- Bolalar nutqini o‘stirish
- O‘qituvchi: f.f.n., dotsent G‘. Eshmonov
Reja: - Maktabgacha yoshdagi bolalar nutqini rivojlantirish qonuniyatlari.
- Bolalar nutqini rivojlantirishning ilmiy asosi.
- Bolaning nutqi til qonuniyatlariga tо‘g‘ri amal qilish, kattalar nutqini idrok etish va о‘zining ijodiy faolligi natijasida rivojlanadi:
- Birinchi qonuniyat: Ona tilidagi nutqni idrok etish qobiliyati bola nutq organlari muskullarining mashq qildirilishiga bog‘liq (shuning uchun ham sо‘z, ibora va gaplarni talaffuz etishni takomillashtirish uchun nutq organlarini mashq qildirishga yetarli darajada e’tibor bermoq muhimdir).
- Ikkinchi qonuniyat: Nutq ma’nosini tushunish bola tomonidan nutqning leksik va grammatik qonuniyatlarining о‘zlashtirilishiga bog‘liq.
- Uchinchi qonuniyat: Nutq ifodaliligini о‘zlashtirish bolada fonetika, leksika va grammatikaning ifoda vositalarini tushunishga bо‘lgan moyillikka bog‘liq (maktabgacha katta yoshdagi bolalarni nutq ifodaliligini tushunishga о‘rgatish hamda bu hissiyotlarning bola tomonidan о‘zlashtirilishiga erishish lozim).
- Tо‘rtinchi qonuniyat: Nutqni boyitish, avvalo, nutq kо‘nikmalarini takomillashtirishga bog‘liq (agar oldingi yosh bosqichida maktabgacha katta yoshdagi bola nutqini shakllantirish muvaffaqiyatli bо‘lgan bо‘lsa, undan keyingi nutqni boyitish jarayoni hamda uni о‘zlashtirish oson va tez boradi). Bundan tashqari, tadqiqotchilar tomonidan nutqni boyitish jadalligi tilni his etish, bilish imkoniyatlari (sezish, xotira, idrok qilish, fikrlash), iroda kuchining rivojlanishiga ham bog‘liq.
- Beshinchi qonuniyat: Nutq meyorlarini о‘zlashtirish tilni his etishning rivojlanishiga
Nutq о‘stirishda tevarak-atrofni tanishtirish: - Inson mehnatiga oid ish qurollari va texnika
- Xalq xo‘jaligi tarmoqlari (binolar, inshoatlar, tarixiy joylar)
- Tevarak - atrofda kechadigan
- O‘yinchoqlar, suratlar va badiiy asarlar
-
- Nutqni rivojlantirishga oid tevarak atrof manbalari
- nutqni rivojlantirishga doir didaktik materiallar (tarbiyachi va ota-onalarning ma’lum maqsadga qaratilgan nutqi, bolalarga о‘qib yoki aytib beriladigan ertaklar, qо‘shiqlar, hikoyalar);
- ta’limning didaktik materiallarni о‘zlashtirish uchun
- foydalaniladigan metod va usullari;
- ta’limni tashkil etish (tevarak-atrof obyektlarini saralash, shunga bog‘liq nutq о‘stirishni rejalashtirish).
- о‘quv materialining mazmuni, uni о‘rganishning ayrim usullari hamda ularga tegishli tamoyillarga tayanib, tarbiyachi nutq о‘stirish bilan bog‘liq bо‘lgan barcha ishlarni rejalashtirmog‘i zarur.
- Maktabgacha katta yoshdagi bolalar nutqini rivojlantirish kо‘p jihatdan quyidagi narsalarning tо‘g‘ri hal etilishiga bog‘liq:
- nutq organlari hamda qо‘lni о‘rgatish uchun nutq materialini tushunish;
- nutq ahamiyatini tushunish hamda leksik va grammatik kо‘nikmalarni rivojlantirish;
- nutq ifodaliligini baholash. Buning uchun maktabgacha yoshdagi katta bolalarda muayyan hissiyotni rivojlantiradigan didaktik materiallarni tanlash maqsadga muvofiqdir;
- ona tiliga muhabbat tuyg‘usini rivojlantirish tamoyili (bu о‘rinda bolalarga, xususan, nutqda ona tili faktlarini qо‘llash an’anasini
- о‘zlashtirish bо‘yicha ta’limni tashkil etish nazarda tutiladi);
- muayyan mavzuga oid yozma nutqni og‘zaki nutq bilan qiyoslash;
- nutqning asta-sekin boyib borishi
- Nutq о‘stirish borasida quyidagi didaktik tamoyillarga tayanib ish kо‘rish yaxshi natija beradi:
Xulosa: - Bolaning nutqi til qonuniyatlariga tо‘g‘ri amal qilish, kattalar nutqini idrok etish va о‘zining ijodiy faolligi natijasida rivojlanadi.
- Nutqni samaraliroq rivojlantirish maqsadida bolalarning tevarak-atrof obyektlari (kishilarning hayoti va mehnati, hayvonlar, о‘simliklar olami, suv osti dunyosi) tо‘g‘risidagi tasavvurlarini aniqlash va izchil, rejali tarzda kengaytira borish talab etiladi.
- Tilni tо‘g‘ri о‘rganish, uning grammatik tuzilishiga e’tibor berib sо‘zlashish, bolalarda erkin muhokama yuritish, savollar berish, boshqalardan eshitgan fikrlari yuzasidan xulosalar chiqarish, narsa va hodisalar о‘rtasidagi bog‘lanishning turli kо‘rinishlarini anglab yetishga olib keladi.
- Maktabgacha tarbiya muassasasida sog‘lom, tabiiy muhit yaratish, ularning tо‘g‘ri muomalaga kirishishi, boshqalar bilan gaplashish ishtiyoqining ortishiga turtki bо‘ladi.
-
-
Mavzu yuzasidan savol va topshiriqlar: - Maktabgacha yoshdagi bolalar nutqini rivojlantirish qonuniyatlari haqida gapirib bering.
- Bolalar nutqini rivojlantirishning ilmiy asoslari haqida nimalarni bilasiz?
- Nutq о‘stirish borasida qanday didaktik tamoyillarga tayanib ish kо‘riladi?
E’tiboringiz uchun rahmat!
Do'stlaringiz bilan baham: |