Mamlakatimizda aholi bandligini ta‘minlash ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotning ustuvor yo’nalishlaridan biri


Download 19.31 Kb.
Sana16.12.2020
Hajmi19.31 Kb.
#168585
Bog'liq
fuqarolik.4



Seminar: 6

1. Mamlakatimizda aholi bandligini ta‘minlash ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotning ustuvor yo’nalishlaridan biri,
xalq turmush darajasi va sifatini yuksaltirishning muxim sharti sifatida belgilangan. Binobarin, yurtimizda xar yili milliy
iqtisodiyotni barqaror rivojlantirish, xududlar bo’yicha mexnat resurslaridan yanada to’liq va oqilona foydalanish, aholining
ijtimoiy muxofazasini ta‘minlashga qaratilgan tegishli dasturlar qabul qilinyapti. Milliy mehnat bozorining e‘tiborga molik
o’ziga xos xususiyatlari quyidagilar xisoblanadi: aholining asosiy qismini yoshlar tashkil etishi (xar yili yarim milliondan
ortik, bitiruvchilar ishga joylashish bo’yicha ko’makka muxtoj); 700 mingdan ortiq ishsizlarning, shuningdek, ishchi
kuchining talab va taklifi bo’yicha nomutanosiblikning mavjudligi; ayrim tumanlarda ishsizlik va norasmiy sektorda ish bilan
bandlikning yuqori darajasi kuzatiladi.
2. Yangi ish o’rinlarini tashkil etishda erkin iqtisodiy zonalariing ham o’rni katta, Xususan, mamlakatimizda
«Navoiy» «Angren» va «Jizzax» erkin iqtisodiy zonalari tashkil etilgan. Shuningdek, O’zbekiston Respublikasi
Prezidentining 2017 yil 12 yanvardagi 4931 -son farmoni bilan «Urgut», «G’ijduvon», «Qo’qon» va «Xazorasp» erkin
iqtisodiy zonalari tashkil etildi. Bu iqtisodiy zonalarda mevasabzavot va qishloq xo’jaligi mahsulotlarini chuqur qayta ishlash,
saqlash va qadoqlash, to’qimachilik, gilam to’qish, poyabzal va charm-galantereya. ekologik jihatdan xavfsiz kimyo,
farmatsevtika, oziq-ovqat, elektrotexnika sanoati, mashinasozlik va avtomobilsozlik, qurilish materiallari ishlab chiqarish va
boshqa yo’nalishlarda yangi zamonaviy ishlab chiqarish quvvatlarini tashkil etish yangi ish o’rinlarining yaratilishiga zamin
yaratadi.
3. Bugungi kunda Davlat byudjetining qariyb 60 foizi ijtimoiy sohani rivojlantirishga yo’naltirilmoqda. 1991
yilga
taqqoslaganda, aholining real daromadlari 12 barobardan ziyod ko’paydi, ish xaqi, pensiya va ijtimoiy nafaqalar salmoqli
darajada oshdi. Iste‘mol tovarlari ishlab chiqarishni jadal sur‘atlar bilan oshirish va aholining ularga bo’lgan talabini qondirish
ta‘minlanmoqda.
4. Taraqqiyotimizning bugungi bosqichida ijtimoiy sohaning aholiga majburiy ijtimoiy kafolatlarni ta‘minlash,
aholining extiyojmand qatlamlarining ijtimoiy himoyasini hamda keksalar va imkoniyati cheklangan shaxslarni davlat
tomonidan qo’llab-quvvatlashni kuchaytirish, ijtimoiy xizmat ko’rsatishni yaxshilash, aholiga ijtimoiy xizmatlar ko’rsatishda
davlat-xususiy sherikligini rivojlantirish masalalariga e‘tibor qaratilmoqda. Aholining ijtimoiy himoyaga muxtoj extiyojmand
qatlamlari himoyasini kafolatlash bugungi kunda mamlakatimiz oldida turgan ustuvor vazifalardan biri sifatida
belgilanmoqda. Xususan, bu masala 2017-2021 yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor
yo’nalishi bo’yicha Xarakatlar strategiyasida to’la o’z aksini topdi.


5.
sohasidagi


Yaqin kelajakda kasb-hunar kollejlari va oliy ta‘lim muassasalari bitiruvchilariniish bilan ta‘minlash

asosiy vazifalar quyidagilardan iborat: - bitiruvchilarni biriktirish ishlarini puxta tashkil etish; bitiruvchilar bandligini
ta‘minlashda yangi samarali shakllar va uslublarni davom ettirish; -bitiruvchilar bandligini ta‘minlashda belgilangan
imtiyozlardan kengroq foydalanish; bitiruvchilarga o’z biznesini tashkil etishlari uchun mikrokreditlar ajratish amaliyotini
davom ettirish.
6. Shuni aloxida ta‘kidlash kerakki, rivojlangan mamlakatlarda ta‘lim samaradorligi, taraqqiyotning 16 foizi -
moddiy-texnik bazaga, 20 foizi axborot resurslariga, 64 foizi - inson omiliga bog’liq. Bu uchala omil bir-biri bilan

chambarchas bog’liq bo’lib, ta‘lim-tarbiyaning moddiy-texnik bazasi, mavjud resurslaridan, imkoniyatlaridan oqilona
foydalanish inson manfaatiga xizmat qiladi va uning ratsional rivojlanishini belgilab beradi. 2017-2018 yillar davomida
yurtimizda 459 ta maktabgacha ta‘lim muassasasi kapital ta‘mirlandi va zamonaviy talablarga mos ravishda jixozlandi.

Download 19.31 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling