Ma’lumotlar tipi, dasturlash tili tarkibidagi o‘zgaruvchi va o‘zgarmaslarni e’lon qilish, Dasturlash tili tarkibidagi, arifmetik amallar va mantiqiy amallarga oid misollarning chiziqli dasturini tuzish


Download 28.53 Kb.
bet3/3
Sana03.02.2023
Hajmi28.53 Kb.
#1154770
1   2   3
Bog'liq
3-mashg\'ulot

-2147483648..2147483647

int(16 razryadli)

2

-32768.. 32767

Int (32 razryadli)

4

-2147483648..2147483647

Unsigned int (16 razryadli)

2

0..65535

Unsigned int (32 razryadli)

4

0..42949667295

Belgili tur

Unsigned char

1

0..255

сhаr

1

-128.. 127

Haqiqiy tur

flоаt

4

1.2Е-38..3.4Е38

double

8

2.2Е-308..1.8Е308

Long double(32 razryadli)

10

3.4е-4932..-3.4e4932

void

2 ёки 4

-



C++ tilida o‘zgaruvchi va o‘zgarmaslarni e’lon qilish
C++ dasturlash tilida o‘zgaruvchilarni tasvirlash quyidagicha.
;
Misol: Butun sonlarni tasvirlash.

#include
int main ()
{ int a,b; // a, b butun sonni e’lon qilish
int m=12; //m butun sonini boshlang’ich qiymatini berish
return 0;
}



Misol: Haqiqiy sonlarni tasvirlash.

#include
int main ()
{ double a,b; // a, b haqiqiy sonni e’lon qilish
double m=12; //m haqiqiy sonini boshlang’ich qiymatini berish
return 0;
}

Dasturlash tillarida dastur bajarilishi vaqtida qiymati o‘zgarmaydigan identifikatorlar o‘zgarmaslar deyiladi. C++ tilida o‘zgarmas (cons) – bu fiksirlangan sonni, satrni va belgini ifodalovchi leksema hisoblanadi. Kompilyator o‘zgarmasni leksema sifatida aniqlaydi, unga xotiradan joy ajratadi, ko‘rinishi va qiymatiga (turiga) qarab mos guruhlarga bo‘ladi.
C++ dasturlash tilida o‘zgarmaslarni tasvirlash quyidagicha.
const =;
Misol: O‘zgarmaslarni tasvirlash.

#include
int main ();
{ const a=45; // a o‘zgarmasni e’lon qilish
return 0;
}



2-Topshiriq
C++ dasturlash tili tarkibida dastur tuziladigan vaqtda albatta matematik ifodalar, amal ishoralar va mantiqiy amallar ishtirok etishi mumkin. Dastur dasturlash tillarida amallar matematikadan yozilishi bilan farq qiladi. Dasturlash asoslarida amallarni ikki turga ajratamiz:
-arifmetik amallar;
-mantiqiy amallar;
Arifmetik amallar
Berilganlarni qayta ishlash uchun dasturlash tillarida amallarning juda keng majmuasi aniqlangan. Amal - bu qandaydir harakat bo‘lib, u bitta (unar) yoki ikkita (binar) operandlar ustida bajariladi, hisob natijasi uning qaytaruvchi qiymati hisoblanadi.
Tayanch arifmetik amallar dasturlash tilida quyidagicha yoziladi.

Matematik ifodasi

C++ tilida ifodasi

Izoh

+

+

qo‘shish

-

-

Ayirish



*

ko‘paytirish

:

/

bo‘lish

Qoldiq

%

qoldiqli bo‘lish

Dasturlash asoslarida arifmetik amallar matematikadagi amallarni yozilishi bir oz farq qiluvchi holatlari ham mavjud. Bunday amallar quyidagicha.
C++ dasturlash tilida biror bir o‘zgaruvchini qiymatini birga oshirish inkrement amali deyiladi va uning umumiy ko‘rinishi:
++;
C++ dasturlash tilida biror bir o‘zgaruvchini qiymatini birga kamaytirish dekrement amali deyiladi va uning umumiy ko‘rinishi:
- -;
Inkrement va dekrement amallarini qo‘llanilishi.

#include
int main ()
{ int a=45; int b=12; // a va b o‘zgarmasni e’lon qilish
a++; // a=46 ga teng bo‘ldi
b--; // b=11 ga teng bo‘ldi
return 0;
}



Ta’minlash operatori
Ma’lum bir ifodaning natijasi biror o‘zgaruvchiga ta’minlash uchun C++ tilida “=” ishlatiladi va ta’minlash operatori quyidagicha:
=;
C++ dasturlash tilida taminlash operatori amallar yordamida ham ishlatiladi. Qo‘shish qiymat berish bilan (+=); ayirish qiymat berish bilan (-=); ko‘paytirish, qiymat berish bilan (*=); bo‘lish qiymat berish bilan (/=); bo‘lish qoldig‘ini olish qiymat berish bilan (%=) va boshqalar. Bu holatlarning umumiy ko‘rinishi:
=;


Mantiqiy amallar
Bu turdagi o‘zgaruvchi bool kalit so‘zi bilan e’lon qilinib, xotiradan 1 bayt joy egallaydi va 0 (false, yolg‘on) yoki (true, rost) qiymat qabul qiladi. Mantiqiy tur o‘zgaruvchilar qiymatlar o‘rtasidagi munosabatlarni ifodalaydigan mulohazalarni rost (true) yoki yolg‘on (false) ekanligi tavsifida qo‘llaniladi va ular qabul qiladigan qiymatlar matematik mantiq qonuniyatlariga asoslanadi. Mantiqiy mulohazalar ustida uchta amal aniqlangan:
- inkor;
- konyunksiya;
- dizyunksiya;
1) inkor – A mulohazani inkori deganda A rost bo‘lganda yolg‘on yoki yolg‘on bo‘lganda rost qiymat qabul qiluvchi mulohazaga aytiladi. C++ tilida inkor – ‘!’ belgisi bilan beriladi. Masalan, A mulohaza inkori «!A» ko‘rinishida yoziladi;
2) konyunksiya- ikkita A va B mulohazalar konyunksiyasi yoki mantiqiy ko‘paytmasi «A && B» ko‘rinishga ega. Bu mulohaza faqat A va B mulohazalar rost bo‘lgandagina rost bo‘ladi, aks holda yolg‘on bo‘ladi (odatda «&&» amali «va» deb o‘qiladi).
3) dizyunksiya – ikkita A va B mulohazalar dizyunksiyasi yoki mantiqiy yig‘indisi «A || B» ko‘rinishda yoziladi. Bu mulohaza rost bo‘lishi uchun A yoki B mulohazalardan biri rost bo‘lishi yetarli. Odatda «||» amali «yoki» deb o‘qiladi.
Mantiqiy amallarni bajarilish jadvali quyidagicha.



A

B

!A

!B

A&&B

A||B

0

0

1

1

0

0

0

1

1

0

0

1

1

0

0

1

0

1

1

1

0

0

1

1

Matematikadagi taqqoslash amali C++ dasturlash tilida yozilishi.



Nomi

C++ da ifodalanishi

Misol

Natija

Tenglik

==

12==50
5==5

false
true

Teng emas

!=

100!=50
50!=50

true
false

Katta

>

100>50
50>50

true
false

Katta yoki teng

>=

100>=50
50>=50

true
true

Kichik

<

100<50
50<50

false
false

Kichik yoki teng

<=

100<=50
50<=50

false
true

1.1-masala. A va B ikkita haqiqy sonlar berilgan. Ularning yig’indisi, ayirmasi va ko’paytmasini hisoblang.
Yechish. A va b sonlar yig’indisini S, ayirmasini D, ko’paytmasini K bilan belgilasak, S=a+b, d=a-b, k=a*b formulalar o’rinli bo’ladi.
C++ da dasturu:
#include
Int main()
{
float a,b,s,p;
cout<<”a=”;cin>>a;
cout<<”b=”;cin>>b;
s=a+b;
p=a*b;
cout <<"s=" <cout<<"p=" <
system("PAUSE");
return 0;
}
1.2-masala. Ikkita musbat son berilgan, bu sonlarning o’rta arifmetik va o’rta geometrik qiymatlarini aniqlang.
C++ da dasturu:
#include
#include
Int main()
{
float a,b,s,p;
cout<<”a=”;cin>>a;
cout<<”b=”;cin>>b;
s=(a+b)/2;
p=sqrt(a*b);
cout <<"s=" <cout<<"p=" <
system("PAUSE");
return 0;
}
1.3-masala. Tomonlari A va B ga teng to’g’ri to’rtburchakning yuzi va peremetri hisoblansin.
C++ da dasturu:
#include
Int main()
{
float a,b,s,p;
cout<<”a=”;cin>>a;
cout<<”b=”;cin>>b;
s=a+b;
p=2*(a*b);
cout <<"s=" <cout<<"p=" <
system("PAUSE");
return 0;
}
1.4-masala. R1, R2, R3 uchta qarshiliklar ketma-ket ulangan zanjirning qarshiligini aniqlang.
C++ da dasturu:
#include
Int main()
{
float R1,R2,R3,R;
cout <<”R1=”;cin>>R1;
cout<<”R2=”;cin>>R2;
cout<<”R3=”;cin>>R3;
R=R1+R2+R3;
cout<<"R=" <system("PAUSE");
return 0;
}
1.5-masala. Massalari M1 va M2 (kg) ga teng, oralaridagi masofa R (m) ga teng bo’lgan ikkita jismning o’zaro tortilish kuchi F aniqlansin.
C++ da dasturu:
#include
Int main()
{
float M1,M2,R,F;
float G=6.672E-11 
cout<<”M1=”;cin>>M1;
cout<<”M2=”;cin>>R2;
cout<<”R=”;cin>>R;
F=G*M1*M2/(R*R);
cout<<"F=" <system("PAUSE");
return 0;
}
1.6-masala. Teng tomonli uchburchakning tomoni A ga teng. Uchburchakning yuzini toping.
C++ da dasturu:
#include
#include
Int main()
{
float a,s;
cout<<”a=”;cin>>a;
S=(sqrt(3))*a*a/4;
cout <<"S=" <system("PAUSE");
return 0;
}
Download 28.53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling