Ma’lumotlar bazasi va ularni boshqarish. Predmet sohaning


Download 72.05 Kb.
Sana31.10.2023
Hajmi72.05 Kb.
#1735921
Bog'liq
1-AMALIY MASHG\'ULOT


1-amaliy mashg„ulot
Ma’lumotlar bazasi va ularni boshqarish. Predmet sohaning
konseptual sxemasini va mantiqiy loyihasini yaratish
Ishdan maqsad: ma‘lumotlar bazasini boshqarish va loyihalash,
predmet sohaning sxemasini va mantiqiy loyihasini ishlab chiqish bo’yicha ko’nikmaga ega bo’lish.
Masalaning qo’yilishi: ma‘lumotlar bazasini boshqarish va loyihalash modelini ishlab chiqish.
Uslubiy ko’rsatmalar: Ma‘lumotlar bazasi (MB) dan foydalanish
uchun maxsus dasturlar yaratiladi va bunday dasturlar ma’lumotlar
bazasini boshqarish tizimi
deb ataladi.
Ma‘lumotlar bazasida axborotlar asosan matn va raqam ko’rinishida saqlanadi.
Ma‘lumotlar bazasini boshqarish tizimi vazifasiga ma‘lumotlar bazasini boshqarishning quyidagi xususiyatlari kirishi mumkin:
Ma’lumotlar bazasiga kirish: foydalanuvchining talabiga javoban
axborot turidan qatg‗i nazar unga qulay ko‗rinishda javob berish.
Ma’lumotlarni modifikatsiyalash: berilgan axborotni foydalanuvchi talabiga mos holda (texnik imkoniyatlari hisobga olingan holda)o’zgartirish.
Ishonchlilik darajasi: qurilmalar tasodifan to‗xtatilganda
ma‘lumotlar bazasining qayta tiklanish qobiliyati.
Ma’lumotlarni himoyalash: ma‘lumotlar bazasidan ruxsatsiz
(sanksiyasiz) foydalanishning cheklanganligi.
Ma’lumotlar bazasidan tarmoqqa foydalanish: ma‘lumotlardan bir
vaqtda bir necha kishining (bir-biriga xalaqit bermasdan) foydalanishi.
Ma‘lumotlar bazasini boshqarish tizimi o‗zining ma‘lum
ko‗rinishdagi ichki tuzilishiga, amalga oshiruvchi amaliy dasturlarga ega bo‗lishi kerak.
Bunday dasturlar ikki turga: integrallashgan (umumlashtirilgan) va paketli dasturlarga ajratiladi.
Ma‘lumotlar bazasini lohiyalashda quyidagi tashkil etuvchilarnio’rganishni taqazo etadi. Obyektlar, obyekt xususiyatlari, bog’lanishlar (obyekt munosabatlari), vaqt oralig’i va hokazolar.
Bu yerda ma‘lumotlar bazasini qurish sohasi sifatida ―SUPER MARKET‖ olingan bo’lib, ma‘lumotlar quyidagi obyektlarda saqlanadi:
1.1-jadval

SUPER MARKET”‖ predmet sohasining obyektlari







Obyektlar

1

Rastalar

2

Mahsulot turi

3

Mahsulotlar

4

Xodimlar

5

Yetkazib beruvchilar

1.2-jadval


Rastalar obyektining xususiyatlari

ID

Rasta nomi










1













2













3













4













Rasta nomlarni va boshqa xususiyatlari aniqlangandan keyin rasta va


mahsulotni bog’lanish jadvalini yaratish kerak.
1.3-jadval
Mahsulot turi obyektining xususiyatlari

ID

Rasta_id

Mahsulot_id







1













2













3













4













Mahsulotlar turi belgilangandan keyin mahsulotlarni xususiyatlari


bo‗yicha jadval yaratish kerak bo‗ladi.
1.4-jadval
Mahsulotlar obyektining xususiyatlari

ID

Mahsulot
nomi

Miqdori

Ombo miqdori rdagi

Buyurtma miqdori

muddati Saqlash

Mahsulot narxi

1



















2




























































Har bir tashkilotda xodimlar haqida ma‘lumotlar ham bo’lishi muhim


hisoblanadi.
1.5-jadval
Xodimlar obyektining xususiyatlari

ID

F.I.Sh

Lavozimi

Telefon
raqami

Manzili

Ish vaqti

Staji

1



















2



















3



















4



















Bulardan tashqari mahsulotlarning ta‘minotchilari haqida
ma‘lumotlarni ham saqlab qo’yish afzal hisoblanadi.
1.6-jadval
Yetkazib beruvchilar obyektining xususiyatlari

ID

F.I.Sh

Telefon raqami

Manzili

1










2










3










Ta‘minotchi tomonidan qaysi mahsulot qachon olib kelinganini


belgilab qo’yish muhim hisoblanadi.
1.7-jadval
Yetkazib beruvchilar va mahsulot obyektining xususiyatlari

ID

Mahsulot_id

Yetkazib
beruvchilar

Keltirilgan
sana

Miqdori

Yetkazib berilgan
narxi

1
















2
















3
















Quyidagi rasmda aloqalar (obyektlar orasidagi munosabatlar)ning


ko’rinishi keltirilgan.
Mohiyat – aloqa modeli predmet sohani tashkil etuvchi uchta asosiy komponentlardan foydalanib quriladi: mohiyat, atribut, aloqa. Konstruktiv elementlar tarkibida ―VAQT‖ tashkil etuvchisi faqat oshkormas holda ishtirok etishi mumkin. Modelda vaqt, yil, sana va shunga o’xshash atributlar bilan tasvirlanadi.



1-rasm. ―Supermarket obyektli modeli elementlari orasidagi obyektli munosabatlar

Modelni qurishda ―aloqa mavjud obyektning, jarayonning yoki


hodisaning abstraksiyasi sifatida keladi. Atribut mohiyatning
xarakterlaridan bo’lib, nom bilan belgilanib, birorta qiymatlar to’plamidan qiymatlar qabul qilinadi.
Mohiyat – aloqa modelidagi bog’lanishlarga, ikki mohiyat o’rtasidagi har bir bog’lanish turiga tegishli munosabatlarni kiritish zarur (binar, ternar.., n-nar). Loyiha haqidagi axborot diagramma ko’rinishida rasmiylashtiriladi, buning uchun quyidagi belgilar kiritiladi: mohiyat turlari – to’rtburchak bilan, atributlar-ovallar bilan tasvirlanadi va ular mos mohiyatlar bilanyo‗nalishsiz qirralar bilan bog’lanadi.
Mohiyat–aloqa‖ modeli predmet sohaning (PS) faqat aniq bir qismini akslantiradi. Bu holda uni lokal model deyiladi. PS haqida to’la axborotga ega bo’lish uchun uni yetarli kengroq tekshirish zarur va oldingisini to’ldiradigan lokal modellar qurish kerak. Shundan so’ng lokal modellar birlashtirilib PS haqida bir butun kompozitsion tasvirga ega bo’lamiz.
Misol tariqasida supermarket PSining mohiya – aloqa modeli qurilgan.

Nazorat savollari.

1. Ma‘lumotlar bazasi nima?
2. MB boshqarish tizimlari haqida nimalar bilasiz?
3. MBBT ning xususiyatlari?
4. MB ning obyektlari va atributlari?
5. Mohiyat aloqa modeli nima?
Download 72.05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling