiyalar doimiylaridan ko‘ra samarali ekanligini qayd etib o‘tishadi. Shu nuqtai nazardan olib qaraganda, davlatimiz rahbari ta’kidlab o‘tgan “... bir oilada mashina ham, chorva ham bo‘lishi mumkin, lekin bir kishi og‘ir kasal bo‘lsa, oila daromadining kamida 70 foizi uni davolatishga ketadi[16]” , degan so‘zlarining qanchalik ahamiyatga ega ekanligini qayd etish lozim.

Shu bilan birga, uchinchi omil sifatida – mikrokreditlash mexanizmi tahlil etiladi. Unga ko‘ra, mazkur usul kambag‘allikka qarshi kurashda kutilgan natijalarni bermasligi aniqlanadi.



  1. Xulosa va takliflar.

Olib borilgan tadqiqotlar asosida O‘zbekistonda kambag‘allikni keltirib chiqarishga sabab bo‘lgan muhim sabablar sifatida quyidagilarni keltirish mumkin, deb o‘ylaymiz:

  1. Ijtimoiy sohaning nobaqarorlashuviga olib kelgan jihatlar:

  • - sog‘liqni saqlash tizimida davlat xarajatlarining yetarli emasligi, ayniqsa, birlamchi tibbiy xizmatlar taqdim etishda;

  • - maktabgacha ta’lim bilan qamrab olish miqyosining pastligi;

  • - maktab ta’limida maktab binolarning “rezina”kabi foydalanilishi bazaviy ta’limning natijaviyligini tushirib yubordi;

  • - oliy ta’limning qamrovi 10 foizga yetmasligi katta ulushga ega bo‘lgan yoshlarning inson kapitali darajasini pasaytirdi;

  • - ilmiy tadqiqotlarga ajratilgan mablag‘lar YaIMga nisbatan 0,25 foiz atrofida bo‘lishi.

  1. Mehnatga haq to‘lash kasbga emas, balki lavozimga biriktirilishi, yuqori bilim talab qiluvchi kasblar jozibardorligini yo‘qotdi. Masalan, shifokor va serjant unvonidagi harbiy xizmatchining ish haqidagi sezilarli tafovut.

  2. Elektr ta’minotidagi uzilishlarning davomiyligi quyidagi nobarqarorlikni keltirib chiqardi:

  • - ta’limning uyda bajariladigan vazifalar qismi o‘zlashtirilmasligiga ta’sir ko‘rsatdi;

  • - biznes yuritishga jiddiy ta’sir ko‘rsatdi. Masalan, jahon bankining hisobotida, biznes sub’yekti kichiklashib borgani sari elektr ta’minotidan uzilishi kuchayib borishi qayd etilgan[17].

  1. Iqtisodiyotning norasmiy qismini kuchayishi aholi daromadlari hisobini va statistikasini yuritishga salbiy ta’sir ko‘rsatdi.

Tadqiqotlar asosida quyidagilarga e’tibor berish maqsadga muvofiq, deb o‘ylaymiz:

  1. Aholining kambag‘allik darajasini aniqlashtirish uchun demografik jihatdan guruhlarga ajratish nuqtai nazaridan aniq statistikani shakllantirish va shunga mos tadqiqotlarni amalga oshirish. Bunda, kambag‘allikni aniqlash va baholashda oila a’zolari soni, savodxonligi, sog‘ligi, yoshi, jinsi, tanlagan kasbi kabilarni inobatga olishga imkon yaratish.

  2. Qisqa muddatli davrda e’tibor berilishi lozim bo‘lgan chora-tadbirlar:

  • - Iqtisodiyotdagi ixtisoslashuv nazariyasini (D.Rikardo) insonlarning qobiliyatiga uyg‘unlashuvini joriy etish. Buning uchun odamlarning qanday mehnatni amalga oshirishlariga imkoniyat va hohishlari yuqori bo‘lishini inobatga olish orqali qiymat yaratish (YaIM)ni yo‘lga qo‘yish. Masalan, pichoq yasaydigan (hunarmad ota-bobosidan o‘rgangan va shu ishni sevib qiladigan) insonga mehant qilishi uchun barcha sharoitlarni yaratish mexanizmini joriy etish. Agar biz undan boshqa turdagi mehnat qilishni talab etsak yoki u shunga majbur bo‘sa iqtisodiy o‘sish va kambag‘allikdan chiqish tendensiyasi yuzaga kelmasligi mumkin;

  • - aholining iste’molini arzonlashtirish, ya’ni davlat va “ayrim” tadbirkorlarning monopoliyasini favqulodda tugatish. Buning uchun, iqtisodiyotda raqobat muhitini yaratish lozim bo‘ladi. Ushbu jarayonda ikki jihatga e’tibor qaratish lozim bo‘ladi. birinchidan, milliy (davlat yoki xususiy) ishlab chiqaruvchilarning monopoliyasini shakllanishini kamaytirish. Ikkinchidan, turli iqtisodiy ittifoqlar, jumladan Jahon savdo tashkilotiga a’zo bo‘lishni jadallashtirish;

  • - elektr ta’minotining uzluksizligini amalga oshirish, muqobil energiyadan foydalanishni jadallashtirish. Buning uchun muqobil (quyosh, shamol kabilar) energiya manbalarini rivojlantirshga e’tibor qaratish. Shuningdek, ushbu turdagi energiya iste’moliga o‘tishda davlat subsidiyalarini joriy etishni rivojlantirish;

  • - xarajatlarni qisqartirish, ya’ni ko‘p daromadga ega bo‘lmagan sharoitda jamiyatda tejamkorlik tamoyilini joriy etish. Masalan, turli milliy qadriyatlarga asoslangan marosimlarga xarajatlarni kamaytirish;

  • - norasmiy iqtisodiyotni qisqartirish.

  1. Uzoq muddatli davrga mo‘ljallangan dasturlarni amalga oshirish doirasida:

  • - profilaktika tibbiy xizmatlarni moliyalashtirish hajmini va samaradorligini oshirish. Asosan, yosh bolalarning emlash ishlariga e’tibor berish va aktiv umr faoliyatini rivojlantirish orqali passiv umr ko‘rishni qisqartirishga sharoit yaratish;

  • - maktab ta’limida o‘quvchilarning qiziqishlarini inobatga oladigan holda guruhlarga ajratgan holda ta’lim berish. Bunda, o‘qish va yozish, matematika va tabiiy fanlar kesimida guruhlarni tashkil etishni o‘quvchilarning qanday kasbga (lavozimga emas) qiziqishlari doirasida sinflarga ajratishni joriy etish;

  • - oliy ta’limni qamrovini oshirish. Bunda, bir turdagi mutaxasislikni tayyorlash bir nechta oliy ta’lim muassasalarida amalga oshirilishi orqali raqobat muhitini yaratish. Oliy ta’limda shartnoma to‘lovlarini darsga qatnashish uchun emas, balki fan bo‘yicha yakuniy imtihonlarda qatnashish huquqini belgilash tamoyili asosida oliy ta’lim muassalarida mustaqil joriy etishga imkon berish. Shuningdek, qabul kvotalarini muassasa sig‘imkorligi asosida mustaqil belgilashni joriy etish;

  • - “kichik biznesdan-yirik biznesga” g‘oyasini iqtisodiyotda joriy etish. Bunda, bir ishchi o‘rin uchun xarajatlar hajmi yirik biznesda kichik biznesga nisbatan kam ekanligini inobatga olish. Shu bilan birga, yirik biznes mamlakat eksport salohiyatini oshirishdagi asosiy omillardan biri hisobalanadi.

  • - yuqori ilmiy sig‘imkor mahsulotlar ishlab chiqarishni rivojlantirish. Bunda tadqiqotlarni natijalarini ishlab chiqarish jarayoniga joriy etish uchun venchur fondlari faoliyatini shakllantirish. Xususiy sektorning tadqiqotlarni moliyalashtirishga qaratilgan faoliyatini amalga oshirishga shart-sharoit yaratish;

  • - mehnat migrantlarini emas, balki mehnat mahsulini eksport qilish tamoyilini amalga oshirish. Bunda, inson salohiyati (aqli-ilmi yaratuvchanlikning asosi) tuganmas resurs ekanligini va aksincha inson mehnat qilishining jismoniy imkoniyati o‘rtacha 30-35 yil ekanligini inobatga olinishi zarur. Shu nuqtai nazardan, inson kapitaliga investitsiyalar uzoq muddatli davrda barqaror natijalarni berishi muqarrarligiga ishonish.

Nodir Jumayev, i.f.d., prof., Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati

Dilshodjon Raxmonov, i.f.d., dots., O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi

Izoh:


1 Research to help the world’s poor. https://www.nobelprize.org/uploads/2019/10/popular-economicsciencesprize 2019-2.pdf

2 Jumayev N.X., Rahmonov D.A. Jahon iqtisodiyotining yangi inqirozi – iqtisodiy harakatsizlik. 2020 yil 3 aprel. Manba: https://www.review.uz/

3 Popkin, B.M., A.K. Baturin, M. Mozhina, T. Mroz, S. Annu, I. Dmitrichev, E. Glinskaya and M. Lokshin: 1996, The Russian Federation Subsistence Income Level: The development of regional food baskets and other methodological improvements (Report to the Russian federation and also the World Bank).

4 21M Russians Live in Poverty, Official Data Says. July 30, 2019. https://www.themoscowtimes.com/2019/07/30/21m-russians-live-in-poverty-official-data-says-a66618

5 Ada Ferrer-I-Carbonell and Bernard M.S. Van Praag Poverty in Russia. Journal of Happiness Studies· February 2001. pp. 147-172. DOI: 10.1023/A:1011560530411 · Source: RePEc

6The Population of Poverty USA. https://www.povertyusa.org/facts

7 Poverty in the United Stateshttps://www.debt.org/faqs/americans-in-debt/poverty-united-states/

8 O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlari http://web.stat.uz/open_data/uz/9.2% 20OD_income_by_deciles_uzb.pdf

9 O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlari asosida hisoblangan.

10 Iroq va Suriyadan qaytarilgan ayollar bo‘yicha o‘rganish natijalari ma’lum qilindi. https://kun.uz/news/2020/03/03/iroq-va-suriyadan-qaytarilgan-ayollar-boyicha-organish-natijalari-malum-qilindi

11 21M Russians Live in Poverty, Official Data Says. July 30, 2019. https://www.themoscowtimes.com/2019/07/30/21m-russians-live-in-poverty-official-data-says-a66618

12 Ada Ferrer-I-Carbonell and Bernard M.S. Van Praag Poverty in Russia. Journal of Happiness Studies· February 2001. pp. 147-172. DOI: 10.1023/A:1011560530411 · Source: RePE

13 O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlari http://web.stat.uz/open_data/uz/9.2% 20OD_income_by_deciles_uzb.pdf

14 O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlari asosida hisoblangan.

15 Iroq va Suriyadan qaytarilgan ayollar bo‘yicha o‘rganish natijalari ma’lum qilindi. https://kun.uz/news/2020/03/03/iroq-va-suriyadan-qaytarilgan-ayollar-boyicha-organish-natijalari-malum-qilindi

16 Tarixda ilk marta «yopiq mavzu» bo‘lgan qambag‘allikni qisqartirish uchun kurash boshlandi https://review.uz/uz/post/tarixda-ilk-marta-yopiq-mavzu-bolgan-qambagallikni-qisqartirish-uchun-kurash-boshlandi

17 World Bank. 2020. Global Economic Prospects, January 2020: Slow Growth,Policy Challenges.Washington, DC: World Bank.p. 89.

[1]Research to help the world’s poor. https://www.nobelprize.org/uploads/2019/10/popular-economicsciencesprize 2019-2.pdf

[2] Popkin, B.M., A.K. Baturin, M. Mozhina, T. Mroz, S. Annu, I. Dmitrichev, E. Glinskaya and M. Lokshin: 1996, The Russian Federation Subsistence Income Level: The development of regional food baskets and other methodological improvements (Report to the Russian federation and also the World Bank).

[3] Sidorchuk I.B. (2010) Kriterii bednosti i pokazateli yeye opredeleniya. https://cyberleninka.ru/article/n/kriterii-bednosti-i-pokazateli-ee-opredeleniya/viewer

[4] Sazanov I.S. (2012) Bednost: Natsionalnie i mejdunarodnie kriterii//Chelyabinskiy gumanitariy. -№3(20). – S.80-84.

[5] Majeed M.T., Malik M.N. (2015) Determinants of Household Poverty: Empirical Evidence from Pakistan. he Pakistan Development Review 54:4, Part II (Winter ) pp. 701–718

[6] Milton Friedman A. (1957) Theory of the Consumption Function. Princeton, N.J. Princeton University Press.

[7] Stachle H. Ability, (1943) Wages and Income. Review of Economics and Statistics, XXV, February, pp. 77-87.

[8] Mincer, J. (1958) Investment in Human Capital and Personal Income Distribution. TheJournal of Political Economy 281–302.https://www.jstor.org/stable/1827422?read-now=1&refreqid=excelsior%3Ad2f165a96877f753b910571c7cf28284&seq=1#page_scan_tab_contents

[9] Rindermann H., Sailer M., Thompson J. (2009) The impact of smart fractions, cognitive ability of politiciansand average competence of peoples on social development//Talent Development & Excellenc. - №1(1). - pp.3-25.

[10] Peng, C., Fang, L., Wang, J.S. et al. (2019) Determinants of Poverty and Their Variation Across the Poverty Spectrum: Evidence from Hong Kong, a High-Income Society with a High Poverty Level. Soc Indic Res 144, 219–250. https://doi.org/10.1007/s11205-018-2038-5

[11] 21M Russians Live in Poverty, Official Data Says. July 30, 2019. https://www.themoscowtimes.com/2019/07/30/21m-russians-live-in-poverty-official-data-says-a66618

[12] Ada Ferrer-I-Carbonell and Bernard M.S. Van Praag Poverty in Russia. Journal of Happiness Studies· February 2001. pp. 147-172. DOI: 10.1023/A:1011560530411 · Source: RePEc

[13]O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlari http://web.stat.uz/open_data/uz/9.2% 20OD_income_by_deciles_uzb.pdf

[14]O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlari asosida hisoblangan.

[15]Iroq va Suriyadan qaytarilgan ayollar bo‘yicha o‘rganish natijalari ma’lum qilindi. https://kun.uz/news/2020/03/03/iroq-va-suriyadan-qaytarilgan-ayollar-boyicha-organish-natijalari-malum-qilindi

[16]Tarixda ilk marta "yopiq mavzu" bo‘lgan qambag‘allikni qisqartirish uchun kurash boshlandi https://review.uz/uz/post/tarixda-ilk-marta-yopiq-mavzu-bolgan-qambagallikni-qisqartirish-uchun-kurash-boshlandi

[17] World Bank. 2020. Global Economic Prospects, January 2020: Slow Growth,Policy Challenges.Washington, DC: World Bank.p. 89.



  • kambag‘allik

 

  • Nodir Jumayev

 

  • Pandemiya

Maqolani ulashing  

Download 270.34 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling