Maktabgacha ta'lim tashkilotini tashkil etishning majburiy tartibi joriy etiladi


Download 5.33 Kb.
Sana31.01.2024
Hajmi5.33 Kb.
#1828680
Bog'liq
Maktabgacha ta\'-WPS Office


Maktabgacha ta'lim tashkilotini tashkil etishning majburiy tartibi joriy etiladi
calendar
12:27 / 16.08.2019

22985


Foto: Fotolia
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 30 sentyabrdagi qarori bilan tasdiqlangan “2018-2019 yillarda maktabgacha ta'lim tizimini yanada takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar” Dasturida sohani tartibga solishni nazarda tutuvchi qonun qabul qilinishi belgilab berilgan edi. Ayni kunlarda Dastur ijrosi doirasida ishlab chiqilgan O‘zbekiston Respublikasining “Maktabgacha yoshdagi bolalarga maktabgacha ta'lim berish va tarbiyalash to‘g‘risida”gi qonun loyihasi Qonunchilik palatasida muhokamalardan o‘tkazilmoqda.

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati O‘rol Hayitovning yozishicha, qonun loyihasida tashkilot tushunchasi ishlatilgan. Bu, albatta, ta'lim dargohlarini turli mulk shakllarida tashkil etish imkoniyatlarini yaratadi. Bu jarayon mamlakatda boshlanib ketgan. Hech bir ish maqsadsiz bo‘lmaganidek, loyihada uning maqsadi aniq mustahkamlab qo‘yilmoqda. Bolalarni maktabgacha ta'lim muassasalariga jalb etish, tarbiyalash, g‘amxo‘rlik ko‘rsatish, ta'lim berish bilan bog‘liq munosabatlar qonun darajasida tartibga solinmoqda.

Tarbiya beruvchi va tarbiya oluvchi tomon qonunda belgilab berilgan normalar asosida o‘z munosabatlarini tashkil etishi bola rivojlanishini ta'minlashning asosidir. Shu maqsadda qonun loyihasida maktabgacha yoshdagi bolalarning rivojlanishini ta'minlashning asosiy prinsiplari qanday bo‘lishi belgilab berilmoqda. Har qanday maktabgacha yoshdagi bola bilan shug‘ullanadigan ta'lim-tarbiya maskani o‘z faoliyatida mana shu prinsiplarga amal qilishi qonunda o‘z aksini topmoqda. Shuningdek, maktabgacha ta'limning davlat kafolatlari belgilab berilmoqda.

Qonun loyihasining muhim jihatlaridan yana biri — bu maktabgacha yoshdagi bolalarni erta rivojlanish jarayoni alohida bosqichlarga bo‘linganidir. Shu asosda bolalarni tarbiyalash va ularga g‘amxo‘rlik qilish hamda bolaning maktabgacha ta'lim olishi belgilab qo‘yilmoqda. Maktabgacha ta'lim tashkilotlarining huquqlari, majburiyatlariga alohida o‘rin berilgan. Ta'lim-tarbiya jarayonini tashkil etish, davlat maktabgacha ta'lim standarti mazmuni masalalari ham qonun loyihasi normalarida o‘z aksini topgan.

Qonun loyihasida maktabgacha ta'lim tashkilotlari tiplari umumiy, ko‘p tarmoqli ixtisoslashgan, inklyuziv guruhlarga ega hamda qo‘shma tipdagi maktabgacha ta'lim tashkiloti tiplariga ajratilgan bo‘lib, ota-onalar yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslarning istak-xohishi, sharoitlariga qarab tanlash imkoniyatini yaratadi.

Loyihaning yana bir muhim jihati — maktabgacha ta'lim tashkilotini tashkil etishning majburiy tartibi taklif etilmoqda. U qanday mulk shaklida tashkil etilishidan qat'i nazar, o‘z faoliyatida mazkur tartibning talablariga javob berishi zarur. Nodavlat maktabgacha ta'lim tashkilotini litsenziyalash, akkreditatsiyadan o‘tkazish tartiblari ham alohida moddalarda berilgan. Bu borada vakolatli va nazorat qiluvchi organlarning vakolatlari, huquq va majburiyatlari ham e'tiborga olingani muhim hisoblanadi.



Qonun loyihasining qabul qilinishi maktabgacha ta'lim tizimini yanada rivojlantirishda, ta'lim muassasalari faoliyatini takomillashtirishda muhim omil bo‘ladi, deb yozadi deputat.
Download 5.33 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling