Maktabgacha ta'lim muassasalarini boshqarishga doir meyoriy hujjatlar Reja


Download 22.24 Kb.
Sana17.06.2023
Hajmi22.24 Kb.
#1532354
Bog'liq
Maktabgacha ta\'lim muassasalarini boshqarishga doir meyoriy hujjatlar


Maktabgacha ta'lim muassasalarini boshqarishga doir meyoriy hujjatlar
Reja:


  1. Ta’lim muassasasini boshqarishga doir meyoriy-huquqiy hujjatlar.

  2. Maktabgacha ta'lim muassasalarini boshqarishga doir meyoriy hujjatlar

Umumiy o‘rta ta'limning davlat ta'lim standarti 1-ilovaga muvofiq, O‘rta maxsus, kasb-hunar ta'limining davlat ta'lim standarti 2-ilovaga muvofiq, Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta'limining umumta'lim fanlari bo‘yicha malaka talablari 3-ilovaga muvofiq, Akademik litsey va kasb-hunar kolleji diplomlarining davlat namunalari 4-ilovaga muvofiq hamda Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta'limi muassasalari uchun umumta'lim fanlaridan o‘quv-metodik majmualarning yangi avlodini ishlab chiqishga qo‘yiladigan umumiy talablar 5-ilovaga muvofiq tasdiqlandi.


Yangi tasdiqlangan Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta'limining davlat ta'lim standartlari 2017-2018 o‘quv yilidan boshlab bosqichma-bosqich amaliyotga joriy etilishi belgilandi.
Davlat ta'lim standartining maqsadi — umumiy o‘rta ta'lim tizimini mamlakatda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar, rivojlangan xorijiy mamlakatlarning ilg‘or tajribalari hamda ilm-fan va zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalariga asoslangan holda tashkil etish, ma'naviy barkamol va intellektual rivojlangan shaxsni tarbiyalashdan iborat.
Davlat ta'lim standartining vazifalari quyidagilardan iborat:
umumiy o‘rta ta'lim mazmuni va sifatiga qo‘yiladigan talablarni belgilash;
milliy, umuminsoniy va ma'naviy qadriyatlar asosida o‘quvchilarni tarbiyalashning samarali shakllari va usullarini joriy etish;
o‘quv-tarbiya jarayoniga pedagogik va zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish, umumiy o‘rta ta'lim muassasalarining o‘quvchilari va bitiruvchilarining malakasiga qo‘yiladigan talablarni belgilash;
kadrlarni maqsadli va sifatli tayyorlash uchun ta'lim, fan va ishlab chiqarishning samarali integratsiyasini ta'minlash;
ta'lim va uning pirovard natijalari, o‘quvchilarning malaka talablarini egallaganlik darajasini tizimli baholash tartibini, shuningdek ta'lim-tarbiya faoliyati sifatini nazorat qilishning huquqiy asoslarini takomillashtirish;
davlat ta'lim standartlari talablarining ta'lim sifati va kadrlar tayyorlashga qo‘yiladigan xalqaro talablarga muvofiqligini ta'minlash.
VMning 187-sonli qarori bilan tasdiqlangan Umumiy o‘rta ta'lim DTSlarida yangi tushunchalar qatorida kompetensiya tushunchasi kiritilgan. Bu o‘rinda kompetensiya — mavjud bilim, ko‘nikma va malakalarni kundalik faoliyatda qo‘llay olish qobiliyati deb ta'rif berilgan. Ta'limda ilg‘or davlatlarning tajribalaridan bizga ma'lumki xozirgi vaqtda o‘quvchilar nafaqat bilim, balki uni hayoti davomida qo‘llay olishi malakasiga ega bo‘lishi nihoyatda muhimdir.
O‘rta maxsus kasb-hunar ta'limi. Mehnat bozorining zamonaviy ehtiyojlariga muvofiq uzluksiz ta'lim tizimini takomillashtirish va yuqori malakali kadrlar tayyorlash, ta'lim xizmatlarining ochiqligi va sifati masalalariga davlat tomonidan alohida e'tibor qaratilmoqda.
O‘tgan yillarda kasb-hunar ta'limini rivojlantirish, ta'lim jarayonini modernizatsiyalash va mazmunini yangilashni ta'minlash maqsadida uning huquqiy bazasini mustahkamlash bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar amalga oshirildi, iqtidorli yoshlarning xalqaro va respublika olimpiadalari hamda tanlovlarda salmoqli natijalarga erishishlarida ularni manzilli ko‘llab-quvvatlash bo‘yicha qator tizimli chora-tadbirlar ko‘rildi.
Shu bilan birga, umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta'limi rivojlanishini tahlil qilish natijalari tizimning bugungi kun talablariga javob bermasligini va tub islohotlarga muhtojligini ko‘rsatdi:
birinchidan, kasb-hunar kollejlari aholi yashash joylariga yaqin bo‘lmagan masofada joylashtirilganligi, ayniqsa, hududlarda transport infratuzilmasi yetarli darajada rivojlanmaganligi hamda ob-havo sharoitlari tufayli o‘quvchilarning vaqti-vaqti bilan ommaviy ravishda dars mashg‘ulotlarini qoldirishlariga sabab bo‘lmoqda;
ikkinchidan, kasb-hunar kollejlarining moddiy-texnika bazasini shakllantirishning mavjud amaliyoti kasb-hunar kollejlari ta'lim yo‘nalishlariga javob bermaydigan o‘quv ustaxonalari tashkil etilishiga, butlovchi va ehtiyot qismlar bilan yetarli darajada ta'minlanmasligiga olib keldi. Kasb-hunar kollejlari moddiy-texnik jihozlanishining o‘rtacha darajasi bugungi kunda atigi 56 foizni tashkil etadi, 31 ta kasb-hunar kollejida o‘quv ustaxonalari umuman mavjud emas;
uchinchidan, yetarli darajada moliyalashtirilmaganligi natijasida kasb-hunar ta'limi tizimi uchun zarur bo‘lgan ko‘plab darsliklar va o‘quv qo‘llanmalari nashr etilmadi, darsliklarning 50 foizi rus va qoraqalpoq tillariga tarjima qilinmagan, amaldagi darsliklar biror marta yangilanmagan;
to‘rtinchidan, kasb-hunar kollejlarida kadrlar tayyorlash tizimi hududlardagi iqtisodiy tarmoqlarning real ehtiyojlaridan ortda qolganligi, shuningdek, kasb-hunar kollejlari uchun belgilangan qabul kvotalarida mehnat bozori kon'yunkturasi va ishlab chiqarish amaliyotini tashkil etish imkoniyatlari hisobga olinmasligi bitiruvchilarni ishga joylashtirishda qiyinchilik tug‘dirmoqda;
beshinchidan, kasb-hunar kollejlaridagi mavjud o‘quv jarayonini tashkil etishning hozirgi holati, qo‘llanilayotgan o‘quv-normativ hujjatlar hamda o‘qitish muddatlari kasblarning murakkablik darajasiga javob bermaydi, ishlab chiqarish amaliyotini tashkil etishdagi kamchiliklar olinayotgan bilim darajasi tushib ketishiga va tegishli ravishda qator ta'lim yo‘nalishlari bo‘yicha bitiruvchilarga bo‘lgan ehtiyojning pasayishiga olib keladi va natijada o‘qishni tamomlagandan keyin ish joylarida ularni qo‘shimcha o‘qitish zaruratini keltirib chiqarmoqda;
oltinchidan, aholi turli toifalarini «Hayot davomida ta'lim olish» prinsipi bo‘yicha kasbga tayyorlash tizimining yetarli rivojlanmaganligi aksariyat katta yoshli aholi, shuningdek, ishsiz yoshlar va nogiron shaxslarning mehnat bozorida keraksiz bo‘lib qolishiga olib kelmoqda;
yettinchidan, kasb-hunar kollejlarida o‘quv jarayonini tashkil etishga va o‘quvchilarni intellektual, ma'naviy-ma'rifiy tarbiyalashga yuzaki yondashish, ularning bo‘sh vaqtlarini band etishning samarasiz mexanizmi o‘quvchilar tomonidan sodir etilgan huquqbuzarlik va jinoiy qilmishlar soni ortishiga, ularning o‘qishga qiziqishi hamda davomatning tushib ketishiga sabab bo‘lmoqda.
Ilg‘or xorijiy mamlakatlar tajribasi asosida umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta'limi tizimini tubdan takomillashtirish, malakali kadrlar tayyorlash uchun shart-sharoitlar yaratish, kasb-hunar kollejlari bitiruvchilari bandligini ta'minlash, shuningdek, 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini amalga oshirish maqsadida 2018 yil 25 yanvarda “Umumiy o‘rta, o‘rta maxsus va kasb-hunar ta'limi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni chiqdi.
Xujjatga muvofiq 2018/2019 o‘quv yilidan boshlab majburiy umumiy o‘rta va o‘rta maxsus ta'lim umumta'lim maktablarida, shu jumladan, ixtisoslashtirilgan maktablarda, ixtisoslashtirilgan san'at va madaniyat maktab-internatlarida, ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktab-internatlarida hamda akademik litseylarda uzluksiz va 11 yillik muddatda amalga oshirilaishi;
2019/2020 o‘quv yilidan boshlab kasb-hunar kollejlariga o‘qishga qabul qilish umumta'lim maktablarining 11-sinflari bitiruvchilari hisobidan, ixtiyoriylik asosida, tegishli mutaxassislikka (kasbga) ega bo‘lish uchun 6 oydan 2 yilgacha bo‘lgan o‘qitish muddatlarida amalga oshirilishi bulgilab qo‘yilgan.
Shuningdek, uch oy muddatda mavjud ta'lim dasturlariga kiradigan mutaxassisliklar bo‘yicha mehnat bozoridagi real ehtiyojni aniqlash, ularning hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlarining maqsadli ko‘rsatkichlariga muvofiqligi, keyinchalik bitiruvchilarni biriktirish maqsadida tarmoqlarda potensial ish beruvchilarni aniqlash yuzasidan kasb-hunar kollejlari faoliyatini har tomonlama tanqidiy o‘rganib chiqish;
hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlarining maqsadli parametrlariga va mehnat bozori prognoziga muvofiq, kadrlarga bo‘lgan mavjud real ehtiyojni inobatga olib kasb-hunar kollejlarini tarmoq bo‘ysunuvi asosida tegishli vazirliklar, idoralar, xo‘jalik birlashmalari, tijorat banklari va yirik korxonalar tasarrufiga o‘tkazish;
tadbirkorlik sohasi, shu jumladan, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub'ektlari uchun mehnat bozorida talab qilinayotgan kasblar bo‘yicha kadrlarni maqsadli tayyorlaydigan ko‘p tarmoqli kasb-hunar kollejlarini tashkil etish;
tarmoq vazirliklari, idoralari, xo‘jalik birlashmalari, tijorat banklari va yirik korxonalar — kadrlar buyurtmachilari tomonidan alohida mutaxassisliklar (kasblar)ga ehtiyoj va talab past bo‘lgan kasb-hunar kollejlari umumiy sonini optimallashtirgan holda ularni qisman qayta tashkil etish;
optimallashtirilishi kerak bo‘lgan kasb-hunar kollejlarining moddiy-texnika bazasidan, ularda umumta'lim maktablari, o‘quv-ishlab chiqarish majmualari va maktabgacha ta'lim muassasalari joylashtirilishini nazarda tutib, bino va inshootlaridan maqsadli va samarali foydalanish vazifasi berilgan. Maktabgacha ta'lim muassasasida bolalar bilan qurilish materiallari yordamida o'yin va mashg'ulotlar o'tkazishning ahamiyati katta. Yosh avlodni har tomonlama tarbiyalashda maktabgacha ta'lim muassasasida qurilish materiallari yordamida o'tkaziladigan o'yin va mashg'ulotlar katta o'rin egallaydi. Bolalarning qurilish o'yinlari rollarga bo'linib o'ynaladigan o'yinlarning ajralmas bir qismi hisoblanadi. Qurilish o'yinlarida ham bolalar tevarak-atrofdagi narsalarni, kattalarning faoliyatlarini aks ettiradilar. Qurilish o'yinlarining mazmunini bolalarning o'zlari yaratadilar. Bolalar ko'pincha kattalarning qurilishdagi faoliyatlariga taqlid qilib, «Quruvchi ishchi» rolini bajaradilar. Bolalarning qurilish o'yinlari qiziqarli ijodiy faoliyatdir. Ular o'z o'yinlarida qurilishlarni transport harakati, kattalarning mehnati haqidagi taassurotlarini aks ettiradilar. Bunday o'yinlar bolalarda tashabbuskorlikni uyg'otishga, ularni fikr yuritish va harakat faoliyatlarini faollashtirishga keng imkon yaratadi. Mashg'ulot va o'yin vaqtida bolalar bir-birlari bilan turlicha munosabatda bo'ladilar. Ular rollarni o'zaro bo'lishib oladilar, ishlarni bajarishda bir-birlariga yordam beradilar va maslahatlashadilar. Qurilish o'yinlarida harakat elementlari ko'p bo'lib, u bolalarning harakat qilishga nisbatanbo'lgan talablarini qondirishga yordam beradi. Bola biror narsani qura boshlaganda qurilish materiallarini tegishli joyga olib boradi, ularni stol yoki pol ustiga joylashtiradi, engashadi, bu vaqtda uning qo'llari faol harakat qiladi, ya'ni ma'lum miqdorda jismoniy kuch sarflaydi. Mayda qurilish materiallari bilan o'ynaganda qo'lning mayda muskullari yaxshi rivojlanadi. Qurilish o'yinlarini o'ynash natijasida bolalarning kuzatuvchanligi ortadi, texnikaga bo'lgan qiziqishlari o'sib boradi. Bundan tashqari, ular o'yin jarayonida oddiy geometrik shakllarning tuzilishi bilan ham tanishadilar. Qurilish o'yinlarining tarbiyaviy ta'siri shundaki, bunda bolalar aks ettiradigan hodisa va narsalarning g'oyaviy mazmuni o'z aksini topadi.
Maktabgacha tarbiya yoshdagi bolalarda tafakkurning tahlil va sintez, taqqoslay bilish kabi uquvlari hali sust rivojlangan bo'ladi. Qurilish materialari yordamida o'tkaziladigan o'yinlar esa bolalarning tafakkurini, ijodiy qobiliyatini o'stiradi. Tarbiyachining ko'rsatgan narsasini esda saqlab qolish va uni qayta esga solish bolalarni narsalarni bir-biriga solishtirishga, tahlil va sintez qilishga, o'xshashini topib qo'yishga va farqini ajrata bilishga majbur qiladi va qurilishdagi vazifalarni pala-partish bajarmaslikka, tasodifiy xulosa bilan qoniqib qolmay, balki maqsadga muvofiq yo'l tutishga o'rgatadi. Bolalar bilimini sistemali ravishda qurilish o'yinlari faqat tevarak-atrofni bilib olish vositasigina bo'lib qolmay, balki axloqiy sifatlarni tarbiyalovchi vosita hamdir. Bolalar doimo atrofda qurilayotgan yangi turar joylarni, maktablar, bolalar bog'chalari, do'konlarni kuzatib boradilar va tarbiyachidan hukumatimizning xalqlarga qilayotgan g'amxo'rligini eshitadilar. Bolalar bevosita kuzatayotgan qurilishdagi aniq misollar bolalarning o'zbek xalqi o'z mehnatini qanchalik sevishini tushunishlariga yordam beradi. Qurilish o'yinlari orqali tarbiyachi bolalarda mehnatsevarlik, mustaqillik, o'z ishiga javobgarlik hissini tarbiyalab borishga harakat qiladi.
Bolalar jamoasini to'g'ri tashkil etishda qurilish materiallari bilan o'tkaziladigan o'yin va mashg'ulotlar katta ahamiyatga ega. Qurilish materiallari bilan o'tkaziladigan o'yin va mashg'ulotlar bolalarni maktabga tayyorlash ishini amalga oshirishda ham yordam beradi. Bu o'yin va mashg'ulotlar jarayonida bolalarda diqqatni bir joyga to'plash, oldiga qo'ygan maqsadga chidam va sabot bilan erishish, olgan bilimi va malakasi asosida ijodiy tashabbuskorlik ko'rsatish xususiyatlari shakllanib boradi. Qurilish haqidagi asosiy bilimni bolalar qurish-yasash mashg'ulotida egallaydilar. Ana shu mashg'ulotlarda ular narsalarning elementar ko'rinishlarini, qurilish detallaridan maqsadga muvofiq foydalana olishni o'rganadilar va qurilishni badiiy jihatdan bezashning oddiy usullarini o'zlashtirib oladilar. Maktabgacha tarbiya yoshidagi kichik bolalar qurish-yasashga bir necha bor urinadilar, ular faqat qurilish to'plamlaridagi materiallarni yapaloq tomoni bilan qo'yib, terib chiqadilar yoki bk-birining ustiga qo'yadilar. Tarbiyachi bolalarni har xil narsalar qurishga o'rgatgan bo'lsa, kichik yoshdagi bolalarning qurilish o'yinlarida u o'z aksini topadi.
Download 22.24 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling