Maktab «Kichik Akademiya»si Rahbari: Abdullayeva Malika Mahmudjonova Yosh ijodiy izlanuvchi 8-«B» Sinf òquvchisi: Shuxratov Òktam Ilmiy Rahbar: Raximova Dilfuza Tilavboyevna Taqriz


Download 1.88 Mb.
bet1/4
Sana10.04.2023
Hajmi1.88 Mb.
#1349326
  1   2   3   4
Bog'liq
adabiyot

Shuxratov Òktam


Abdulla Qodiriy
(Hayoti va Ijodi)

Maktab «Kichik Akademiya»si
Rahbari:Abdullayeva
Malika Mahmudjonova

Yosh ijodiy izlanuvchi 8-«B»
Sinf òquvchisi: Shuxratov Òktam

Ilmiy Rahbar:
Raximova Dilfuza
Tilavboyevna

Taqriz
Yosh ijodiy izlanuvchi Shuxratov Òktam òzining «Abdulla Qodiriy hayoti va Ijodi»nomli ilmiy ijodiy ishida Abdulla Qodiriyning hayoti va ijodi haqida ma'lumot tòplab,mavzuni tòlaqonli ochib berishga harakat qildi.
Mazkur ilmiy ish Reja, asosiy qism, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ròyxatidan tashkil topgan. Ilmiy ishning bosh mavzusi «Abdulla Qodiriyning hayoti va ijodi
haqida ma' lumot berish»-deb nomlanadi. Bundan tashqari Abdulla Qodiriy haqida qòshimcha ma'lumotlar ham tòplangan. Shu bilan birga Abdulla Qodiriy hayoti va ijodini ham yoruģ ochib berdi.


Reja:

  1. Yozuvchining hayoti.

  2. Yozuvchi haqida qòshimcha ma' lumotlar.

  3. Yozuvchining ijodi.

  4. «Òtkan kunlar» asari.

  5. Qodiriyni xotirlash.



Abdulla Qodiriy hayoti

Ulkan iste'dod egasi Abdulla Qodiriy 1894-yil 10-aprelda Toshkentda boġbon oilasida tuġildi. Bòlajak adib hayot mohiyatini, turmushdagi tirikchilik tashvishlari-yu ziddiyatlarini juda erta angladi. XX asr avvali ijtimoiy hayotidagi tang holatlar yosh Abdullaning bolaligiga ham soya tashladi. U bolaligidanoq turmush tashvishlari ichiga shònġidi. Shu ma'noda adib òz tarjimayi holiga oid manbalarda òsha zamonlarni xotirlab shunday yozadi: "Men qaysi yilda va qaysi oyda tuġilġonimni bilmayman. Har holda bemavridroq bòlsa kerak, kambaġal, boġbonlik bilan kun kechiruvchi oilada tuġulib, yaqinlarimning sòzlariga qaraganda, mustabid Nikolay taxtga òtirgan yilida tuġulġonman. Boshida boy oilada tuġuldimmi yoki kambaġal oiladami, albatta, bilmadim. Ammo yoshim 7-8 ga yetgach, qornim oshġa tòymaġonidan, ustum tuzukroq kiyim kòrmaganidan aniq bildimki, besh jonning tomoġi faqat 80 yoshlik chol otamning mehnatidan, 1300 sarjin1 boġning yozda yetishtirib beradigan hosilidan kelar edi. Agar bahor yomon kelsa, boġ mevalari ofatga uchrab qolsa, biz ham ochliqqa duch kelib, qishi bilan jovrashib chiqar ekanmiz". Abdulla Qodiriy bolaligida duradgorlikni òrganadi; akasi bilan toqivchilik qildi. Shuningdek, u esini tanigan choġidan boshlab, otasiga boġ ishlariga qarashadi. Bu yumush unga umr bòyi hamroh bòlgani ma'lum gap.




U dastlab musulmon maktabida, keyin rus-tuzem maktabi hamda Abulqosim shayx madrasasida ta'lim oldi. Adibning otasi Qodir bobo Turkiston tarixida òtgan bir qancha hukmdorlar zamonida yashab, uzoq umr kòradi. Abdulla Qodiriy tarbiyasi, ijodi va romanlarining maydonga kelishiga otasidan eshitgan voqea-hodisalar kuchli ta'sir kòrsatadi. Shuning uchun ham adib òz asarlarida otasini ehtirom bilan tilga oladi, hikoyalaridan birini otasiga baġishlaydi. Adib òz asarlarida mòtabar onasi Xosiyat bibi siymosidan ham prototip sifatida foydalangan bòlishi tabiiy, albatta.


Abdulla Qodiriy 1914-yili Rahbarnisa Rasulmuhammadboy qiziga uylanadi. Ulardan Nazifa, Habibulla, Adiba, Ma'sud va Anisa ismli uch qiz va ikki ògil tuġiladi.
Abdulla Qodiriy odamlar orasiga kirib, jamiyat dardlarini, ayniqsa, Oziq qòmitasining "Oziq ishlari" gazetasida ishlagan 20-yillarda ijtimoiy-siyosiy muhit "òyinlari" ni kuzatdi. Oriflar kòzi oldidagi hayotni, uning oq-qora ranglaridan boshqa jihatlarini ham ma'rifat oynasiga solib kòrishadi.
Ahli ma'rifat kuyunib yashaydi, yashab kuyinadi. Ayniqsa, sa'natkor qalamini qòliga tutgan ijodkor voqealikni obrazlar olamiga kòchiradi.
Yozuvchi òz vaqtida ijtimoiy hayotga, matbuot ishlariga faol qatnasha boshlaydi. "Turkiston" gazetasining 1924-yil 15- sonida bosilgan "Taqdir etarlik bir ish" deb nomlangan xabar-maqolada shunday ma'lumotlar bor: "Eski shahar vaqf2 bòlinmasi Julqunboyni òz ta'minotiga olib, Moskovga òqushga yubordi. Jònatish oldidan besh oylik maoshini qòliga naqd berub, bir oylik mukofot ham berdi.
Iqtisodiy idoralarimizning shunday qadr qilib, qilġon himmatlariġa ofarin deymiz va òrtoġimiz Julqunboyġa muvaffaqiyat tilab, òzi uzoq ketsa ham, qalamining yaqinda turishini umid qilamiz". Shu yòsinda Abdulla Qodiriy 1924-yil iyunidan 1925-yil iyul oylariga qadar Moskvada òqiydi. Demak Abdulla Qodiriy "eski shahar vaqf bòlinmasi" hisobidan, uning iqtisodiy yordami bilan Moskvaga òqishga ketadi. Hayotiy dalillarni òrganishga kòra, adibning Moskvadagi òqish davri roppa-rosa bir yilga- 1924-yil iyunidan 1925-yil iyun oylariga tòġri keladi. "Maskiv xatlari" turkumini yozadi.

1926-yilda "Mushtum" jurnalida chiqqan "Yiġindi gaplar" maqolasidagi "yuqori rahbarlarga tegadigan qaltis gaplari" uchun, ayrim muttaham hamkasblarning chaquvlari oqibatida adib 1926-yili 8-mart kuni qamoqqa olinadi.


U bu voqeadan keyin qisqa muddat qamaladi. 1937-yilning 31-dekabrida esa "Xalq dushmani" sifatida ikkinchi bor qamoqqa olinib, 1938-yil 4-oktabrida Toshkentda otib tashlanadi.


Download 1.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling