Ma’lumotlar bazasi (MB), ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimlari (mbbt). Reja


Download 0.63 Mb.
bet1/5
Sana12.06.2020
Hajmi0.63 Mb.
#118073
  1   2   3   4   5
Bog'liq
ma’ruza


Ma’lumotlar bazasi (MB), ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimlari (MBBT).
Reja:

  1. Ma’lumotlar bazasi haqida tushuncha

  2. Ma’lumotlar bazasi modellari

  3. Ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimlari.


Tayanch so’zlar: Ma’lumotlar bazasi, relyatsion bazalar, iyerarxik model, axborotni izlash, ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimlari.

Komputerdagi ma’lumotlar ma’lumotlar bazada saqlanadi, ular maxsus dasturlar ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimlari (MBBT) yordamida boshqariladi.

Ma’lumotlar bazani tashkil etuvchi elementlar turli ko’rinishda bo’lishi mumkin. Eng ko’p tarqalgan va amaliyotda qo’llaniladigan ma’lumotlar matnli fayllar xisoblanadi. Chunki Matnli fayllar orqali turli axborotlar ifodalash va komputer xotirasida saqlash mumkin.

Komputer asosidagi ATning ko’rinishlaridan biri ma’lumotlar baza (bazasi) xisoblanadi. Oddiy fayllardan farqli ravishda ma’lumotlar baza (MB) komputer xotirasida joylashgan axborotlarni izlash va saralashni amalga oshirish imkoniyatiga ega.

Ma’lumotlar baza (MB) deb, komputerning uzoq muddatli xotirasida saqlanayotgan axborotlar va ular ustida aniq bir ishlash usullariga imkon beradigan ma’lumotlar yig’indisiga aytiladi.

Ma’lumotlar bazada turli ma’lumotlar saqlanishi mumkin. Masalan, poyezd, samolyot, avtobuslarning xarakatlanish jadvali, do’kon yoki bazadagi mahsulotlarning mavjudligi xaqidagi ma’lumotlar, talaba, o’qituvchi va xodimlar xaqidagi ma’lumotlar, kitoblar xaqidagi ma’lumotlar va boshqa ma’lumotlar ma’lumotlar bazaga misol bo’la oladi.

Ma’lumotlar bazani yaratish va uni ishlatish uchun shaxsiy komputerdan foydalanish shart emas. Masalan, tabibning qabulxonasidagi bemorlar kartotekasini MO deb xisoblash mumkin. (Kartotekalar kog’ozdan yoki kartonlardan foydalanib bajarilgan bo’lishi mumkin).

Ma’lumotlar bazalarining eng sodda va keng tarqalgan shakli jadval ko’rinishidir. Ma’lumotlar bazaning (MO) bunday ko’rinishi relyatsion tizim deb ataladi.



Relyatsion bazalar aniq sondagi ustunlarga ega bo’lib, ularning xammasi nomlarga ega bo’ladi. Masalan, guruhdagi o’quvchilar xaqidagi ba’zi ma’lumotlarni qo’yidagicha tasvirlash mumkin.

1

Familiyasi, ismi

Bo’yi (sm)

Og’irl.(kg)

Ko’z rangi

  1. Saidova Shaxlo

168

74

Ko’k

Kompyuterda aksariyat xollarda matnli fayllar (tajribasi olib borgan sari u matnli fayllar o’rnida turli shakildagi va berilgan vazifalarni bajaruvchi fayllardan foydalana boshlaydi. Turli xat, referat, she’r va x.k) ni yaratishda foydalaniladi foydalanuvchining tajribasi olib borgan sari u Matnli fayllar o’rnida turli shakildagi va berilgan vazifalarni bajaruvchi fayllardan foydalana boshlaydi. Masalan, matn fayl ichida turli xil sonli belgili ma’lumotlarni kiritish orqali jadvali, kartotekali varaqalari, telefon nomerlari va b. ma’lumotlarini jamlovchi baza sifatida foydalanish mumkin. Bunday bazalar axborotni tasvirlash va joylashtirishni foydalanuvchining o’zi belgilaydi.

Matnli fayllarda axborotni joylashtirishning bir variantini aniq misol tariqasida ko’rib chiqaylik. Masalan, O’zbekistonda tug’ilgan va fundamental fanlar (fizika, matematika, biologiya kimyo va h. k.) sohasida faoliyat ko’rsatayotgan yirik mutaxasislarning “Fanlar ekspertlari baza“ deb nomlanadigan kartatekasini (matnli fayllarda) yaratish mumkin. Bunday kartatekadan foydalanish ancha qulay.

Xar bir olim (baza atamasida - ekspert) 30 ta banddan iborat maxsus anketani to’ldiradi. Xar bir bandga shartli ravishda ikkilik kodi beriladi. Masalan NA-ekspertining famiyasi, ismi, sharifi, DA-uy manzili, ED -ma’lumoti, FT - chet elga xizmat safariga borganligi va boshqa kodlashga ma’lum ma’lumotlarni bildirsin.

Operator xar bir anketani matnli faylga kiritadi.

Masalan:

NA-Soxibov Anvar Tuychievich

DA- 700019, Toshkent shaxar G’.Gulom kuchasi 34 uy

ED-oliy

FT -1998 yilda Angliyaga borgan.

Eng asosiysi shundaki Ma’lumotlar bazani yaratishdan maqsad hosil qilingan ma’lumotlardan foydalanish qulayligidir. Birinchidan, turli alomatlariga ko’ra axborotlarni tartiblash, 2-chidan, ixtiyoriy belgilariga ko’ra ajratib olish oson. Matnli fayllar esa ma’lumotlarni ma’lumotlarni bunday tashkillashtirishni amalga oshira olmaydi.

Axborotlar tizimi vositasida qayta ishlash uchun jadval ko’rinishdagi ma’lumotlar qulay xisoblanadi. Komputerning dasturiy ta’minotiga kiradigan dasturlar xotiradagi jadvallarni “tanitdi”. Kompyuter xotirasida jadval sifatida saqlanadigan fayllar, asosan kengaytmasi dbf (Data Base File) bo’lgan fayllardir.

Ma’lumotlar bazadan foydalanish uchun maxsus dasturlar yaratiladi va bunday dasturlar ma’lumotlar bazani boshqarish tizimi deb ataladi (MBBT).

Ma’lumotlar bazada axborotlar asosan matn va raqam ko’rinishida saqlanadi.

Ma’lumotlar bazani boshqarish tizimi vazifasiga ma’lumotlar bazani boshqarishning qo’yidagi xususiyatlari kirishi mumkin:

- ma’lumotlar bazaga kirish: foydalanuvchining talabiga javoban axborot turidan kat’i nazar unga qulay ko’rinishda javob berish;

- ma’lumotlarni modifikasiyalash: berilgan axborotni foydalanuvchi talabiga mos holda o’zgartirish;

- ishonchlik darajasi: qurilmalar tasodifan to’xtatilganda ma’lumotlar bazaning qayta tiklanish qobiliyati;

- ma’lumotlarni himoyalash: ma’lumotlar bazadan ruxsatsiz (sanksiyasiz) foydalanishning cheklanganligi;

- ma’lumotlar bazadan tarmoqda foydalanish: ma’lumotlardan bir vaqtda bir necha kishining (bir-biriga xalaqit bermasdan) foydalanish.

Komputerda qayta ishlanadigan ma’lumotlar o’z kundalik turmushida ishlatiladigan barcha axborotlarni oladi. Turli kasb egalari o’zlariga kerakli bo’lgan ma’lumotlar bilan ish yuritadi. Bunday ma’lumotlarning eng asosiylari sonli (raqamli) va belgili (matnli) axborotlar xisoblanadi. Odatda, xar qanday axborot tizimini yaratish uchun bu ikki turdagi ma’lumot shakli etarlidir, chunki foydalanuvchiga etqazilmoqchi bo’lgan barcha axborot raqamlar yoki so’zlardan iborat bo’ladi.

Ma’lumotlarning turlari: Belgili ma’lumot, sonli ma’lumot, mantiqiy ma’lumotlar (Masalan, “lampa yoniq” (TRUE) yoki “lampa uchirilgan” (FALCE).

Ma’lumotlarni uch xil kurinishda ifodalash mumkin: iyerarxik (shajaraviy), tarmokli va Relyatsion (jadvalli).

Iyerarxik tizim jadvallardan tashkil topgan bo’lib, unda axborotni izlash jarayoni oldindan berilgan tartibda “ko’rib” chiqiladi.



Ma’lumotlarning daraxtsimon joylashishiga ma’lumotlarning iyerarxik modeli deyiladi.

2

Ma’lumotlarning iyerarxik modeliga xos xolda yaratilgan ma’lumotlar bazaga ma’lumotlarning iyerarxik baza deyiladi.


Download 0.63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling