Maktab psixologi xonasiga qoʻyiladigan talablar


Download 66.96 Kb.
bet1/8
Sana16.06.2023
Hajmi66.96 Kb.
#1515090
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
KURS ISHI


KIRISH
Turli ta’lim – tarbiya muassasalarida psixolog faoliyat ko’rsatib kelayotganiga ancha bo’ldi. Ular o’z faoliyatlarining, o’z yordamining qanchalik muhimligini, yosh avlodni barkamol insonlar qilib voyaga etkazishda ularning ishtiroki zarur ekanligini ko’rsatib, ifodalab berishlari muhimligini anglab etishlari lozim. Buning asosiy sabablaridan biri, bizning fikrimizcha, psixologlarning o’z faoliyatida ta’lim tarbiya muassasalari xarakterli xususiyatlariga etarlicha e’tibor bera olmayotganliklari, muassasaning o’ziga xos xususiyatlariga moslasha olmayotganliklaridadir. Turli yoshdagi, jinsdagi ma’lumot va e’tiqod darajasidagi odamlar bilan psixolog bir xil metod va usul orqali ishlamas ekan nima uchun turli ta’lim - tarbiya muassasalarida olib boradigan faoliyati o’zaro farqlanmaydimi? Turli muassasa bu turlicha sharoit, turli muassasa-bu rivojlanishi jihatdan turlicha bo’lgan bolalar.
Shunday ekan, turli xil muassasalarda psixolog yagona qolipga solingan yo’ldan borishi mumkinmi? Bizningcha, mumkin emas. Shundan kelib chiqib, turli tuman bolalar muassasalarida psixolog olib boradigan ishning bir – biridan farqi, o’ziga xos va takrorlanmas xususiyatlariga e’tiboringizni qaratmoqchimiz. Biz qisqacha tarzda psixologning maktabgacha tarbiya muassasalarida olib boradagan ishlari, umumiy o’rta ta’lim maktablarida va mehribonlik uylarining tarbiyalanuvchilari bilan amalga oshiradigan ishlarning ayrim jihatlari haqida to’xtalib o’tamiz.
Maktab psixologi xonasiga qoʻyiladigan talablar
I. Umumiy qoidalar
Psixologik xizmat xonasi Oʻzbekiston Respublikasi umumtaʼlim maktablarida barkamol insonni shakllantirish, oʻquvchilarning shaxsiy va intellektual jihatdan rivojlanishini tashxis qilish, taʼlim-tarbiyadagi psixologik nuqsonlarni aniqlash, oʻquvchilarning intellektual rivojlanishida sodir boʻlishi mumkin boʻlgan har qanday salbiy ogʻishlarni oʻz vaqtida oldini olish, shuningdek, oʻquv jarayonida oʻquvchining qobiliyatlari, imkoniyatlari, oʻziga xos (individual) xususiyatlarini oʻrganish, kasb-hunarga moyilliklari, qiziqishlari va koʻnikmalarini hisobga olgan holda, ularga akademik litsey yoki kasb-hunar kollejlaridagi taʼlim yoʻnalishini tanlashda koʻmaklashish, oilada, jamoada uning aʼzolari oʻrtasida sodir boʻladigan turli nizolar sababli shaxsdagi ruhiy kechinmalarni yengillashtirish, stress holatlarni bartaraf etish, maktab pedagogik jamoasini hamda oʻquvchilar va ota-onalarni psixologik bilimlarni egallashga jalb etish, ularning psixologik madaniyatini oshirishga qaratilgan turli mashgʻulotlar, oʻquvlar, maʼruzalar, treninglar, individual suhbatlarni yetarli jihozlar bilan taʼminlangan qulay sharoitda amalga oshirish maqsadida tashkil etiladi.

Download 66.96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling