Ma’lumotlar tipi, dasturlash tili tarkibidagi o‘zgaruvchi va o‘zgarmaslarni e’lon qilish, Dasturlash tili tarkibidagi, arifmetik amallar va mantiqiy amallarga oid misollarning chiziqli dasturini tuzish


Download 28.53 Kb.
bet1/3
Sana03.02.2023
Hajmi28.53 Kb.
#1154770
  1   2   3
Bog'liq
3-mashg\'ulot


3-Amaliy mashg’ulot.
Ma’lumotlar tipi, dasturlash tili tarkibidagi o‘zgaruvchi va o‘zgarmaslarni e’lon qilish, Dasturlash tili tarkibidagi, arifmetik amallar va mantiqiy amallarga oid misollarning chiziqli dasturini tuzish.
1-topshiriq.
Ma’lumotlar tipi, dasturlash tili tarkibidagi o‘zgaruvchi va o‘zgarmaslarni e’lon qilish.
2-topshiriq.
Dasturlash tili tarkibidagi, arifmetik amallar va mantiqiy amallarga oid misollarning chiziqli dasturini tuzish.



  1. Topshiriq

C++ dasturlash tili tarkibidagi barcha o‘zgaruvchilari qandaydir turlarga mansub bo‘ladi, chunki o‘zgaruvchi e’lon qilingandan so‘ng kompyuter xotirasidan o‘zgaruvchi uchun joy ajratiladi. Dasturlash tillarida dastur bajarilishi paytida qandaydir berilganlarni saqlab turish uchun o‘zgaruvchilar va o‘zgarmaslardan foydalaniladi. O‘zgaruvchi-dastur obyekti bo‘lib, xotiradagi bir nechta yacheykalarni egallaydi va berilganlarni saqlash uchun xizmat qiladi. Dastur ishlashi mobaynida qiymatlari o‘zgarishi mumkin bo‘lgan identifikatorga o‘zgaruvchilar deyiladi. O‘zgaruvchi o’z nomiga, o‘lchamiga va boshqa atributlarga, xususiyatlarga ega bo‘ladi. O‘zgaruvchilarni ishlatish uchun ular albatta e’lon qilinishi kerak. E’lon natijasida o‘zgaruvchi uchun xotiradan qandaydir soha zahiralanadi, soha o‘lchami esa o‘zgaruvchining aniq turiga bog‘liq bo‘ladi. C++ tilida o‘zgaruvchi e’loni uning turini aniqlovchi kalit so‘zi bilan boshlanadi va ‘=’ belgisi orqali boshlang‘ich qiymat beriladi (shart emas). Bitta kalit so‘z bilan bir nechta o‘zgaruvchilarni e’lon qilish mumkin. Buning uchun o‘zgaruvchilar bir-biridan ‘,’ belgisi bilan ajratiladi. E’lonlar ‘;’ belgisi bilan tugaydi. O‘zgaruvchi nomi 255 belgidan oshmasligi kerak. O‘zgaruvchilarni e’lon qilish dastur matnining istalgan joyida amalga oshirilishi mumkin.
Butun son turlari. Butun son qiymatlarni qabul qiladigan o‘zgaruvchilar. Butun tur int, shorint, longint, long kalit so‘zlari bilan aniqlanadi.
Belgi turi. Belgi turidagi o‘zgaruvchilar char kalit so‘zi bilan beriladi va ular o‘zida belgining ASCII kodini saqlaydi. Belgi turidagi qiymatlar nisbatan murakkab bo‘lgan tuzilmalar – satrlar, belgilar massivlari va hokazolarni hosil qilishda ishlatiladi.

Download 28.53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling