Mamatova Sofiyaning "Bolalarning ijtimoiy moslashuvi"


Download 20.48 Kb.
Sana25.01.2023
Hajmi20.48 Kb.
#1119929
Bog'liq
Sotsium



A.Qodiriy nomidagi JDPI
Maktabgacha ta’lim fakulteti Maktabgacha
ta’lim yo’nalishi 3-kurs 532-19 guruh talabasi
Mamatova Sofiyaning “Bolalarning ijtimoiy moslashuvi”
fanidan yozgan mustaqil ishi.
Fan o’qituvchisi: Hamrayeva A

MAVZU: Maktabgacha yoshdagi bolaning sotsiumda
rivojlanishi.

Reja:

  1. Bolaning rivojlanishida muhitning ta’siri.

  2. Millatimizda sotsium jihatlari.

  3. Sotsium to’g’risida alommalarimizning qarashlari.

  4. Madaniy-ma’rifiy muassasalarning bola rivojlanishidagi o’rni.



  1. Bolaning rivojlanishida muhitning ta’siri.

Sotsium – deb shaxs tug’ilgandan boshlab rivojlanadigan muhitga aytiladi.Ijtimoiy pedagogikada sotsium , ijtimoiy muhit yaqin ijtimoiy muhit orqali bolaning umuman jamiyatga kirib borishi jarayoni nuqtai nazaridan ko’rib chiqiladi.Sotsiumda inson munosabatlari va hayoti ijtimoiy shart-sharoitlari o’zaro ta’sir xususiyatiga ega.


Muhit – bu nafaqat ko’cha , uy, va buyumlar. Muhit – bu yana o’ziga xos munosabat va qoidalar tizimiga ega bo’lgan turli xil insonlar birligi. Shuning uchun bir tomondan inson unga muhitga nimadir o’ziniki olib kiradi, ma’lum bir darajada unga ta’sir qiladi, uni o’zgartiradi. Lekin shu bikan birga muhit ham insonga ta’sir ko’rsatadi. Unga o’z talablarini qo’yadi.
Muhitning insonga bo’lgan munosabati shu bilan aniqlanadiki, uning o’zini tutishi qanchalik muhit ishonchiga to’g’ri keladi. Insonning o’zini tutishi ko’p holda jamiyatda u qanday o’rinni egallashi bilan aniqlanadi.
Sotsium deganda yana bolaning muhitda erkin rivojlanishi ham tushiniladi. Inson jamiyatda bir vaqtda bir qancha o’rinlarni egallashi mumkin. Masalan, ayol kishi o’qiyuvchi , rafiqa, ona, qiz, bo’lishi mumkin . Har bir tutgan o’rin insonga muayyan bir talablarni qo’yadi va shu bilan birga unga qandaydir huquqlarni beradi. Jamiyatda insonning tutishi muayyan bir huquq va majburyatlar bilan tavsiflanadi , sotsiologiyada bu ijtimoiy maqom deb ataladi.ba’zi bir maqomlarbizga tug’ilishimizdan beriladi. Inson maqomi jinsi , millati , tug’ilgan joyi , ism- sharifi va boshqa omillardan kelib chiqadi. Bunday maqomlar tug’ma yoki berilgan deb ataladi. Boshqalari esa insonning o’zi mustaqil ravishda jamiyatda shaxsiy harakatlariga ko’ra erishgani bilan aniqlanadi. Masalan, pedagog, vrach, muhandis, maqomini insonkerakli kasbiy ta’lim yurtida o’qigani va diplom olgani uchun oladi. Bu holda erishilgan yoki olingan maqom haqida gap yuritiladi.Maqom insonning jamiyatda o’zini tutishi aniqlanadi.
Bola bilan ma’lum rolda o’zini tutish mexanizmi unga ijtimoiy munosabatlarga muvaffaqiyatli kirishib ketishni ta’minlaydi. Har bir u uchun yangi bo’lgan vaziyatga moslashib ketish imkoniyatini beradi.
Sotsium (yaqin muhit ) – bola sotsializatsiyasi uchun muhim ahamiyatga ega . Bu yaqin ijtimoiy muhitni bola asta – sekin o’zlashtiradi. Boshida u ( bola ) , asosan , oilada rivojlanadi , so’ng yangi muhitlarni o’zlashtiradi – maktabgacha muassasalar , maktab , maktabdan tashqari muassasalar, o’rtoqlar davrasi , diskotekalar va hakozolar. Yosh o’tgan sari bola tomonidan o’zlashtirilgan ijtimoiy muhit “hududi” tobora kengayib boradi.
Sotsializatsiya – jarayonida, xususan bolaning ijtimoiy moslashuvida insonning hammadek bo’lishi ob’ektiv ehtoyoji namoyon bo’ladi. Biroq shu bilan parallel ravishda bolada boshqa ehtiyoj – o’zini o’zi individualligini ko’rsatish ehtiyoji shakllanadi. Bola uni ifodalash usuli va vositalarini qidira boshlaydi, namoyon qila boshlaydi, natijada uning individuallashtrilishi namoyon bo’la boshlaydi. Bola indivividualllashtirish shunda ifodalanadiki u yoki bu ijtimoiy ahamiyatga ega shaxs xislat va xussusiyatlari aynan shu insonga mansub shaklda namoyon etadi. Ijtimoiy o’zini tutish esa boshqa insonlar intizomiga tashqi tomondan o’xshashiga qaramay notakror , individuallik qirralarini egallaydi.
Bolaning ijtimoiy rivojlanishi shunday qilib ikki yo’nalish bo’yicha sodir bo’ladi : 1-sotsializatsiya ( ijtimoiy madaniy tajribani egallash ) va 2- individuallashtirish ( mustaqil bo’lish ).
Agar bolani sotsiumga kiritishda sotsializatsiya va integratsiya jarayonlari orasida muvozanat belgilansa , ya’ni bola bir tomondan mazkur jamiyatda o’zlashtrilgan me’yor va qoidalarni o’zlashtirsa, boshqa tomondan unga o’z ahamiyatli “umumiy” ni individualligini qo’shsa , sotsiumda bolaning integratsiyasi sodir bo’ladi. Agar bolaning guruhga moslashish jarayonisodir bo’lmasa unda o’ziga ishonmaslik, tortinchoqlik, tashabbussizlik, sodir bo’lishi mumkin, bu shaxsni jiddiy deformatsiyaga olib kelishi mumkin. Agar bola moslashuv fazasida o’ta olsa va atrofdagilarga o’z individual farqlarini ko’rsatishini boshlasa, atrofdagilar esa uning individualizmini jamiyat me’yorlariga to’g’ri kelmaydi deb hisoblasa, unda bola negativlik, gumonsirashlik, aggresivlik, o’ziga yuqori baho berish rivojlanadi.
Jamiyatda nafaqat u (jamiyat) bilan kutilayotgan maqomlar balki ijtimoiy me’yor va qadriyatlarga to’g’ri kelmaydigan maqomlar ham mavjud. Shuning uchun rivojlanish jarayonida bola pazittiv ijtimoiy ro’lni va shu bilan birga negative ro’lni ham o’zlashtrishi mumkin. Pozittiv rolli: oila a’zosi (ota-ona buva va buvi, o’g’il yoki qiz, aka singil, nevara va boshqalar) , jamoa a’zosi ( o’quvchi ,o’rtoq , do’st yetakchi, va boshqalar ), iste’molchi ( insonga ovqat, kiyim, oyoq kiyim, va boshqalar) , fuqaro ( Vatanni sevadi va u bilan faxrlanadi , vatanparvar bo’lish,) mutaxassis ( o’qituvchi, vrach , iqtisodchi, muhandis va boshqalar). Bola bilan ma’lim rolda o’zini trutish mexanizmi unga ijtimoiy munosabatlarga muvaffaqiyatli kirishib ketishni ta’minlaydi, har bir u uchun yangi bo’lgan vaziyatga moslashib ketish imkoniyatini beradi. Bu individni ijtimoiy muhit shart-sharoitlarga moslashib ketishi jarayoni, ijtimoiy moslashuv deb ataladi.


Download 20.48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling