Maktabgacha yoshdagi gimnastikachilarning jismoniy sifatlarini milliy qadriyatlar asosida takomillashtirish


Download 12.52 Kb.
Sana12.01.2023
Hajmi12.52 Kb.
#1089799
Bog'liq
MAKTABGACHA YOSHDAGI GIMNASTIKACHILARNING JISMONIY SIFATLARINI MI1)


MAKTABGACHA YOSHDAGI GIMNASTIKACHILARNING JISMONIY SIFATLARINI MILLIY QADRIYATLAR ASOSIDA TAKOMILLASHTIRISH
Annotatsiya: Ushbu maqolada maktabgacha yoshdagi gimnastikachilarning jismoniy sifatlarini shakllantirish va yosh avlod ongiga milliy qadriyatlarni singdirish va takomillashtirish nazarda tutiladi.
Kalit so`zlar : gimnastika,maktabgacha ta`lim, qadriyatlar,sport, milliylik,jismoniy tarbiya.
Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarning qiziqish va qobiliyatlari - ma’naviy manbalar va hozirgi zamon talablari va ehtiyojlarini nazarda tutgan holda, aniq bir maqsadga qaratilgan o’zaro amaliy va nazariy muloqotida namoyon bo’ladi. Maktabgacha ta’lim yoshidagi gimnastikachilarning jismoniy tarbiyasini milliy va umuminsoniy qadriyatlar asosida tarbiyalash va takomillashtirish jamiyatni sog`lomlashtirish uchun asosiy omillardan hisoblanadi. Inson va uning hayoti eng oliy qadriyatliligi, inson yo`q joyda biron narsaning qadr-qimmati haqida so’zlash bema’nilik ekanligi maktabgacha bog`cha davridan boshlanadi.. Shuning uchun ham inson qadr-qimmatini e’zozlash, uning turmushini yaxshilash, bilimi va madaniy saviyasini rivojlantirish, sog’lig’ini saqlash, hayotini himoya qilish davlatimiz siyosatining asosiy yo’nalishini tashkil etadi. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida yosh avlod ongiga el-u yurt, xalq, millat va Vatan manfaatlarini anglash, ularning shon-shuhratini yanada oshirish, ilm-u fanni va madaniyatni, ajdodlarimiz boy merosini, tarixi, dini va qadriyatlarini o’rganish, munosib baholash jismoniy sifatlar bilan birga singdiriladi. Maktabgacha yoshdagi bolalarni milliy qadriyatlar asosida tarbiyalashda, milliy ma’naviy, etnik qadriyatlarni yoshlar ongiga samarali singdirishda maktabgacha ta’lim tashkilotida milliylik va milliy ma’naiy qadriyatlar uyg’unligi ,jismoniy tarbiya bilan birga takomillashtirish bolani ham ma`nan,ham sog`lik jihatidan yuksalishi uchun alohida o`ringa ega.
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev maktabgacha ta’lim tashkilot tarmoqlarini kengaytirish maqsadida 2016-yil 29-dekabrda qabul qilingan PQ 2707- sonli, PQ 3031- sonli qarori asosida yosh avlodni jismoniy jihatdan tarbiyalash, ta’lim berish, sport bilan shug’ullanishi uchun ko’plab gimnastika zallari qurilib ishga tushirildi va bu zallarda minglab o’zbek qizlari gimnastikaning nafis turi bilan shug’ullanishiga imkon yaratildi.O’zbekistonda gimnastika qadimdan turli xil mashqlar ko’rinishida rivojlanib kelgan.
Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida tarbiyalanuvchilarni gimnastika bilan shug’ullanishlariga, ularning qiziqishlarini oshirish maqsadida yurtimiz bayrog’ini baland tutib turuvchi ko’plab gimnastikandlarimizdan: O.Chusovitina, Sabina Turobova, Aleksandra Serdyukova, Sabina Tashkenbayeva, Nurinisa Usmonova,
Dildora Rahmatova va ko’plab yosh sportchi yoshlarimizni o’rnak qilib ko’rsatishimiz mumkin. Gimnastika mashg’ulotlarini tashkil etishda yosh bosqichlari, shug’ullanuvchilarning jismoniy tayyorgarligi inobatga olinishi lozim.
Gimnastika mashqlarini o’rgatish jarayonida bola ongiga milliy ruhni singdirish,harakatlar ham xalqona tartibda bo`lishi, o`zligini anglatish va o`z milliy g`urur ,ibo-hayosi ufurib turishi singdirish lozim.Quyidagi asosiy vazifalar : bolalarning umumiy harakat va jismoniy tayyorgarligi uchun ahamiyatli bo’lgan harakat ko’nikmalarini shakllantirish, kuch, tezkorlik, egiluvchanlik, epchillik, chidamlilik kabi sifatlar bilan bir qatorda hurmat,odob,hayo ,yaxshilik qilish,bir-birini qadrlash,vatanni sevish ,saxovatpeshalik kabi milliy qadriyatlarni aytish mumkin. Maktabgacha yoshdagi bolalarda gimnastika mashqlarini muntazam o’tkazilishi bola organizmining hayot faoliyatini yaxshilaydi, xushchaqchaqlik kayfiyatini uyg’otadi. Maktabgacha tayyorlov yoshida bolalar bilan mashg’ulotlarni tashkil etishda pedagog uchun muhim bo’lgan holatlar bo’lib, bu guruh yosh bosqichlarida ko’nikmalarni shakllantirish bilan bog’liq.Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida badiiy gimnastika mashqlari sakrash, muvozanat saqlash,buyumlarsiz yoki buyumlar bilan, yo’nalish va bo’shashtirish mashqlarini navbatlantirish , shu bilan birga tayanch organlari: qo’l, oyoq gavda, mushaklarni mustahkamlaydi.
Mashhur fransuz olimi J.Dimsning fikriga ko’ra: “Gimnastika mashqlari statik emas ,balki dinamik bo’lishi, to’la amplitudada bajarilishi, shaklan nafis bo’lishi kerak”. Olim J.Dims salomatlikni mustahkamlash, gavda tuzulishi va harakatlarning nafisligiga erishishni kishining chaqqonligi va irodaviy xislatlarni rivojlantirish eng muhim vazifa deb bilgan. Gimnastikachilarni jismoniy tayyorlash gimnastika mashg’ulotlarining eng muhim tarkibiy qismlaridan hisoblanib, u organizmni har tomonlama rivojlantiradi.
Maktabgacha yoshdagi bolalarni gimnastika mashg’ulotlarini o’tkazishda tarbiyachilar va ota-onalar o’rtasida sport bo’yicha targ’ibot va tashviqot ishlarini olib borish, ya’ni faxriy xalqaro musobaqa g’oliblari yetakchi sportchilar bilan suhbatlar tashkil etish kerak.
Gimnastika o’z navbatida, ertalabki gimnastika, badiiy gimnastika, sog`lomlashtiruvchi gimnastika kabi bir qator yo’nalishlarni qamrab oladi. Ertalabki gimnastika mashqlarini bajarish bolani qomatini to’g’ri rivojlanishi, nafas olishi,qon aylanishiga yordam beradi. Bolalarda diqqatini, maqsadga intiluvchanlikni tarbiyalaydi, aqliy faoliyatining oshishiga yordam beradi, emotsiya va quvonch tuyg’ularini uyg’otadi. Gimnastikava badiiy gimnastika maktabgacha yoshdagi bolalarni sog’lomlashtirish irodalilik,sabrlilik muvafaqqiyatli hal qilish uchun harakatli o’yin uslubiga ega bo’lib, bugungi kunda maktabgacha yoshdagi bolalarning uyg’un rivojlanishi uchun muhim sohalardan biri sanaladi.Gimnastika mashg’ulotlarini tashkil etish, o’rganish uslublari o’rgatishning harakat malakalari va maxsus bilimlarni egallashga qaratilgan. Bu bilimlar zamirida o`zbekona urf-odatlar,xalqona insoniy fazilatlar jamuljam bo`lmog`i lozim. O’rganish jarayoni bolalarning jismoniy rivojlanishi bilan uzviy bog’liq bo’ladi.
Albatta, har bir xalq o’z milliy qadriyatlari qobig’idagina o’ralib qolmasligi kerak. Boshqa millatlarning qadriyatlarini o’rganish hamma vaqt ham taraqqiyotning omillaridan biri bo’lib kelgan. Qadriyatlar qanchalik bir-biriga yaqinlashib, ta’sir ko’rsatmasin, har bir millat uchun ma’naviy kamolotning asosiy yo’li va mezoni milliy qadriyatlar bo’lib qoladi. Biron millatning yaxshi urf odatlari, marosimlari qachonki boshqa millat ruhiga, milliy ma’naviy ehtiyoji va talablariga mos kelgandagina shu mıllat hayotida chuqur tomir otish imkoniga ega bo’ladi. Har bir xalq qadrlagan narsa yoki hodisa, birinchi navbatda, uning milliy ma’naviyati bilan bog’liq bo’ladi. Milliy qadriyatlar ham qandaydir o’zgarmas hodisa emas. Millat taraqqiyoti bilan bog’liq bo’lgan ijtimoiy, iqtisodiy, ma’naviy hayotning takomillashib borishi, yashash va mehnat qilish sharoitlari o’zgarishi bilan milliy qadriyatlar ham rivojlanib borishiga imkon yaratiladi. Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarni umuminsoniy qadriyatlar asosida tarbiyalash, bu yosh avloddan milliy g’oya asosidagi tafakkur , chuqur bilim va ixtisoslikni talab qilmoqda . Uning negizi- milliy qadriyatlarimizdir. « Yangicha yashash , ozod va obod Vatan erkin va farovon hayot qurish tuyg`usi esa yosh avlod oldida keksa avlodga qaraganda mas’uliyatliroq vazifalarni qo’ymoqda .
Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati
1.SH.Sodiqova. Maktabgacha pedagogika .Toshkent.-2013.
2.Bolalar uchun gimnastika mashqlari.Toshkent. O`quv qo`llanma.
3.Maktabgacha yoshdagi bolalar jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi. Toshkent .2007.
Download 12.52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling